O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 2. O‘zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 2. O‘zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi
Har qanday mamlakat, jumladan, O‘zbekiston ham ma'lum geografik joyda belgilangan chegaralar doirasida joylashgan. Bu mamlakatning hududi hisoblanadi. Aniq chegaralangan hududga ega bo‘lish davlatning davlat sifatida ko‘rsatuvchi asosiy shartlaridandir. Ma'lum hududsiz davlat bo‘lishi mumkin emas. Davlat aniq bir hududda faoliyat ko‘rsatadi va davlat faoliyati shu hududda amal qiladi. Hudud – davlatga tegishli maydon. Hudud yer, suv, osmon chegaralaridan iborat bo‘ladi. Har bir mamlakatning hududi katta-kichikligiga, aholisini soniga karab, tegishli bo‘lakchalarga bo‘lib idora etiladi. Bu bo‘lakchalar bir necha pog‘onadan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z hududiga (chegarasiga) ega. Mamlakat hududi bo‘lakchalarga bo‘linishi, davlat boshqaruvini mukammal tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun u juda muhim davlat – huquqiy instituti bo‘lib, konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida to‘rtinchi bo‘limi va uning ikki bobi (XVI, XVII - boblar) ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi masalalariga bag‘ishlangan. Uning alohida-alohida moddalarida ma'muriy-hududiy tuzilish masalalari huquqiy tartibga solingan. Har bir mamlakat ma'muriy-hududiy tuzilishini belgilashida, butun hududni boshqarishga oson bo‘lishi, markaz ta'sirini joylarda samarali bo‘lishi, xalqni davlat organlariga yaqin bo‘lishi, ishlab chiqarishni tashkil etishini unumli, arzon samarali bo‘lishi, sanoatni hom ashyo bilan ta'minlash darajasini, aholini urf odatlari, qadriyatlari, tarihiy tajribasini hisobga oladi va o‘ziga ma'qul ma'muriy-huddudiy birliklarni o‘rnatadi. Ma'muriy-hududiy tuzilish konstitutsiyaviy asosda hal qilinadigan ijtimoiy munosobatlar qatoriga kiradi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoroqolpog‘iston Respublikasidan iborat” – deb belgilangan. Bu birinchidan O‘zbekiston hududi nimalardan iborat bo‘lishini, ikkinchidan O‘zbekiston hududini qanday ma'muriy birliklardan tashkil topganini ko‘rsatadi. Bu hududiy birliklar huquqiy maqomi, hududiy holati, aholisining soni, moddiy ne'matlar ishlab chiqishi yoki aholi mashg‘ulotiga qarab bir-biridan farq qiladi. O‘zbekiston ma'muriy-hududiy birliklarining huquqiy maqomi darajasiga qarab uchga bo‘lish mumkin. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling