O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 6. Konstitutsiyaviy huquq manbalari


Download 1.95 Mb.
bet7/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 6. Konstitutsiyaviy huquq manbalari.

Konstitutsiyaviy-huquqiy turli shakllarda ifoda etilgan bo‘lib, ular konstitutsiyaviy huquq manbalari hisoblanadi. Ular konstitutsiya, qonun, farmon va boshqa huquqiy hujjatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.


Konstitutsiyaviy huquq shakllari (manbalari) bir-biri bilan bog‘liq va biri ikkinchisi uchun yuqori yuridik kuchga ega. Masalan, konstitutsiya boshqa qonunlar, farmonlar uchun yuqori yuridik kuchga ega bo‘lsa, Prezident farmoni hukumat qarori uchun yuqori kuchga ega.
Konstitutsiyaviy huquq manbalarining har biri o‘z vazifasiga ega va ular biri birining o‘rnini egallashi mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda Konstitutsiya bilan tartibga solinishi kerak bo‘lgan masalani qonun bilan; farmon bilan yoki qonun bilan tartibga solinadigan masalalarni esa hukumat qarorlari bilan tartibga solib bo‘lmaydi.
U yoki bu hujjatni huquq manbasi sifatida e'tirof etish ma'lum bir huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Chunki bunday hujjat fuqaro uchun ma'lum huquqlarni yoki burchlarni o‘rnatishi mumkin, fuqaro esa unga asosan o‘z huquqini himoya qilishni talab qilishi mumkin.
Konstitutsiyaviy huquq manbalari orasida Konstitutsiya alohida o‘rin egallaydi. Chunki Konstitutsiya faqat konstitutsiyaviy huquq manbasigina emas, balki boshqa huquqlar uchun ham manbadir. Konstitutsiyaning huquq manbalari orasida alohida mavqyeini uning davlatning asosiy qonuni ekanligi ham belgilaydi.
Konstitutsiya eng muhim norma va prinsiplarni o‘rnatadi va keyinchalik ulardan boshqa huquqiy tartibga solishni shakllari o‘sib chiqadi (turli sohadagi qonunlar, farmonlar). Ayrim Konstitutsiyaviy normalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilib, qo‘shimcha tartibga solishga muhtoj emas.
Masalan, Konstitutsiyaning 92-moddasiga binoan Prezident Oliy Majlis yig‘ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimigz kirishgan hisoblanadi degan qoidani amalga oshirish uchun hyech qanday qo‘shimcha norma, hujjat zarur emas.
Konstitutsiya normalarining o‘zgartirilishini alohida tartib va qoidalarning o‘rnatilishi ham, Konstitutsiyaning huquq manbasi sifatidagi alohida maqomini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaviy huquq manbalari orasida qonunlar muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi, Konstitutsiyaviy qonunlar, ikkinchisi, oddiy qonunlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday masalalar bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilish kerakligi belgilanmagan. Ayrim mamlakatlar Konstitutsiyalarida qanday masalalar yuzasidan Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilinish zarurligi belgilangan. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 13 ta moddasida Konstitutsiyaviy qonun qabul qilishga doir masalalar berilgan. Bizning qonunchilik tajribamizda har qanday holatga konkret yondashilib, Konstitutsiyaviy darajada hal qilinishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilinadi. Hozirga qadar mamlakatimizda quyidagi Konstitutsiyaviy qonunlar amalda: “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosisy prinsiplari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi qonunlar. Konstitutsiyaviy qonunlar ham Konstitutsiya kabi to‘liq Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo‘ladi.
Keyingi manba bu – qonunlardir. Yuqoridagilardan farq qilib faqat Konstitutsiyaviy-huquqiy mazmundagi qonunlargina Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo‘ladi. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”, “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”, “Saylov to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy-huquqiy mazmundagi farmon va farmoishlari Konstitutsiyaviy huquq manbalari bo‘lib hisoblanadi. Masalan, hukumat tarkibi (tayinlash, vazifasidan ozod qilish), markaziy davlat idoralarini tuzish, Konstitutsiyada belgilangan boshqa mansabdor shaxslarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi farmonlar va shu kabi bir qator hujjatlar – Konstitutsiyaviy-huquq manbasi bo‘ladi.
Oliy Majlis palatalarining ayrim, ya'ni Konstitutsiyaviy-huquqiy mazmundagi qarorlari ham Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo‘lishi mumkin. Ular tomonidan qabul qilingan reglamentlar ham manba hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq manbalari qatoriga yana, hukumat qarorlari, sud qarorlari (Konstitutsiyaviy sud), mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari ham kiritilishi mumkin.Faqat shunga alohida e'tibor berish kerakki, bu hujjatlar Konstitutsiyaviy huquq tartibga soluvchi munosabatlar doirasida qabul qilingan bo‘lsa, hamma uchun majburiy xarakterga ega bo‘lsa, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan bo‘lsagina Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo‘ladi.
Konstitutsiyalarning muqaddimasida xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinishi e'tirof etilgan, shu sababli aytish mumkinki, xalqaro huquq normalari ham Konstitutsiyaviy huquq manbasi bo‘lishi mumkin.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling