O qishlоq хo`jаligidа mulkchilik munоsаbаtlаri vа tаdbirkоrlik shаkllаri


O`ZBЕKISTОNDА АGRАR ISLОHОTLАRNING MОHIYATI, BОSQICHLАRI VА АSОSIY YO`NАLISHLАRI


Download 47.63 Kb.
bet6/11
Sana11.03.2023
Hajmi47.63 Kb.
#1260892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamitov

O`ZBЕKISTОNDА АGRАR ISLОHОTLАRNING MОHIYATI, BОSQICHLАRI VА АSОSIY YO`NАLISHLАRI.

Reja:
KIRISH

1. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarda davlatning roli.

2. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy bosqichlari va yo’nalishlari.


3.Yer resurslaridan foydalanish sohasidagi islohotlar.
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

KIRISH
Sobiq ittifoq davrida mamlakatimizda ma’muriy boshqariladigan rejali iqtisodiy tizim amal qilgan bo’lib, ushbu iqtisodiy tizimning asosiy kamchiligi – mulkning egasizligidir. Ushbu iqtisodiy tizimda asosan davlat mulki va qisman jamoa mulki mavjud bo’lgan bo’lib, xususiy mulkchilikka ruxsat berilmagan. Jamoa mulki deb ataluvchi mulk shakli ham o’z nomiga to’liq mos bo’lmasdan, amalda davlat tomonidan boshqarilgan. Bunday sharoitda xodimlar tomonidan korxonalarda mavjud resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, yetishtirilyotgan mahsulot sifatini yaxshilab borish, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga rag’bat beruvchi mexanizm mavjud bo’lmagan.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda mamlakatimizda mustaqillikka erishilgandan so’ng yangicha iqtisodiy tizim – bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o’tish bo’yicha islohotlar amalga oshirila boshlandi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida bo’lgani singari qishloq xo’jaligi tarmog’ida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar natijasida qishloq xo’jaligi tarmog’ida ham bozor munosabatlari shakllanib, mulkiy munosobatlar takomillashdi, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos yangicha tadbirkorlik shakllari paydo bo’ldi.


1.Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarda davlatning roli.
Qishloq xo’jaligi tarmog’ining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mazkur tarmoqda tabiiy resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish, ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash, ekologiyaga salbiy ta’sirlarning oldini olish, tarmoqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlatning ko’magi va aralashuvi muhimdir. Masalan, tarmoqda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning o’zlariga ajratib berilgan yer maydonida tuproq erroziyasining oldini olish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, turli irrigatsiya obyektlarini qurish va undan foydalanishni tashkil etish uchun iqtisodiy imkoniyati yetmasligi mumkin. Buning natijasida yer va suv resurslaridan foydalanishning holati yomonlashadi. Bundan tashqari, tarmoqda ilmiy tadqiqotlarni yo’lga qo’yish va ularni moliyalashtirish jarayonida ham davlatnjing o’rni muhim. Mamlakatimiz hukumati qishloq xo’jaligi tarmog’i oldidagi muhim vazifalarni e’tiborga olgan holda tarmoqni rivojlantirish bo’yicha choratadbirlarni amalga oshirishni o’z zimmasiga olgan. Hozirgi davrda respublikamiz hukumati agrar siyosatning strategik yo’nalishlarini belgilab, uni ta’minlash bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko’rmoqda.
Respublikamiz hukumati agrar siyosatning strategik yo’nalishlarini belgilab, uni ta’minlash bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko’rmoqda. Hukumatning asosiy e’tibori qishloq xo’jaligining barcha sohalari yagona fan-texnika siyosatiga asoslangan holda rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Davlatning agrar sohada amalga oshirayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:

    • mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini barqaror ko’paytirish yuzasidan tegishli choralar ko’rish;

    • urug’chilik, naslchilik va ko’chatchilikni rivojlantirish, yangi, serhosil, tezpishar navlar hamda mahsuldor zotlarni yaratish;

    • qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayoniga fan yutuqlarini joriy etishni tashkillashtirish;

    • tarmoqda bozor munosabatlarini yanada takomillashtirib borish;

    • yangi texnika, ilg’or texnologiyalarni yaratish, agrotexnika tadbirlarini takomillashtirish va boshqalar.


Download 47.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling