O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 4. Xalq deputatalari mahalliy kengashlarini tashkil etish tartibi, tarkibi, faoliyat shakli


Download 1.95 Mb.
bet166/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 4. Xalq deputatalari mahalliy kengashlarini tashkil etish tartibi, tarkibi, faoliyat shakli

Konstitutsiyada xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini tashkil qilish, vakolat doirasi va saylash tartibi qonun bilan belgilanadi degan xavolaki norma mavjud (103-modda ikkinchi qism). Shu konstitutsiyaviy norma asosida 1993-yil yil 2-sentyabrda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida” qonun va 1994-yil 5-mayda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida” qonun qabul qilindi1.


Xalq deputatlari Kengashlari bitta yo‘l bilan – saylov orqali tashkil etiladi. Xalq deputatlari Kengashlariga saylov ko‘ppartiyaviylik asosida, bir mandatli saylov okruglarida, har besh yilda o‘tkaziladi. Bu degani saylovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan barcha siyosiy partiyalar teng imkoniyatlarda qatnashadi. Bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi va ularning vakolati besh yil davom etadi.
Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tadi. Bular saylov huquqining asosiy prinsiplaridir.
Umumiy saylov – 18 yoshga yetgan barcha fuqarolarni milliati, jinsi, irqi, dini, kelib chiqishi, ijtimoiy ahvoli, mashg‘ulot turi, kasbi, egallab turgan lavozimidan qat'iy nazar saylovda ishtirok etadi. Ya'ni, saylash huquqidan foydalanishdir. Faqat, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda qatnashmaydi. Umumiy saylov huquqi mahalliy Kengash deputatligiga saylanuvchilar oldiga ba'zi bir talablarni qo‘yadi va ular umumiy saylov huquqiga zid emas, jahon saylov tajribasida qo‘llaniladigan talablardir. Jumladan, mahalliy Kengash deputati bo‘lib 21 yoshga to‘lgan, kamida 5 yil O‘zbekiston Respublikasida muqim yashayotgan fuqarolar saylanishi mumkin.
Deputatlikka nomzodlar oldiga quyidagi talabalar qo‘yiladi:
sodir etilgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar.
Sudyalar, prokuratura organlari va hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari (viloyatlar, tumanlar va sha harlarning hokimlari bundan mustasno) deputat etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo‘shash to‘g‘risida ariza berganlari taqdirdagina xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadilar.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling