O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 4. Vazirlar Mahkamasining boshqa hokimiyat tuzilmalari va organ, tashkilotlar bilan munosabati


Download 1.95 Mb.
bet160/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 4. Vazirlar Mahkamasining boshqa hokimiyat tuzilmalari va organ, tashkilotlar bilan munosabati

Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlariga rahbarlikni amalga oshirar ekan, mavjud barcha turdagi hokimiyat tuzilmalari, davlat organlari, tashkilot, muassasalar bilan hamda nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, tegishli munosabatlar o‘rnatadi.


Vazirlar Mahkamasining barcha tashkilotlar bilan munosabati o‘zaro hamkorlik qilish, hisob berish, bo‘ysundirish, nazorat qilish shaklida bo‘lishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Prezidenti bilan munosabati alohida o‘rniga ega. Prezident Vazirlar Mahkamasi majlislariga raislik qilish huquqiga ega, yuqorida aytilganidek uni shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Prezident va Vazirlar Mahkamasi munosabati hisobdorlikka ya'ni, Prezident oldida hisob berishga mas'ul ekanligiga asoslanadi. Vazirlar Mahkamasi asosiy masalalarni hal qilishda Prezident bilan maslahatlashadi. Prezident Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyishlarini, Bosh vazir farmoishlarini bekor qilishi mumkin.
Davlat xayotida Vazirlar Mahkamasini Oliy Majlis bilan munosabati alohida ahamiyatga ega.
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun o‘z vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiton Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining asosiy ko‘rsatgichlarini va unga kiritilgan o‘zgartirishlarni ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi muayyan a'zosining o‘zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotni eshitishlari hamda zarur bo‘lganda uni iste'foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqish uchun taklif kiritishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari majlislarida, palatalarning qo‘mitalari majlislarida hozir bo‘lish va axborot berishga xaqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki uning muayyan a'zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo‘yilgan taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va tushuntirishlar berishga xaqli.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijasi haqida hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo‘mitalariga kelishilgan muddatda ma'lum qiladi.
Vazirlar Mahkamasi – hukumat tutgan yo‘lini va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmagan siyosiy partiya fraksiyalari yoki deputatlar guruhi hukumatga nisbatan o‘zini muholifot deb e'lon qilishi mumkin.
Konstitutsiyaga kiritilgan oxirgi o‘zgartirishlar asosida Bosh vazir va Qonunchilik palatasidagi ixtiloflar doimiy tus olsa, bu Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilishiga, u esa Vazirlar Mahkamasining iste'foga chiqishiga sabab bo‘ladi.
Parlament so‘roviga javob berish tartibini mavjudligi ham Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi munosabatlarini ko‘rsatuvchi bir holatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan, Qonunchilik palatasi deputatlaridan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatidan, Senat a'zosidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining yoki unga bo‘ysunuvchi davlat yoxud xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir parlament so‘rovi olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a'zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatalarning majlislarida og‘zaki yoki yozma javob berishi shart.
Oliy Majlis bilan Vazirlar Mahkamasining munosabati Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis oldida hisobdorligi, mas'ulligi asosiga quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika hukumati sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan munosabat o‘rnatadi.
Vazirlar Mahkamasi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, uning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining hamda Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda xo‘jalik va ijtimoiy madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujjatlar qanday bajarilayotganligi haqida ma'lumotlarini eshitadi.
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini ko‘rib chiqadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari tomonidan tarmoqlararo va mintaqaviy o‘ta muhim kompleks dasturlarini amalga oshirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi xuquqlariga rioya etilishini ta'minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekitson Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlarining ijro etilishini o‘z vakolati doirasida to‘xtatib qo‘yish xuquqiga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlantirishga, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilishga taalluqli masalalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining fikri hisobga olinadi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatadi.
Vazirlar Mahkamasi Respublikadagi barcha mahalliy ijro organlari bilan yaqindan munosabat o‘rnatadi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini ta'minlash bilan bog‘liq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Viloyatlar va Toshkent shahar xokimlarining Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir takliflarini ko‘rib chiqadi. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilish jarayonini nazorat qiladi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga xaqli.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent shahar xokimlari bilan o‘zaro hamkorligini ta'minlaydi. Bunda chiqib qoladigan baxsli masalalarni hal etadi.
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari tasdiqlaydi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devonining soni va namunaviy tuzilmasini belgilaydi.
viloyatlar va Toshkent shahar xokimlarining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish hamda ularni bekor qilishga xaqli.
Bu munosabat Vazirlar Mahkamasining rahbarligi, ustunligi mahalliy organlarni Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunishi, uni oldida hisob berishi prinsiplariga asoslanadi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ularga zarur yordamlar ko‘rsatadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling