Reja
1.Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari.
2.Vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati.
3.Huquqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
1-topshiriq. “Fuqarolik insonga nima uchun kerak?” mavzusidagi munozarani o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar
- O‘qituvchi savolni muhokama qilish uchun o‘rtaga tashlaydi va o‘ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi.
- Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga ketma-ketlikda yozib boriladi. Garchi takrorlanish holati mavjud bo‘lsa ham, mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi,.
- Hamma o‘z fikrini bildirib bo‘lgach, o‘qituvchi doskaga yozilganlarini talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‘g‘ri javoblar ajratib olinadi.
2-topshiriq. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalariga doir
blits-so‘rov savollari
- Fuqaro deganda nima tushuniladi?
- “Fuqaro”, “fuqaroligi bo‘lmagan shaxs” va “chet el fuqarosi” tushunchalariga izoh bering.
- Fuqarolik nima?
- Kimlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘la oladi?
- Fuqarolarning burchlariga nimalar kiradi?
- Fuqarolarning majburiyatlari nimalardan iborat?
- Fuqarolarning ma’suliyati nimalardan iborat?
- Fuqarolik tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?
- Fuqarolik tarbiyasining maqsadi nima?
- Fuqarolik tarbiyasining vazifalari nimalardan iborat?
3-topshiriq. “Vatanparvarlik, baynalmilallik va harbiy vatanparvarlik” mavzusida sayohat metodini tashkil etish va o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar
- Talabalar uch guruhga bo‘linadilar hamda ularga “vatanparvarlik”, “baynalmilallik” va “harbiy vatanparvarlik” mavzusiga doir ijodiy ish tayyorlash vazifasi topshiriladi;
- Guruhlarda ishlash uchun vatman qog‘ozi, marker va skoch kabi jihozlar taqdim etiladi.
- Guruhlarda ishlash tartibini o‘qituvchi boshqarib borishi va talabalarning har birining ishtirokini ta’minlashi zarur.
- Talabalar ularga berilgan mavzu bo‘yicha ijodiy ishni tayyorlab bo‘lganlaridan so‘ng, uning taqdimotini amalga oshirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |