“ Kelishildi”
Toshkent viloyati
An’anaviy karate-do bo‘linmasi
raisi O.Turg‘unov
“Kelishildi”
O‘zbekiston Respublikasi
Yoshlar siyisat va sport bo‘linmasi
raisi R.Bobokulov
An’anaviy Karate-do sport turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida O‘zbekiston Chempionatiga Toshkent viloyati saralash musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risidagi
NIZOMI
“Nurafshon shahri 2023 yil”
An’anaviy Karate-do sport turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida O‘zbekiston Chempionatiga Toshkent viloyati saralash musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risidagi
NIZOMI
Mazkur nizom An’anaviy karate-do turi bo‘yicha Toshkent viloyatida musobaqani o‘tkazish, musobaqa jarayoni tashkil etish va boshqarish, musobaqada g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “Sport ta’limini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paraolimpiya sport turlarini va sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora tadbirlarini to‘g‘risidagi PQ-5279 sonli qaror talablariga muvofiq holda Respublika an’anaviy karate-do Federatsiyasi qarorlaridan kelib chiqqan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va tegishli hujjatlarni platformada joylashtirilgan jamoalar (yakka sportchilar) ishtirok etadilar.
Musobaqa Jahon An’anaviy karate-do federatsiyasi tomonidan qoidalariga ko‘ra o‘tkaziladi va hakamlar tomonidan baholanadi.
II bob. Musobaqaning maqsad va vazifalari
Musobaqaning maqsadi bolalar va o‘smirlarni jismonan baquvat, vatanga sadoqat, vatanparvarlik ruxida tayyorlash, an’anaviy karate-do turini aholi o‘rtasida ommalashtirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi milliy terma jamoasini shakllantirishga qaratilsin.
III bob. Musobaqani o‘tkazish joyi va muddati
Musobaqa amaldagi xalqaro federatsiya qoidalarida o'tkaziladi.
Vazirlikning 2023-yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiyalari va viloyat kollendar rejasiga asosan o'tkaziladi.
Musobaqa o'tish kuni 2023-yil 29-aprel kuni O'rta Chirchiq tumani 27-sonli maktab sport zalida bo'lib o'tadi.
IV bob. Musobaqani o'tkazish uchun talabnomalarni
topshirish shartlari
Musobaqada ishtirok etish uchun joriy yilning 15-dekabr kuniga qadar talabnomalarda sportchilarning familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan yili, tudo passport raqami va sportchilarning maxorat daftarchasi, shuningdek tibbiy muassasi tomonidan ko‘rikdan o‘tib, tasdiqlangan sportchilar soni mandat komissiyasiga taqdim etishlari shart.
V bob. Musobaqani o'tkazish uchun
belgilangan ma’sul hodimlar va ishtirokchi
Bosh hakam – O.Turg‘unov
Referi – B.Shaymardanov
Kotib – N.Turg‘unboyev
Hakamlar – Toshkent viloyati shahar va tuman bo‘linmalari vakillari
V bob. Ilova Musobaqada ishtirokchilar toifasi
6-7 yosh 2015-2016 yilda tug‘ilganlar
8-9 yosh 2012-2013 yilda tug‘ilganlar
10-11 yosh 2010-2011 yilda tug‘ilganlar
12-13 yosh 2009-2008 yilda tug‘ilganlar
O‘smirlar: 14-15 yosh 2008-2007 yilda tug‘ilganlar
16-17 yosh 2003-2004 yilda tug‘ilganlar
18-19 yosh 2003-2002 yilda tug‘ilganlar
Kattalar: 20-24 yosh 2001-1997 yilda tug‘ilganlar
Veteranlar: 25-26 yosh 1996-1995 yilda tug‘ilganlar
VI bob. Musobaqani Musobaqani moliyalashtirish manbalari
Musobaqani o‘tkazish uchun Toshkent viloyati shahar va tuman xududlarida joylashgan sportni rivojlantirish bo‘linmalari, homiylar tomonidan shuningdek sportchilarning shaxsiy mablag‘lari tomonidan amalga oshiriladi.
VII bob. Musobaqada natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish
Musobaqada natijalar bo‘yicha berilgan murojaatlar musobaqada bosh hakami va ijro qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi.
Ijro qo‘mitasining murojatini ko‘rib natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibdashikoyat qilinishi mumkun.
VIII bob. Sportchining joylashuvu va
ovqatlanish masalasi
Viloyatning shahar va tuman sportchilarini yotoqxonalarga joylashuvi va ovqatlanishi va shuningdek tranvay vositalariga qatnovi komandalarining shaxsiy mablag‘lari tomonidan amalga oshiriladi.
IX bob. Musobaqalarning g‘olib va sovurindorlarni
taqdirlash
Musobaqada g‘olib va sovurindorlarni I, II va III darajali tegishli diplomlar va medallar bilan taqdirlanadi.
X bob. Yakuniy natijalar taxlili
Toshkent viloyati Federatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqa natijalari xisobot shakli bo‘yicha uch kun muddati ichida O‘zbekiston Respublikasi An’anaviy karate-do Federatsiyasiga hamda Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bo‘limi boshqarmasiga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |