§ 3. Tapxiy, ma'naviy va madaniy meroslarni avaylab saqlash
Mamlakatni boyligi faqat iqtisodiy boyliklardan iborat emas. O‘zbekiston o‘zining tarixiy yodgorliklari, ma'naviy va madaniy merosi bilan olamga mashhur.
Tarixiy yodgorliklarni asrab avaylab kelajakka yetkazish orqali avlodlarga o‘tgan zamondagi madaniyat, qudrat, aql-zakovat mevalari taqdim qilinadi.
Ma'naviy-madaniy meroslar orqali xalqimiz o‘zligini anglaydi, ularni mevasidan bahramand bo‘ladi.
O‘zbekiston tarixiy yodgorliklarga boy va ma'naviy-madaniy qadriyatlar kuchli shakllangan mamlakat. Shuning uchun ularni yanada yaxshiroq saqlash va kelajakka taqdim qilish maqsadida, Konstitutsiyaning 49-moddasida “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar” degan Konstitutsiyaviy burch yuklangan.
Tarixiy, madaniy va ma'naviy boyliklarimiz bo‘lib, tarixiy yodgorliklar, madaniy yodgorliklari, muzeylar, shu jumladan, tarixiy kitob, qo‘l yozmalar, foto, kino, fotohujjatlar, arxiv materiallari hisoblanishi mumkin.
Samarkand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar dunyodagi tarixiy va madaniy yodgorliklarga eng boy shaharlar hisoblanadi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat himoyasiga olingan (Konstitutsiyaning 49-moddasi).
Konstitutsiyaning 49-moddasida ko‘rsatilgan boyliklarni saqlashni ta'minlash maqsadida, mamlakatimizda yetarli huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Bunga 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”, “Moddiy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida” qonunlarni ko‘rsatish mumkin.
Konstitutsiyadagi burchlarni va yuqoridagi qonunlar talablarini buzganlik uchun jinoyat va ma'muriy qonunchiligimizda yetarli darajada jazolar belgilangan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarixiy, madaniy va ma'naviy yodgorliklarni saqlashga alohida e'tibor berib kelmokda. Mustaqillik yillarida Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Bahouddin Naqshband va boshqa ulug‘ kishilarning sag‘analari ta'mirlandi. Motrudiy, Xo‘ja Axror Vale, Burxoniddin Marg‘inoniy, Al-Farg‘oniy meroslarini xalqqa yetkazish uchun tadbirlar belgilandi.
Tarixiy, madaniy va ma'naviy meros hisoblanuvchi ob'ektlar, mulklar davlat tasarrufida bo‘lib, ularni xususiylashtirish mumkin emas.
Konstitutsiya normasidan kelib chiqib, har bir fuqaro madaniy, tarixiy, ma'naviy yodgorliklardan o‘zining turli ehtiyojlarini qondirishda foydalanar ekan, ularga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, ularni saqlashi, nafaqat Konstitutsiyaviy burchi, bu avlodlar oldidagi burch ekanligini unutmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |