O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 5. Fuqarolar huquqlarini himoyalash
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 5. Fuqarolar huquqlarini himoyalash
Shaxs fuqaro bo‘lgach, fuqaro va davlat o‘rtasida ma'lum munosabatlar orqali uzviy bog‘lanish vujudga keladi. Bu bog‘liqlik o‘zaro huquq va majburiyatlar orqali mustahkamlandi. Fuqaroni davlat oldidagi majburiyatlari ularning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan burchlari orqali amalga oshirilsa, o‘z navbatida davlatning fuqaro oldidagi majburiyatlari ham konstitutsiyada belgilangan mas'uliyati orqali amalga oshiriladi. Davlatning fuqaro oldidagi mas'ulligi Konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari darajasiga ko‘tarilganligi (2-modda), mamlakat ichkarisida ham tashqarida ham davlat faoliyatini fuqarolar huquqlarini, manfaatini himoyalashga yo‘naltirishga asos bo‘ladi. Konstitutsiyaning 22-moddasida bu masalani qonuniy ifodasi o‘z o‘rnini topgan. Unga asosan “O‘zbeknston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi”. Fuqarolarning mamlakat hududida himoya qilish turli vositalar orqali amalga oshiriladi. Bular: - Fuqarolar huquq va erkinliklarini Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilishi; - Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta'minlovchi, buzilgan huquqlarni tiklovchi davlat organlar tizimini o‘rnatilishi; - Fuqarolarning huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat tuzumlari faoliyatiga ko‘maklashish. Avvalgi bandlarda aytilganidek, fuqarolar huquqlarini ta'minlashda sud organlarining faoliyati alohidadir. Sudlar to‘g‘risidagi qonunda, sudlarning asosiy vazifasi fuqarolar huquqlarini himoya qilish deb ko‘rsatilgan. Boshqa davlat organlarining faoliyatiga tegishli qonunlarni quradigan bo‘lsak, ularda ham fuqarolarning huquqlari, xavfsizligini ta'minlash vazifasi mavjudligini kuramiz. Konstitutsiyaning 100-moddasida, maxalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga kiritilgan vazifalar katorida, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash ko‘rsatilgan, bu “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunda yanada kengrok ifodalangan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi tartibida inson huquqlarini himoya qiluvchi maxsus tuzilmalar tashkil qilingan va ular samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. 2011-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan kilib belgilandi. O‘zbekistonda fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar tizimi yaratilgan. Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi inson huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynovchi milliy institutlardandir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, manfaatlari nafaqat mamlakat ichkarisida, mamlakat tashqarisida boshqa mamlakatlar hududida ham O‘zbekiston davlati tomonidan himoya qilinadi. Bu vazifani bevosita O‘zbekistonning tashqi mamlakatlardagi diplomatik va konsullik idoralari bajaradi. O‘zbekiston fuqarolari chet ellarda surishtiruv, tergov, sud organlari tomonidan javobgarlikka tortilsa, davlat ularni huquqiy himoya qilish, advokatlar bilan ta'minlash choralarini ko‘rish mumkin. Bularning barchasi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 43-moddasida mustahkamlangan – “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinlarini ta'minlaydi” – degan qoidani amaliy ifodasidir. Davlatning fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash mas'uliyati mamlakat ichkarisida ham, xorij mamlakatlarda ham amalga oshiriladi. Fuqarolar huquqlarini himoya qilishda Ombudsman instituti muhim rol o‘ynaydi, bu haqda Prezident shunday degan edi: “Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug‘illanuvchi vakillik tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb o‘ylayman. Bu Oliy qonunchilik organimiz maqomiga mos keladi. Muhimi u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni yangi sifat darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladi”1. 1997-yil aprelda “Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Vakilni saylash tartibi amaldagi konstitutsiyamizda ko‘zda tutilgan. Uning eng asosiy vazifasi fuqarolar huquqini himoya qilishdir. Buning uchun u yetarli vakolatga ega. Xuddi shuningdek 1996-yil 31-oktyabrdagi Respublika Prezidentining farmoni bilan tashkil etilgan, O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, fuqarolar huquqini himoya qilishda alohida o‘ringa ega. Unga qo‘yidagi vazifalar yuklangan: - Inson huquqlari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarini amalga oshirsin strategiyasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; - Inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; - Mamlakatda inson huquqlari ahvoli haqida milliy ma'ruzalar tayyorlash va boshqalar. Markazga fuqarolarni huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, fuqarolarni huquqiy ma'lumotlar bilan ta'minlash borasida ham ko‘pgina vazifalar yuklashgan. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling