O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.95 Mb.
bet55/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

1. Shaxsning huquqiy holati nima?


2. Shaxs huquqiy holatining konstitutsiyaviy asoslari qanday belgilangan?
3. Fuqarolik nima?
4. Shaxs fuqaro bulgach qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
5.Fuqarolarni qonun oldida tengligi nimani bildiradi?
6. Fuqarolar huquq va erkinliklarini cheklash mumkinmi?
7. Yagona fuqarolik nima, uning ahamiyati nimada?
8. Fuqarolikka qanday ega bulinadi?
9. Fuqarolik qanday hollarda yo‘qotiladi?
10. Fuqarolarning huquqlari mamlakat ichkarisida qanday himoya qilinadi?
11. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari qanday himoya qilinadi?
12. Fuqarolar huquqini himoya qiluvchi qanday davlat va nodavlat tashkilotlarini bilasiz?


IX bob. Fuqarolariing shaxsiy huquq va erkinliklari


§ 1. Shaxsiy huquq va erkinliklar tushunchasi

Shaxsiy huquq va erkinlik tushunchasini aniqlashdan avval umuman, huquq nima? Erkinlik nima? degan tushunchani aniqlash lozim. Huquq davlat tomonidan ta'minlanadigan, himoya qilinadigan nimadir qilish, amalga oshirish, munosib yashash sharoitiga ega bo‘lish, zo‘rliklardan himoya qilinishning tabiiy imkoniyatidir. Erkinlik esa, biror-bir narsada (hulq-atvorda, faoliyatda) qonun bilan taqiqlanmagan, biror-bir cheklashni yukligidir. Ya'ni huquqda asosiy masala imkoniyatga ega bo‘lish, erkinlikda esa cheklashni yukligidir.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari uch guruhga bo‘lib mustahkamlangan. Bular: “Shaxsiy huquq va erkinliklar”, “Siyosiy huquqlar”, “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar”.
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ustuvor huquq hisoblanadi va bu O‘zbekiston Konstitutsiyasida birinchi o‘rinda berilganligida ham ko‘rinadi.
Shaxsiy huquq erkinliklar fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, e'tiqodi bilan bog‘liqdir. Shaxsiy huquq va erkinliklar insonni shaxs sifatida namoyon etuvchi imkoniyatdir.
Shaxsiy huquq va erkinliklarni odatda tabiiy huquqlar ham deb yuritiladi. Ular inson tug‘ilishi bilan vujudga keladi. Ularni davlat bermaydi. Faqat shu huquqlarni davlat ta'minlaydi va shunga majbur. Shaxsiy ya'ni tabiiy huquqlar barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan ta'minlanadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar xalqaro hujjatlar bilan ham himoya qilinadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishda va qabul qilishda, fuqarolarning shaxsiy huquqlar belgilangan xalqaro hujjatlar, jumladan, “Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi” qoidalariga amal qilindi.
Natijada birinchi marta, Konstitutsiyada yashash huquqi, qayd qilinib, bu huquqni ta'minlashni davlat o‘z zimmasiga oldi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar, boshqa huquqlardan farq qilib, ularni cheklash mumkin emas. Alohida hollarda cheklash zarurati bo‘lsa, bu Konstitutsiya asosida, unda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Ya'ni ba'zi hollarda cheklash qonunga asosan amalga oshirilishi belgilangan.
Lekin shunday huquqlar borki ularni aslo cheklash, ulardan mahrum qilish aslo mumkin emas. Masalan “yashash huquqi”.
Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qatiy nazar foydalaniladi va davlat ham barchaga fuqaroligidan qatiy nazar shaxsiy huquq va erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi.
Konstitutsiyaga asosan shaxsiy huquq va erkinliklar bilan bog‘liq, insonni hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi ham bu huquqlarni huquq va erkinliklar tizimida ustuvor hisoblanishiga olib keladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling