О мерах по совершенствованию системы управления акционерными обществами


III. Bosh direktorining vakolatlari


Download 66.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi66.14 Kb.
#1012813
1   2   3
Bog'liq
ab5a51897d60300fe4ddd18009c81854

III. Bosh direktorining vakolatlari
12. Jamiyat ijroiya organi vakolatiga jamiyatning kundalik faoliyatiga 
rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi , Aksiyadorlar umumiy 
yig’ilishining yoki jamiyat Kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan 
masalalar bundan mustasno
13. Bosh direktor amaldagi qonunchilik, Jamiyat ichki hujjatlari va u bilan 
tuzilgan shartnoma shartlari bilan belgilangan vakolat doirasida faoliyatini amalga 
oshiradi .
14. Bosh direktorga 
to’lanadigan haq va kompenstsiyalar miqdorlari 
jamiyatning 
moliyaviy ahvoliga qarab normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq 
Kuzatuv kengashi 
qaroriga ko’ra 
belgilanadi. 
To’lanadigan haq va 
kompenstsiyalar miqdorlarini hisoblash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 28 iyuldagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan 
"Davlat ulushi 
bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati 
baholash mezonlarini joriy etish to’g’risidagi" nizomda belgilangan samaradorlik 
muhim ko’rsatkichlariga bog’langan holda belgilanishi mumkin
Aksiyadorlik jamiyatining umumiy yig'ilishining qaroriga asosan, Bosh 
direktorga yil yakunlari bo’yicha hisoblanadigan mukofot miqdori korporativ 
boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalariga ko'ra to'lanishi mumkin. Jamiyat 
har yili korporativ boshqaruv va moliyaviy ko'rsatkichlarini mustaqil baholashni 
amalga oshiradi.
15. Bosh direktorning vakolatiga quyidagilar kiradi:
• jamiyat nomidan ishonchnomasiz 
ish yuritish va uning manfaatlarini 
himoya qilish;
• Jamiyat nomidan bitimlar tuzish;
• Jamiyatning filial yoki vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash;
• Hodimlar shtatlarini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 
28 oktabrdagi PK 2422 qarorida ko’rsatilgan “ O’zpaxtasanoat “ AJ ning asosiy 
vazifalaridan 
kelib 
chiqib 
uning 
tavsiyasi 
asosida 
tasdiqlash 
hodimlarni(ishchilarni) ishga qabul qilish ular bilan mehnat shartnomalarni tuzish 
va bekor qilish , ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash hodimlar 
tamonidan mehnat va ijro intizomi saqlab turushni ta’minlash
• Jamiyatning barcha xodimlari tamonidan bajarilishi majburiy bo’lgan 
buyruq va farmoishlar chiqarish va ko’rsatmalar berish;
• Jamiyat tomonidan normativ -huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va 
miqdorda mol-mulkni olish yoki boshqa shahsga berish yohud boshqa shahsga 
berish ehtimoli bilan bog’liq bitim yoki o’zaro bitimlar bilan bog’langan bir nechta 
bitimlar bo’yicha qarorlar qabul qilish ,aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni 
joylashtirish bilan bog’liq bitimlar bundan mustasno ;
• Jamiyat nomidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishonchnoma 
berish;


• Jamiyat ishchi va xodimlarining ish haqi va mukofotlash miqdorini 
belgilash;
• xodimlaming lavozim yo’riqnomalarini tasdiqlash;
• Jamiyatning tarkibiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish har 
chorak yakuni bo’yicha ;
• Jamiyatning asosiy vositalarni normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan 
tartibda hisobdan chiqarish ;
Kuzatuvchi kengashning roziligiga ko’ra uning ishida maslahat ovoz bilan 
ishtirok etish;
• aksiyadorlar umumiy yig'ilishi va Jamiyatning kuzatuv kengashining 
qarorlarini bajarilishini tashkil etish;
• jamiyatda buxgalteriya hisobini tashkil etish , shu jumladan moliyaviy 
hisobotlarni e’lon qilish maqsadida Xalqaro Moliyaviy hisobot standartlariga 
transformatsiyasini ta'minlash;
• normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq jamiyatning faoliyatiga doir 
ma’lumotlarni oshkor qilish;
• joriy yilning 20 noyabrigacha jamiyatning yillik biznes-rejasini Kuzatuv 
kengashiga taqdim etish;
• yillik hisobotni va boshqa moliyaviy hisobotlarni tegishli organlarga o'z 
vaqtida taqdim etilishni, shuningdek aksiyadorlarga , kreditorlarga va boshqa 
oluvchilarga yuborilgan faoliyat to'g'risidagi ma'lumotlar taqdim etilishini 
ta’minlash;
• Jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish bo'yicha har chorakda Kuzatuv 
kengashiga hisobot berish;
• jamiyatda arxiv ishini tashkil etish va hujjatlarning butligini ta'minlash;
• Amaldagi qonun hujjatlariga va jamiyatning ichki hujjatlariga rioya qilish.

Download 66.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling