O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT Fakulteti
IQTISODIYOT (tarmoqlar va sohalar) Yo'nalishi
Q ishloq xo'jaligi iqtisodiyoti Fanidan
20-24 guruh talabasi Xamitov Kamronning
.
O QISHLОQ ХO`JАLIGIDА MULKCHILIK MUNОSАBАTLАRI VА TАDBIRKОRLIK SHАKLLАRI
mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHi
QISHLОQ ХO`JАLIGIDА MULKCHILIK MUNОSАBАTLАRI VА TАDBIRKОRLIK SHАKLLАRI.
Reja:
KIRISH
1. Qishloq xo’jaligida mavjud mulk shakllari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
2. Qishloq xo’jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari, ularning tashkil etilishi va rivojlanishi. 3. Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni yanada takomillashtirish
yo’llari.
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALLANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
KIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida barcha sohalarda bo’lgani singari qishloq xo’jaligida ham tadbirkorlik faoliyatiga e’tibor berish va unga keng imkoniyatlar yaratib berish taqozo etiladi. Qishloq xo’jaligida tadbirkorlik – foyda olish maqsadida tavakkalchilikka asoslangan holda mavjud me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik subyektlarining qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish hamda xizmatlar ko’rsatish sohalarida faoliyat ko’rsatishidir. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida tadbirkorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda ular O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida”gi, “Korxonalar to’g’risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunlar talablariga rioya etishlari zarur. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bob 36-moddasida har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli ekanligi ko’rsatilgan. XII bobning 53moddasida esa “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin” – deb ta’kidlangan. Ushbu bobning 54-moddasida mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi ko’rsatib qo’yilgan. Bundan tashqari ushbu moddada mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shartligi ta’kidlab o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |