O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
- Bu sahifa navigatsiya:
- BESHINCHI BO‘LIM O‘ZBEKISTONNING MAMURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI XVIII bob. Davlatning mamuriy hududiy tuzilishi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Jamiyat hayotida OAV roli nimalardan iborat? 2. OAV erkinligi qanday ta'minlanadi? 3. OAV nimaga asosan faoliyat ko‘rsatadi? 4. OAV mas'uliyati qanday? 5. Jurnalistlar mas'uyati nimalardan iborat? 6. OAV faoliyatida senzuraga munosabat qanday? BESHINCHI BO‘LIM O‘ZBEKISTONNING MA'MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI XVIII bob. Davlatning ma'muriy hududiy tuzilishi § 1. Davlat tuzilishi shaklining umumiy tasnifi Davlat tuzilishi bu davlat hokimiyatini mamalakt hududi bo‘yicha tashkil qilish, hududlardagi davlat organlarini, markaziy davlat organlarini munosabatini belgilashning alohida shaklidir. Bunday munosabatlar (markaz va hudud munosabati) kichik davlatlarda oson o‘rnatilsa, hal qilinsa, yirik, ko‘pmillatli davlatlarda qiyin hal qilinadi. Davlat tuzilish shakli masalalari davlat va huquq nazariyasi fanida chuqur, har tomonlama o‘rganiladi. Davlat va huquq nazariyasiga binoan davlat tuzilishining uch ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ular Unitar davlat, Federativ davlat va Konfederativ davlatdir. Federativ davlat bu davlat tuzilishlarning ittifoqi, federatsiya ma'lum mustaqillikka ega sub'ektlarning ittifoqi hisoblanadi. Federatsiya sub'ektlari ba'zi mamlakatlarda mustaqil bo‘lib, ayrim vakolatlarini federatsiyaga ixtiyoriy o‘tkazadi va barcha sub'ektlar bir xil huquqiy maqomga ega bo‘ladi. Bunday davlatlarda federatsiya hududi, sub'ektlar hududidan iborat bo‘ladi, federatsiya sub'ektlarining konstitutsiyalari, fuqaroligi, alohida qonunchilik, ijro, sud hokimiyati organi bo‘ladi. Bunday davlat tuzilishidagi mamlakatga AQSH, Hindiston, Braziliya, Rossiyani ko‘rsatish mumkin. Unitar davlat bu davlat tuzilishining oddiy ko‘rinishi, uni tarkibida boshqa davlat tuzilishlari yo‘q, hududiy birliklari mustaqillikka ega emas. Yagona konstitutsiya, yagona fuqarolik, Oliy qonunchilik, ijro va sud hokimiyati ham markazlashgan shaklda tuzilgan va faoliyat olib boradi. Bu mamlaktlar qatoriga Fransiya, Italiya, Yaponiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistonni kiritish mumkin. O‘zbekiston ham unitar mamlakatlar qatoriga kiradi. Lekin uni tuzilishida ayrim federativ davlatlarga xos xususiyatlar ham mavjud. Masalan O‘zbekiston tarkibida davlat tuzilishiga xos bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi mavjud. Uning o‘zining konstitutsiyasi, qonunlari, hududi, fuqaroligi, oliy qonunchilik, ijro va sud hokimiyat organlari mavjud. Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston munosabati federativ munosabatlar asosida qurilmagan. Federatsiya bir necha teng huquqli sub'ektlar ittifoqi bo‘lsa, bu yerda teng huquqli federatsiya sub'ektlari yo‘q. O‘zbekistonning Konstitutsiyasi, qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida bajarilishi majburiy va Qoraqalpog‘iston qonunlari O‘zbekiston qonunlarini ustunligini to‘la tan oladi. Lekin Qoraqalpog‘istonda davlat tuzilishiga xos bo‘lgan uni mavqyeini O‘zbekistonning boshqa tuzilmalaridan farqini ko‘rsatuvchi holatlar mavjud bo‘lib, bu haqda keyingi boblarda to‘xtalamiz. Davlat tuzilishining nazariy jihatdan uchunchi shakli konfederatsiya hisoblanadi. Bu tushuncha asosan bir necha suveren davlatlarning ittifoqiga nisbatan ishlatiladi. Bu ko‘pincha, davlat huquqiy munosabatiga nisbatan xalqaro-huquqiy munosabat xarakterida bo‘ladi. Ayrim paytlarda konfeederatsiya federatsiyaga o‘tishda foydalaniladigan shakl sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, AQSH Konfederatsiyasi, AQSH federatsiyasiga aylangan. Hozirgi kunda Shvetsariya, Kanada konfederatsiya hisoblanadi, aslida esa, ular ham alla qachon federatsiyaga aylangan. Federatsiya davlat tuzilishidan Sobiq ittifoq foydalangan. Unda davlatning bu shakli milliy masalalarni hal qilish usuli deb qaralgan. Sovet ittifoqi tarkibiga kirgan ittifoqchi respublikalar rasman suveren respublika hisoblansada, ular mustaqil hyech narsani hal qila olmagan, xalqaro munosabatlarda ishtirok eta olmagan. SSSR xaddan tashqari markazlashgan ittifoq davlati bo‘lgan. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling