O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 5. Yashash joyini erkin tanlash huquqi


Download 1.95 Mb.
bet59/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 5. Yashash joyini erkin tanlash huquqi

Demokratik mamlakatda shaxsning erkinligi e'lon qilinib qolinmasdan, u turli vositalar orqali ta'minlanadi. Har bir kishiga yashash joyini erkin tanlash huquqini berilishi ham buning isbotidir. Konstitutsiyaning 28-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir” deb mustahkamlangan norma, erkin yashash huquqining Konstitutsiyaviy asosidir.


Har kim yashash joyini ixtiyoriy tanlaydi. Respublikaning xohlagan yerida yashash joyi tanlashi mumkin. Bu huquq fuqarolarga o‘zi uchun yashash sharoiti, mehnat qilish imkoniyati qulayroq joylarda istiqomat qilish uchun imkoniyat yaratadi. Yashash joyini tanlashda kishilarning sog‘ligiga mos tabiiy muhit bo‘lishi ham ta'sir qiladi. Ayrim kishilarning sog‘ligi shahar sharoitida yashashga to‘g‘ri kelmasligi, ayrim kishilar issiq joylarda, ayrim kishilar namlik ko‘p joylarda yashashi sog‘ligiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shunday paytlarda yashash joylari o‘zgartiriladi. Ayrim kishilarning mutaxassisligi, kasbi, hunari tegishli joylarda yashash joyini tanlashga ta'sir qilishi mumkin.
Xuddi shuningdek, chet ellarda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatimizga har qanday vaqtda qaytib kelib doimiy yashash joyini erkin tanlashi mumkin.
O‘zbekiston fuqarolarini o‘z xohishi bo‘yicha chet ellarda yashash uchun ketishi ham taqiqlanmaydi. Tegishli huquqiy hujjatlarda O‘zbekiston fuqarolarining chet ellarga shaxsiy, jamoat ishlari bilan doimiy yashashga, sayohatga, o‘qishga, ishga, davolanishga chiqishi erkin huquq ekanligi belgilangan.
Faqat Konstitutsiyaning yuqoridagi moddasida ko‘rsatib qo‘yilganideq, yashash joyini tanlashda, chet ellarda yashash, o‘kish, ishlash uchun ketishda, O‘zbekiston hududiga kirishda qonun bilan ba'zi cheklashlar o‘rnatiladi. Bu cheklashlar xavfsizlik, ishchi kuchlarini ortiqcha bir yerda to‘planib qolishini oldini olish, boshqa fuqarolarga yashash uchun normal sharoit yaratish nuqtai nazaridan hal qilinadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling