O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 6. O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqini ta'minlash


Download 1.95 Mb.
bet53/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 6. O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqini ta'minlash

O‘zbekistonda faqat O‘zbekiston fuqarolarigina emas, umuman har qanday shaxsning huquq va erkinliklari ta'minlanadi. Shuning uchun Konstitutsiyada faqat fuqaro emas, shaxs, uning hayoti, qadr-qimmati, sha'ni va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi deb ko‘rsatilgan.


Konstitutsiyaning ikkinchi bo‘limi esa “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari erkinliklari va burchlari” deb atalgan bo‘lib, ana shuni o‘zi huquq va erkinliklar fuqaro bo‘lmaganlarga ham taalluqli ekanligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning muqaddimasida, O‘zbekiston xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olishi belgilangan. Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalarida esa, har qanday shaxs, qaerda yashashidan, qaysi mamlakatning fuqarosi bo‘lishidan qat'i nazar huquq va erkinliklarini ta'minlanishi belgilangan.
Xalqaro huquq qoidalaridan kelib chiqib, Konstitutsiyamizga “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar” degan qoida kiritilgan (23-modda).
O‘zbekiston ishtirok etgan xalqaro shartnomalarda, ikki tomonlama shartnomalarda inson huquqlarini hurmat qilishga sodiklik mavjud va u mamlakatimizda turli sabablar bilan yashab turgan, chet el fuqarolarini, fuqarosiz shaxslarni huquqlarini ta'minlashga asos bo‘ladi.
Xalqaro huquq qoidalarini e'tirof etishlik, mamlakatimizdagi chet el fuqarolari va fuqarosiz shaxslarga barcha shaxsiy, iqtisodiy huquqlaridan foydalanishga imkoniyat yaratilganidan ko‘rinadi.
Chet el fuqarolari va fuqarosizlar yashash huquqiga daxlsizlik huquqqiga, vijdon erkinligiga, mehnat qilish, bilim olish va hokazo huquqlariga ega va ular davlat tomonidan ta'minlanadi.
Sud organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chet el fuqarolari hamda fuqarosiz shaxslarni ham huquqlarini ta'minlash, himoya qilish vazifasi yuklatilgan.
O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi va boshqa sabablar bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan chet el fuqarolarining huquqlari, shu mamlakatlarning O‘zbekistondagi vakolatli organlari tomonidan ham qo‘shimcha himoya qilinadi, ta'minlanadi. Bu borada xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilinadi.
Yuqorida tilga olingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) mamlakatimizda yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlarini ta'minlashda ishtirok etadi. Unga bu borada tegishli vakolatlar va vazifalar yuklangan. “Oliy Majlisning inson huquqlari (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga asosan u O‘zbekistonda yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari buzilishi yuzasidan berilgan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. Shikoyat yuzasidan uni hal qilish maqsadida o‘z tekshiruvini o‘tkazadi. Shikoyat asosli bo‘lsa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning talabi qondiriladi, bu esa uni huquqi buzilishini oldini oladi yoki huquqi buzilgan bo‘lsa buzilgan huquq tenglanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling