O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 4. Konstitutsiyaning amal qilishi va uni himoyalash


Download 1.95 Mb.
bet17/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 4. Konstitutsiyaning amal qilishi va uni himoyalash.

Mamlakatning taraqqiyoti Konstitutsiyaviy tuzum barqarorligiga, u esa Konstitutsiyani amal qilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Fuqarolarning qonunlarga itoatkorligi bu yerda muhim rol o‘ynaydi. Lekin jamiyatdagi barcha fuqarolar ham, ba'zida ayrim guruhlar ham Konstitutsiyaga amal qilavermaydilar. Natijada ularning faopliyati Konstitutsiyaga xavf tug‘diradi. Ayrim vaqtlarda bunday xavf davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan ham bo‘lishi mumkin. Agar ular Konstitutsiyaga amal qilmasa, uning doirasidan chiqib ketsa.


Konstitutsiyaning 15-moddasida shu maqsaddan kelib chiqib, shunday hol bo‘lmasligi uchun “Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqaroalr Konstitutsiyaga muvofiq ish ko‘radilar”, – deb qat'iy belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyani buzish, unga amal qilmaslik, davlatchilik asoslarini buzadi, fuqarolar o‘rtasida ishonchsizlikni vujudga keltiradi. Bu esa inson huquqlarini buzishilishiga, oqibatda davlat to‘ntarishiga olib keladi.
Shuning uchun davlatlar Konstitutsiya qabul qilish bilan cheklanmay, unga amal qilishni ta'minlash choralarini ko‘radilar. Bu birinchi navbatda Konstitutsiyalarda ularning normalari hamma uchun birday amal qilishini belgilab qo‘yilganligida ko‘rinadi. Agar O‘zbekiston Konstitutsiyasining 15-moddasida Konstitutsiyaga amal qilish davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar uchun shartligi belgilangan bo‘lsa, Konstitutsiyaning 47-moddasida “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar”, 48-moddada “Fuqarolar Konstitutsiya va qoidalarga rioya etishga, boshqa kishilarning huququlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar” deb belgilangan.
Konstitutsiyaga amal qilmaganlik uchun javobgarlik mavjud bo‘lib, Konstitutsiyani qo‘pol va xavfli buzishlar uchun jinoiy javobgarlik ham belgilanadi. Deyarli barcha mamalaktlarda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash uchun harakat qilish, hokimiyatni kuch ishlatib yiqitish uchun da'vat qilish harakatlari jinoiy harakat, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakat, Konstitutsiyani buzish deb qoralanib, ularga nisbatan jazo belgilanadi.
Konstitutsiyalarda Konstitutsiyani himoya qilish vazifalari belgilab qo‘yiladi.
Konstitutsiyamizning 57-moddasida “Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va yaxlitligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy va milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalar, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishi ta'qiqlanadi.
Maxfiy jam iyatlar va uyushmalar tuzish ta'qiqlanadi”, – deb belgilangan qoidalar va g‘oyalar Konstitutsiya himoyasiga bevosita taalluqlidir. Chunki yuqoridagi holatlarning barchasi Konstitutsiyada belgilangan munosabatlardir.
Konstiututsiyaga amal qilishni ta'minlovchi alohida vosita sifatida Konstitutsiyaviy sud faoliyatini ko‘rsatsa bo‘ladi. Chunki Konstitutsiyaga amal qilish faqat uni bajarishni emas, unga zid boshqa hujjatlarni ham qabul qilmaslikdir. “Konstitutsiyaning 16-moddasida “Birorta ham qonun yoki normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas” deb belgilangan.
Konstitutsiyamizning 108-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi” deb belgilangan bo‘lsa, 109-moddada uning vakolatlari yanada aniqroq ko‘rsatib o‘tiladi. Unga asosan,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi” deb belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaga amal qilishda fuqarolarning bilimi ham muhim rol o‘ynaydi. Konstitutsiya bo‘yicha fuqarolarning bilimlarini kengaytirish maqsadida 2001 yil 4 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil qilish to‘g‘risida” Prezident farmoyishi qabul qilingan.
Unda Konstitutsiyaning o‘rni, ahamiyati, ma'no va mohiyatini fuqarolarga yetkazish maqsadida maxsus o‘quv kurslari tashkil etish va bilim berishning samarali mexanizmini yaratish belgilangan. Shu farmoyish ijrosi bo‘yicha mamlakatimizda e'tiborga loyiq ishlar amalga oshirildi. Ta'limning turli bosqichlari uchun o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari tayyorlandi. O‘quv rejalariga o‘quv kursi kiritildi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling