O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Download 1.95 Mb.
bet161/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 5. Bosh vazirning vakolatlari

Bosh vazirning vakolatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaga asosan Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil qiladi va unga rahbarlik qiladi. Uni samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qilib, uning qarorlarini imzolaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan halqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish yuritadi.


Bosh vazirning vazifa va vakolatlari Konstitutsiyada shu tarzda ko‘rsatilib, unga asosan Bosh vazirning vakolatiga Vazirlar Mahkamasining ishini tashkil qilish, unga rahbarlik qilish, Prezident topshirig‘iga binoan halqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish yuritish kiradi.
Bundan tashqari, Bosh vazirning konstitutsiyaviy vakolatlari qatoriga Prezidentga tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi a'zolarini, viloyat, Toshkent shahar xokimlari nomzodlarini taqdim etish xuquqi ham kiradi.
Konstitutsiyada Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasining ishi samarali bo‘lishi uchun shaxsan javob berishga mas'uliyati (majburiyati) ham ko‘rsatib qo‘yilgan. Shuningdek, Konstitutsiyada yana Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, Prezidenti farmonlarida, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunning 15-moddasida Bosh vazirning vakolat, vazifa va majburiyatlari quyidagicha belgilangan:
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi hamda uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi.
Bosh vazir:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazirning o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi;
Vazirlar Mahkamasining qarorlarini imzolaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan halqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir yo‘qligida uning vazifasini Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
Bularga e'tibor bersak, Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoishlar qabul qilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, shu bilan birga davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqilishi talab etilmaydigan masalalar bo‘yicha qaror ham qabul qilish xuquqiga egaligi ko‘rsatilgan. Bu ham Bosh vazir vakolatiga kiradi.
Bosh vazirni vakolatlari va vazifasini amalga oshirishda Bosh vazirning o‘rinbosarlari ma'lum rol o‘ynaydi.
Bosh vazirning o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq, o‘zlari rahbarlik qilayotgan tarmoqdagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar beradilar. Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyishlarning loyihalarini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadilar.
Vazirlar Mahkamasi va faoliyatini tashkil etishda Vazirlar Mahkamasi Rayosati muhim rol o‘ynaydi.
Rayosat Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibda tuzilib, Vazirlar Mahkamasining doimiy ishlovchi organi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Bosh vazirning qaroriga ko‘ra, Rayosat tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa a'zolari ham kiritilishi mumkin.



Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling