O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.95 Mb.
bet171/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari nima uchun zarur?


2. O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi qanday tashkil qilingan?
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Konstitutsiyaviy vazifalari nimalar?
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari qanday?
5. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qaysi organlar. Nima uchun ular vakillik organlari deydilar?
6. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qanday tashkil qilinadi?
7. Mahalliy vakillik organlarining tashkiliy faoliyat shakli qanday?
8. Mahalliy ijro hokimiyatini kim amalga oshiradi?
9. Hokimlarni maqomi qanday?
10. Hokimlar lavozimiga qanday tayinlanadi va ozod qilinadi.


XXV bob. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.


§ 1. O‘zini o‘zi boshqaruv va uning demokratik jamiyatdagi o‘rni

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach,milliy davlatchilik an'analariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalqning xohish- irodasini to‘la aks ettira oluvchi o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni maqsad qilib qo‘ydi.


Bunda xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalari chuqur o‘rganildi va O‘zbekiston sharoiti etiborga olindi. Natijada O‘zbekistonning o‘ziga xos o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Konstitutsiyaning 105-moddasiga asosan fuqarolarning yig‘inlari hisoblanadi. Ular qishloq, shaharcha, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shahardagi mahallarda faoliyat ko‘rsatib, ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.
Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir.
O‘zbekiston o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari tizimidan alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo yangicha jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya, Turkmaniston, Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekiston uni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb atadi. Bu shunchaki nomni o‘zgartirish emas,masalani mohiyatini bildiruvchi holatdir. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga nisbatan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish so‘zi o‘zini o‘zi boshqarishni mustaqil demokratik institut sifatida to‘laroq ko‘rsatadi. Sababi, mahalliy boshqaruv faqat o‘zini o‘zi boshqaruv orqali emas, davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya'ni mahalliy boshqaruvda davlat ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy vazifasi mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir.
Shuning uchun O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqaruvni mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv emas, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi deb nomlanishi, masalaning asl mohiyatiga mos keladi va o‘zini o‘zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan holi ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo‘nalishi, jahon davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut hisoblanadi.O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan bo‘lib, bu huquq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari orqali amalga oshiriladi.
O‘zini o‘zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat ko‘rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir.
O‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi bilan, o‘zini o‘zi boshqarish organlari tushunchasi bir biridan farq qiladi. O‘zini o‘zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat faoliyat bo‘lsa, o‘zini o‘zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi.
O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘zini o‘zi boshqaruv fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini taminlovchi muhim vositalardan biridir.
Bu Konstitutsiyaning 32-moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Unga asosan fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o‘zini o‘zi boshqarish orqali ishtirok etadi.
Bizning Konstitutsiyamiz o‘zini o‘zi boshqarish masalasiga faqat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini faoliyatini belgilash bilan yondashgan.
Aslida o‘zini o‘zi boshqarish ancha keng tuzulma bo‘lib bir necha harakatlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim mamlakatlarning Konstitutsiya va qonunlarida o‘zini o‘zi boshqarish hisoblanadi.
Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkilot, korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o‘zini o‘zi boshqarish hisoblanadi. O‘quv yurtlaridagi ota-onalar qo‘mitalari, “Komolot” yoshlar harakati boshlang‘ich tashkilotlari ham o‘zini o‘zi boshqarish ko‘rinishidadir.
Shunday qilib, o‘zini o‘zi boshqaruv aholi tomonidan turli xil Kengash qo‘mita va boshqa tuzilmalar orqali amalga oshiriladi.
O‘zini o‘zi boshqaruv demokratiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, xalq hokimyatini ro‘yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgan sari o‘zini o‘zi boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim instituti hisoblanadi.
O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzulmalar ishida ishtirok etishda ko‘rinadi.
Biror bir yo‘l bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni cheklash, to‘sqinlik qilish mumkin emas.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”1gi qonunda (7-modda) o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimyati organlari tizimiga kirmasligi ko‘rsatilgan va ularning amaliy faoliyati ham shuni ko‘rsatadi.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o‘zini o‘zi boshqaruv davlat organlaridan mustaqil deb ko‘rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsiyasining 12-moddasida,mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimyati organlari tizimiga kirmaydi, deb belgilangan), ba'zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. Masalan, Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv ma'muriyati boshlig‘i – o‘lka, viloyat mamuriyati boshlig‘i, davlat organi tomonidan tayinlanishi belgilangan.
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini aniq bir xil pog‘onada mahallarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning O‘zbekistonning siyosiy tizimida o‘zining munosib o‘rnini topishga, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga sabab bo‘ladi. Albatta, shahar va mahallalarida tuzilgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taminlovchi, ularning ma'naviy tarbiyasiga, ijtimoy himoyasiga ta'sir qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shuvchi muhim tuzilmadir.
Keyingi paytda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati yanada faollashdi va kengaydi. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga katta umid bog‘lanmoqda. Buni Prezidentimizning “Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya'ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir”,- degan so‘zlaridan ham bilsa bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar faqat davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish bilan chegaralanmaydi. Bu jamiyatda har bir shaxsning fikri, ovozi e'tiborga olinishi, har bir kishi o‘zini to‘laqonli shaxs, jamiyatning to‘la a'zosi deb his qilishi kerak. Bunda ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli kattadir.
O‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda, O‘zbekistonning eng katta yutug‘i ushbu masalani hal qilishga milliy an'analari, qadriyatlarni tiklash, aholini tub manfaatlariga mos keluvchi yo‘lni tanlash nuqtai nazaridan yondoshish bo‘ldi. Ya'ni, o‘zini o‘zi boshqarishda asosiy tayanch (makon) qilib mahallar belgilandi.
O‘zbekiston mahallalari kabi kuchli, samarali va ta'sirchan vosita boshqa mamlakatlarda yo‘q. U uzoq davrlardan ijtimoiy hayotda beqiyos o‘ringa ega bo‘lib kelgan. Inson qalbida Vatan tuyg‘usining shakllanishiga, milliy g‘ururning vujudga kelishida, millatchilik illatlaridan holi bo‘lishda katta ta'sir ko‘rsatgan.
Mahallalardagi muhit orqali jamoat fikrini to‘laroq aniqlasa bo‘ladi. Demak, ushbu hislat O‘zbekistonga xos xususiyatdir. Bu esa umume'tirof etgan demokratiya yo‘llariga mamlakatimiz qo‘shgan hissasidir. Yoki boshqacha qilib aytganda, O‘zbekiston demokratiyani yangi xislatlar bilan boyitmoqda.
Mahallalar faqat eski mahalla o‘rinlarida tashkil qilinib qolmasdan ularga ko‘p qavatli binolarning qo‘shilishi, yoki ko‘p qavatli binolardan iborat mahallalarning tashkil etilishi esa ayni muddao bo‘ldi, chunki bu ko‘p qavatli binolarda yashovchilarning hayotiga mahallalardagi ijobiy holatlarni olib kirish imkoniyatini beradi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati demokratik jarayonlarni rivojlantirish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Bu esa asosiy maqsad – fuqarolik jamiyatini qurishga ko‘maklashadi. “Biz islohotlarni chuqurlashtirish, demokratik tub o‘zgarishlar yo‘lidan olg‘a siljish, hayotimizda asl demokratik qadriyatlar qaror topayotgani to‘g‘risida gapirganda, avvalo, fuqarolik jamiyati asoslariga o‘tish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish muassasalarini butun choralar bilan kengaytirishni nazarda tutamiz. Bu barcha islohotlarning asosiy mohiyati va bosh mantiqidir”, – deb ta'kidlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning to‘rtinchi sessiyasida.
O‘zini o‘zi boshqarish muassasalari va ular faoliyatining kengayishi esa bevosita mahallalarning mavqyeini kuchaytirish bilan bog‘liq.
Mahalla boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lmagan, faqat O‘zbekistonga xos, davlat bilan fuqarolarni bog‘lovchi muhim ko‘prikdir. Uning faoliyati natijasida davlat bilan fuqarolar o‘rtasida alohida munosabat vujudga keladi.
Fuqarolik jamiyati qurilar ekan, bu jamiyat faqat fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta'minlash bilan chegaralanmaydi. Jamiyat azolarini jamiyatning to‘la qonli a'zosi bo‘lish uchun imkoniyat yaratilishini nazarda tutadi.
Bu o‘z ichiga siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy masalalarni oladi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalar fuqarolarining davlat va jamiyat hayotida ma'lum mavqyega ega bo‘lish uchun asos yaratadi. Bunga esa tarbiya, ijtimoiy muhofaza choralarini kuchaytirish ham kiradi. Demak, o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta'minlash, kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bilan cheklanib qolmaydi. Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, ma'naviy kamolotini oshirish uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo‘qotish uchun ish olib borishi va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'anlarga, Vatanga, davlatga, boshqa fuqarolarning manfaatiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashdir.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallarning faoliyati, bundan so‘ng ham takomillashtirilib, vazifalari kengayib boradi.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini, yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zoro yaqin munosabatlarini ta'minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi”1.
Hozirgi kuning eng muhim masalalaridan biri – davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga katta umid qilinmoqda.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling