O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 3. Konstitutsiyaning prinsiplari va xususiyatlari


Download 1.95 Mb.
bet14/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 3. Konstitutsiyaning prinsiplari va xususiyatlari

Har qanday mamalaktlarning Konstitutsiyalarining mohiyati, vazifasi, xususiyatlari uning prinsiplari orqali ma'lum bo‘ladi.


Prinsip Konstitutsiyaning mohiyati, yuridik tabiatiga ta'sir qiladigan ularni aks ettiradigan asosiy g‘oyalardir.
Ko‘p hollarda, mamlakatimizda amal qilayotgan “Konstitutsiyaiy huquq” darsliklarida ham “Konstitutsiyaning prinsiplari”, “Konstitutsiyaiy prinsiplar bilan bir narsa deb qaralib, chalkashtirib yuboriladi.
Konstitutsiyamizning birinchi bo‘limi “Asosiy prinsiplar” deb nomlanganligi uchun, uning har bir bobi “Davlat suvereniteti”, “Xalq hokimiyatchiligi”, “Konstitutsiya va qonunning ustunligi”, “Tashqi siyosat” Konstitutsiyaning prinsiplari sifatida bayon qilinadi1.
Aslida bular konstitutsiyaviy-huquqiy institutlar bo‘lib, ulardagi normalar shu institutlarning, aniqrog‘i Konstitutsiyaviy tuzimning prinsiplaridir. Shuning uchun “Konstitutsiyaviy prinsip – bu Konstitutsiyada mustahkamlangan va Konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarning prinsiplaridir. Konstitutsiya prinsipi esa Konstitutsiyani xarakterlovchi, mohiyati, vazifasi, yuridik tabiatini, maqsadini belgilovchi asosiy g‘oyalar hisoblanib, ular Konstitutsiyaning o‘zida aniq yozilgan bo‘lishi shart emas. Masalan, “insonparvarlik” prinsipini Konstitutsiyaning barcha qoidalarida his qilish mimkin.
Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bir-biri bilab bog‘liq, bir-birini to‘ldiruvchi davom ettiruvchi g‘oyalardan iborat bo‘lib, ular barcha demokratik davlatlar Konstitutsiyalariga xos bo‘ladi va shuning uchun ular O‘zbekiston Konstitutsiyasi uchun ham xosdir. Shuning uchun Konstitutsiyaning asosiy prinsiplarini O‘zbekiston Konstitutsiyasi misolida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Asosiy qonunimizning prinsiplari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
Demokratizm prinsipi. Demokratiya insoniyat tarixida vujudga kelgan va unga barcha xalqlar bab-baravar intiladigan tartibotdir. Demokratiya uzoq vaqt davomida shakllanadigan, o‘zida xalqlarning qadriyatlarini mujassamlagan, ko‘pchilik uchun mos va qulay tartib hisoblanadi. Demokratizm ana shu tartibni (demokratiyani), uning hayotda qo‘llanilishi mexanizmidir. Demokratiya deganda xalq hokimiyatchiligi tushunilsada, uning mazmuni ancha keng. Demokratizm mavjud bo‘lganda, xalq suvereniteti – xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshishi mumkin. Shuning uchun demokratizm O‘zbekiston Konstitutsiyasining barcha prinsip va qoidalariga singdirilgan yoki boshqacha qilib aytganda demokratizm Konstitutsiya normalari orqali qonuniy mustahkamlanilgan. Konstitutsiya jamiyatda fikrlar xilma-xilligi uchun asos bo‘ladi.
Konstitutsiyamizning demokratik xaraterini, u demokratizm g‘oyalariga suyanganligini, Konstitutsiyaning muqaddimasidan ham bilish mumkin. Demokratizm prinsipining mavjudligi Konstitutsiyaning boshqa prinsiplarini bo‘lishini belgilab beradi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling