O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 5. Saylov jarayoni va unda ishtirok etuvchi sub'ektlar
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 5. Saylov jarayoni va unda ishtirok etuvchi sub'ektlar
Saylov ya'ni hokimiyatining vakillik organlarini shakllantirish tartibi siyosiy-huquqiy mexanizm shaklida namoyon bo‘lib, bunday mexanizmni bir vaqtda saylov huquqi va saylov jarayoni tashkil etadi. Bunda, saylov huquqi bir tomondan, saylangan vakillarni hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lishlariga tegishli bo‘lib, jamiyat va davlat faoliyatining ayrim jihatlarini batafsil ifoda etsa, ikkinchi tomondan, saylov jarayoni unda sub'ektiv siyosiy huquqni amalga oshirishning shakli sifatida saylovchilarning hokimiyatni amalga oshirishdagi ishtiroki texnologiyasini aks ettiradi. Demokratik saylov jarayoni – bu mamlakatda o‘rnatilgan siyosiy jarayon va rejimning bir qismi bo‘lib, u fuqarolar saylov huquqlarini amalga oshirilishining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy infratuzilmasii tashkil etuvchi demokratik institutlar rivojlanishining umumiy shartlari bilan bevosita bog‘liqdir. Bundan tashqari, saylov kampaniyasini boshlashdan oldin bir qancha muhim harakat va protseduralar amalga oshirilishi talab etiladi. Ularga ko‘ra, saylov jarayoni nafaqat ovoz berishni tashkillashtirishning yuridik texnikasi bo‘lib, balki u hokimiyatni siyosiy barqarorligi va uzluksizligi, xalqchilligi va qonuniyligini ta'minlovchi muhim huquqiy institut sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayoni har qanday mamlakatlardagi kabi bir-birini to‘ldirib va almashtirib boruvchi bir qancha bosqichlardan iborat. Bunda saylov jarayonining bosqichlari deganda, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun belgilangan davrlar tushuniladi. Ular doirasida qonunlarda ko‘zda tutilgan saylov harakatlari, shuningdek saylovchilar va saylovning boshqa ishtirokchilarini huquqlari amalga oshirilishini ta'minlovchi saylov tartib-taomillari amalga oshirilib boriladi. Odatda, har qanday saylov jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan tashkil topadi: birinchi, saylov kampaniyasini boshlanganligini e'lon qilish yoki saylovlarni tayinlash, ikkinchi, saylov okruglari va saylov uchastkalarini tuzish; uchinchi, saylov komissiyalarini tuzish; to‘rtinchisi, nomzodlar ko‘rsatish va ularni ro‘yxatga olish; beshinchi, saylovoldi tashviqoti; oltinchi, saylovchilar ro‘yxatini tuzish; yettinchi, ovoz berishni tashkil etish va saylov natijalarini aniqlash; sakkizinchi, saylov yakunlarini e'lon qilish va deputatlarni, senatorlarni, Prezidentni ro‘yxatga olish. Zarurat tug‘ilsa, takroriy ovoz berish, hamda takroriy saylov o‘tkaziladi. Bular qo‘shimcha bosqichlardir. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovlarini o‘tkazish; navbatdan tashqari yangi saylovlarni o‘tkazish kabi jarayonlar har qanday mamlakatlarning saylov tizimida mavjud bo‘ladi. Saylov jarayoniga oid bosqichlarning funksional vazifasi xilma-xil saylov harakatlari va tadbirlarni amalga oshirishda vaqt jihatdan ketma-ketlik va mantiqan bosqichma-bosqichlikni ta'minlashdan iborat. Ular saylovlarni va tegishli saylanuvchi shaxslarni saylanishida legitimlik jihatlarini belgilashga ko‘maklashadi. Saylov jarayonida, jarayon ishtirokchilari – sub'ektlarni aniqlash zarur. Saylov jarayoni sub'ektlari bu saylovni turli bosqich va tadbirlarida ishtirok etadigan va o‘zlarini alohida vazifa va o‘rni mavjud ishtirokchilardir. Saylov jarayoni sub'ekti quyidagilardan iborat: Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling