6. Hisobotni rasmiylashtirish
8. AMALIYOT NATIJALARI BO’YICHA HISOBOT YOZISH VA HIMOYA QILISH
Amaliyot bo’yicha uning yakunida hisobot yoziladi va kafedraga taqdim etiladi. Hisobot yozish jarayonida savollarni yoritish uchun darsliklardan foydalanish mumkin emas.
Hisobotning matn qismi yozuv qog’ozining faqat bir tomoniga toza, tushunarli va qisqartirishlarsiz yoziladi.
Dastur talablari asosida yozilgan hisobot kafedraga topshirilgandan so’ng rahbar hisobot bilan tanishib chiqadi. O’z fikrini taqriz sifatida hisobotning jildiga yozma ravishda bildiradi. Agar hisobot talab darajasida bo’lmasa himoyaga ruhsat berilmaydi va uning sabablari ko’rsatiladi.
Himoyaga ruhsat berilgan talabalar uchun himoya kuni belgilanadi. Hisobotning himoyasiga rahbar bilan bir qatorda kafedra tomonidan tuzilgan komissiya a’zolari ham qatnashadilar. Hisobotlarning himoyasi o’quv bo’limi ruhsati bilan bevosita korxonaning o’zida ham tashkil etilishi mumkin. Bunda kafedra tomonidan tayinlangan rahbar qatnashishi shart. Ishlab chiqarish amaliyoti hisobotining himoyasida olingan natija bo’yicha tegishli baholar qaydnomaga va talabaning reyting daftarchasiga yoziladi va imzo bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |