O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.95 Mb.
bet163/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

1. Hukumatni hokimiyat tizimidagi o‘rni qanday?


2. Hukumat mavqyeiga nimalar ta'sir qiladi?
3. O‘zbekistonda hukumatni shakllanishi qanday kechgan?
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumati qanday shakllantiriladi?
5. Vazirlar Mahkamasiningn tarkibi qanday?
6. Vazirlar Mahkamasining vakolatlari qanday?
7. Vazirlar Mahkamasining vakolatlari qanday amalga oshiriladi?
8. Vazirlar Mahkamasining boshqa hokimiyat tuzilmalari, organ, tashkilotlari bilan munosabati qanday?
9. Vazirlar Mahkamasini parlament va Prezident oldida mas'ulligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
10. Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi faoliyatida qanday rol o‘ynaydi?
11. Bosh vazirning vakolatlari qanday?
12. Bosh vazirni vazifasidan ozod etish tartibi qanday?
13. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish tartibi qanday?
14. Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazir qanday hujjatlar qabul qiladi?
XXIV bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari


§ 1. Mahalliy davlat organlari tizimi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy miqyosda boshqaruvni tashkil etishga o‘ziga xos tarzda yondashilgan, MDH va boshqa sobiq Ittifoqchi respubliklar Konstitutsiyalaridan farq qilib, O‘zbekiston Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi alohida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tizimi alohida belgilandi. O‘zbekistondan boshqa davlatlarning Konstitutsiyalarida mahalliy davlat hokimiyati degan tushuncha ishlatilmagan. Jumladan, Belorussiya Konstitutsiyasida “Mahalliy boshqaruv va o‘zini o‘zi boshqaruv”, Qozog‘iston Konstitutsiyasida “Davlatning hududiy tuzilishi va o‘zini o‘zi boshqaruv”, Qirg‘iziston, Rossiya va Estoniya Konstitutsiyalarida “Mahalliy boshqaruv”, Turkmaniston Konstitutsiyasida “Mahalliy ijro hokimiyati” alohida bobda, “Mahalliy boshqaruv” alohida bobda berilgan.


Rossiya Konstitutsiyasida davlat hokimiyati federal miqyosda va federatsiya sub'ektlari miqyosida tashkil qilinib, boshqa barcha quyi bo‘g‘inlarda tuman, shahar, qishloqlarda mahalliy boshqaruv organlari tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy miqyosda boshqaruv, viloyat, tuman, shaharlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, qishloq, shaharcha, ovullarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklangan.
Konstitutsiyaga asosan mamlakatimizda mahalliy miqyosda ham ikki turdagi, ya'ni vakillik davlat hokimiyati va ijro hokimiyati organlari mavjud.
Konstitutsiyaning 99-moddasiga binoan, “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organi bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”. Bu bilan konstitutsiyaviy asosda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi belgilandi (viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari) va hokimiyatning vakillik organlariga hokimlar boshchilik qilishi belgilandi va bu organ davlat va fuqarolarni manfaatini ko‘zlab, vakolatlarni amalga oshirishi mustahkamlandi.
Konstitutsiyada hokimlar qaysi ma'muriy hududlarda faoliyat ko‘rsatishi haqida alohida norma bo‘lmasa-da, Konstitutsiyaning 99-moddasi mazmunidan, ular viloyat, tuman, shaharlarda faoliyat ko‘rsatishini bilib olsa bo‘ladi, ya'ni hokimlar viloyatlar,shaharlar va tumanlarda tashkil qilinadi.
Konstitutsiyaning 102-moddasida “Vakillik va ijro hokimiyatini tegishliligiga qarab hokimlar boshqaradi” degan qoida mahalliy miqyosda vakillik hokimiyati bilan birga ijro hokimiyatini ham o‘rnatilganligini ko‘rsatadi. Mazkur modda qoidalari yana qaysi ma'muriy hududlarda hokim qanday tartibda tayinlanishi haqida hamda ijro hokimiyatining tizimi haqida xulosa qilish imkoniyatini tug‘diradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimini vakillik hokimiyati organlari – xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar tashkil etadi. Ularning har biri o‘zini tizimiga ega.
Vakillik hokimiyati organlari, viloyatlar (Toshkent shahar), tumanlar va shaharlarning xalq deputatlari Kengashlaridan, ijro hokimiyati organlari viloyatlar (Toshkent shahar), tuman va shahar hokimlaridan iborat. Bu ikkala ta'rif bir qarashda har ikkala turdagi organlar tizimi bir xil, bir-biriga mos degan fikrga olib kelmasligi kerak. Chunki Konstitutsiyaga binoan, xalq deputatlari Kengashlari tuman tarkibiga kiruvchi shaharlar, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda tashkil qilinmaydi. Masalan Toshkent shahar tarkibidagi birorta tumanda xalq deputatlari Kengashlari, ya'ni vakillik organlari saylanmaydi. Ularda faqat ijro hokimiyati-hokimlar faoliyat ko‘rsatadi. Bu vakillik va ijro hokimiyati organlaritizimidagi o‘ziga xos xususiyatdir.
Shunday qilib, mahalliy davlat hokimiyati organlari,mamlakatning ma'muriy-hududiy tuzilishi viloyat, tuman va shahar pog‘onalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular davlat hokimiyatining vakillik organlari va ijro hokimiyati organlari ko‘rinishida mavjuddir.
Mahalliy hokimiyat organlarining tizimi deganda viloyat, tuman, shaharlarda tashkil qilinadigan davlat hokimiyatining vakillik organlari – xalq deputatlari Kengashlari va ijroiya hokimiyat organlari – hokimliklar yig‘indisiga aytiladi. Bu tizimga kiruvchi vakillik hokimiyat organlari bir-biridan mustaqil, hamkorlik asosida tashkil qilinsa va faoliyat yuritsa, ijro hokimiyati organlari – hokimlar vertikal bo‘ysunish asosida tashkil topadi va faoliyat yuritadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling