O murodqulov. L
Download 0.75 Mb.
|
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Fors tilida ﻪﮐ ke-kim? va ﻪﭽ che-nima? so’roq olmoshlari orqali so’roq gap yasalishini izohlay oladi. 2. Fors tilida so’roq gap boshida ohang past bo’lib, gap oxirida ko’tarilishini biladi. 3. Gap boshida oyo,magar so’roq yuklamalarini keltirish orqali ham so’roq gap yasalishini ayta oladi. Ishni bajarish tartibi: 1. 1-savol bo’yicha tushuncha berish. Fors tilida so’roq gaplar asosan so’roq olmoshlari, intonatsiya, so’roq yuklamalari orqali yasaladi. a) ﻪﮐ -ke ﻪﭽ -che so’roq olmoshlari orqali so’roq gap yasaladi. Bu kimdir- in kist- ﺕﺳﻴﮐ نﻴﺍ .U nimadir- on chist- ﺕﺳﻴﭽ نﺁ 26 b) Intonatsiya orqali savol anglashiladi. Bunda gapning oxiri kuchli intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. ؟ﺕﺳﺍ ﺪﺍﺪﻤ نﻴﺍ -In medod ast? Bu qalam? v) Gap boshida ﺎﻴﺁ - oyo, ﺮﮕﻤ - magar –mi so’roq yuklamasini keltirish orqali so’roq gap yasaladi. ؟ﺕﺳﺍ ﭻﮔ نﻴﺍ ﺎﻴﺁ Oyo in gach ast. Bu bo’rmi? ؟ﺕﺳﺍ ﻮﺠﺷﻧﺍﺪ ﺮﺘﺧﺪ نﻴﺍ ﺮﮕﻤ Magar in duxtar doneshju ast? Bu qiz talabami? Magar - ﺮﮕﻤ yuklamasi aytilgan fikrga nisbatan shubha, ishonchsizlikni bildiradi. .ﺕﺳﺍ ﺮ ﺎﻴﺷﻧﺍ ﺪ ﺮﺘﺧﺪ نﻴﺍ ﺮﮕﻤ Magar in do’xtar donishyor ast?-Bu qiz o’qituvchimi?(Nahotki,bu qiz o’qituvchi bo’lsa?) Oyo - ﺎﻴﺁ , ﺮﮕﻤ - magar so’roq yuklamalari kichik pauza bilan ajratib talaffuz qilinadi. 2. Talabalar tomonidan bajariladigan mashq va topshiriqlar. 1).Quyidagi gaplarni o’qing va o’zbek tiliga tarjima qiling. ؟ﺕﺳﺍ ﻮﺠﺷﻧﺍﺪ ﺮﺘﺧﺪ نﻴﺍ ﺮﮕﻤ .ﺕﺳﺍ ﻮﺠﺷﻧﺍﺪ ﺮﺘﺧﺪ نﻴﺍ ﻰﻟﺒ .ﺕﺳﺍ ﺮﺪ ﻦﻴﺍ . ﺕﺴﻴﭽ ﻦﻴﺍ . ﺕﺳﺍ ﺪﺮﮔﺎﺷ ﺪﺮﻤ ﻦﺁ .ﺕﺳﺍ ﺮﮔﺮﺎﮐ ﺪﻤﺤﺍ .ﺕﺳﺍ ﺮ ﺎﻴﺷﻧﺍ ﺪ ﻦﺁ . ﺕﺴﻴﮐ ﻦﺁ . ﺕﺳﺍ ﺪﺒ ﻢﻟﻗ .ﺕﺳﺍ ﺏﻮﺧ ﻮﺠﺷﻧﺍﺪ . ﺕﺳﺍ ﭻﮔ نﻴﺍ ﻰﻟﺒ ؟ﺕﺳﺍ ﭻﮔ نﻴﺍ ﺎﻴﺁ 2).Quyidagi gaplarni fors alifbosida yozing va o’zbek tiliga tarjima qiling. In chist? In dar ast, in kog’az ast. On kist? On doneshyor ast? Oyo Ahmad doneshju ast? Bali, Ahmad doneshju ast? 3).So’roq gapning yasalishini izohlang. 2. So’roqni bildiruvchi ﺮﻮﻄﭽ - cheto’ur, ﮓﻧﺮ ﻪﭽ -che rang? ﺎﺠﮐ -ko’jo, ﻩﺮﺎﮐﭽ -chekore so’zlari vositasida so’roq gap yasalishini tushuntirish. 1) ﺮﻮﻄﭽ -cheto’ur biror shaxsning hol-ahvolini (yaxshi yo yomon, sog’ yo kasal)ekanligini predmet va hodisaning holatini yoki hajm-qiyofasini (eski yoki yangi, katta yoki kichik, chiroyli yoki xunuk ekanligini) bilish uchun ishlatiladi. Masalan: ؟ ﺕﺴﺍ ﺮﻮﻄﭽ ﺎﻤﺷ ﻝ ﺍﻭﺤﺍ -Ahvole sho’mo cheto’ur ast?Ahvolingiz qanday? 2) ﮓﻧﺮ ﻪﭽ predmetning qaysi rangda ekanligini bilish uchun ishlatiladi. Masalan: ؟ ﺕﺴﺍ ﮓﻧﺮ ﻪﭽ ﺪﺍﺪﻤ - qalam qaysi rangda? ﺕﺴﺍ ﺪﺮز ﺪﺍﺪﻤ - qalam sariqdir. 3) ﻩﺮﺎﮐﭽ chekore biror shaxsning kim bo’lib ishlashini, uning kasbini, nima bilan shug’ullanishni bilish uchun ishlatiladi. Masalan: ؟ ﺕﺴﺍ ﻩﺮﺎﮐﭽ ﺪﻤﺤﺍ - Ahmad chekore ast? Ahmad kim? ﺕﺴﺍ ﮎﺷزﭘ ﺪﻤﺤﺍ - Ahmad vrachdir. 4) ﺎﺠﮐ -ko’jo predmet yo shaxsning yo’nalishi yoki uning o’rnini bilish uchun ishlatiladi va o’zbek tiliga qayerga? qayerda? qayer? tarzida tarjima qilinadi. ؟ ﺕﺴﺍ ﺎﺠﮐ ﺪﺍﺪﻤ - qalam qayerda? ﺕﺴﺍ ﺎﺠﻧﻴﺍ ﺪﺍﺪﻤ - qalam bu erda ؟ﻡﺍﺪﮐ- qaysi? ﻪﻧﻭﮕﭽ qanday so’zlari orqali ham so’roq gap yasaladi. ؟ ﺕﺴﺍ ﻪﻧﻭﮕﭽ ﻒﻴﮐ - sumka qanday? ﺕﺴﺍ ﺏﻭﺧ ﻒﻴﮐ - sumka yaxshidir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling