O. X. Azamatov
Tuzilmalar va jamlanmalar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
3072-Текст статьи-7829-1-10-20200908
3.2.Tuzilmalar va jamlanmalar
Struktura – bu ma’lumotlarni bir butun nomlangan elementlar to‘plamiga birlashtirish. Struktura elementlari (maydonlar) har xil tipda bo‘lishi mumkin va ular har xil nomlarga ega bo‘lishi kerak. 33 Strukturali tip quyidagicha aniqlanadi: struct { Strukturada albatta bitta komponenta bo‘lishi kerak. Struktura tipidagi o‘zgaruvchi quyidagicha ta’riflanadi: Struktura tipidagi o‘zgaruvchi ta’riflanganda initsializatsiya qilinishi mumkin: Strukturani initsializatsiyalash uchun uning elementlar qiymatlarini figurali qavslarda tavsiflanadi. Misollar: 1. struct Student { char name[20]; int kurs; float rating; }; Student s={”Qurbonov”,1,3.5}; 2. struct { char name[20]; char title[30]; float rate; }employee={“Ashurov", “direktor”,10000}; Strukturalarni o‘zlashtirish. Bitta tuzilma tipdagi o‘zgaruvchilar uchun o‘zlashtirish operatsiyasi aniqlangan. Bunda har bir elementdan nusxa olinadi. Masalan: Student ss=s; Struktura elementlariga murojaat. Struktura elementlariga murojaat aniqlangan ismlar yordamida bajariladi: 34 Masalan: employee.name – «Ashurov» satriga ko‘rsatkich; employee.rate – 10000 qiymatga ega bo‘lgan butun tipdagi o‘zgaruvchi Strukturaga ko‘rsatkichlar. Strukturaga ko‘rsatkichlar oddiy ko‘rsatkichlar kabi tasvirlanadi: Student*ps; Strukturaga ko‘rsatkich ta’riflanganda initsializatsiya kilinishi mumkin: Student *ps=&mas[0]; Ko‘rsatkich orqali struktura elementlariga ikki usulda murojaat qilish mumkin. Birinchi usul adres buyicha qiymat olish amaliga asoslangan bo‘lib quyidagi shaklda qo‘llaniladi: (* strukturaga ko‘rsatkich).element nomi; Ikkinchi usul maxsus strelka (->) amaliga asoslangan bo‘lib quyidagi ko‘rinishga ega: strukturaga ko‘rsatkich->element nomi Struktura elementlariga quyidagi murojaatlar uzaro tengdir: cin>>(*ps).name; cin>>ps->title; Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling