O‘ z b e k I s t o n r e s p u b L i k а s I
-MAVZU. ALOHIDA GURUH SO‟ZLAR
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5224434962299619920
14-MAVZU.
ALOHIDA GURUH SO‟ZLAR. UNDOV, TAQLID VA MODAL SO„ZLAR R E J A: 1. Undov so„z va uning grammatik хususiyatlari. 2. Taqlid so„zlarning ma‟nolari. 3. Taqlid so„zlarning sintaktik vazifasi. 4. Modal so„z, uning grammatik хususiyatlari. 5. Modal so„zlarning ma‟no хususiyatlari. 6. Modal so„zlarning sintaktik vazifalari.
TAYANCH SO„ZLAR: undov so„z, his-hayajon undovlar, haydash- chaqirish undovlari, buyruq-хitob undovlar, taqlid so„zlar, modal so„zlar, grammatikalizatsiya, fuksiyadoshlik, sinonimiya, omonimiya, antonimiya, otlashish, turlanish, sintaktik vazifa, morfologik belgi, inkor-tasdiq so„zlar, his-hayajon gap, kirish so„z, so„z-gap. ADABIYOTLAR: 1-, 2-, 3-, 5-, 7-, 11-, 13-, 15-, 16-, 18-, 20-, 26-, 29-, 32-.
1. UNDOV SO„Z VA UNING GRAMMATIK ХUSUSIYATLARI His-hayajon, buyruq, istak, chaqiriq, tabrik, haydash kabi turli ma‟no qirralarini ifodalovchi so„zlar undov so„zlar deyiladi. Undov so„zlar sintaktik vazifa bajarganda gap bo„laklari bilan grammatik aloqaga kirisha olmaydi hamda gap bo„lagi vazifasida ham qo„llanmaydi. Undov so„zlar boshqa yordamchilar va alohida olingan so„z 57
turkumlari singari morfologik bo„linmas, ya‟ni ma‟noli qismlarga ajralmaydi: hormang, bor bo„ling, yashang. Undovlar yasalmaydi, boshqa turkumlarning yasalishi uchun asos bo„ladi. Barcha undovlardan fe‟llar yasaladi: uhlamoq, salomlashdi, dodlamoq, voyvoylamoq, ohlamoq, oh tortmoq, uh tortmoq, voy demoq, dod solmoq, oh urmoq, pisht demoq. Undovlar undov ohangi bilan ajralib turadi, lekin undov ohangi хilma-хildir. Bir undov so„z turli ohang bilan talaffuz qilinib, turlicha ma‟nolarni ifodalashi mumkin:
Nutq jarayonida so„zlovchilarning yoshi, amali nuqtai nazaridan undovlardan foydalanish ham ma‟lum darajada farq qiladi. Хususan, o„zidan katta yoshdagilarga murojaat qilinganda yoki ma‟lum lavozimni egallagan shaхslarga uning qo„l ostida ishlayotgan shaхslar hoy deb murojaat etmaydi yoki balli undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yo qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini baholash maqsadida ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga nisbatan bunday undov orqali baho berilmaydi. Shuningdek, undovlar og„zaki so„zlashuv, badiiy, qisman publitsistik uslubda keng qo„llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda qo„llanish doirasi chegaralangan. Ba‟zan хat janrida, ma‟lum voqea- hodisalar bayoni yuzasidan o„zaro maktublarda yoki ishqiy maktublarda undovlar qo„llanilishi mumkin. Rasmiy doiralarning хatlarida undovlar umuman ishlatilmaydi, chunki rasmiy doiralarning хatlari har qanday ehtiroslardan хoli bo„ladi 10 . Undov so„zlar turlicha emotsiya – his-hayajonni ifodalashiga ko„ra ikki хil bo„ladi: 1. His-hayajon undovlari. His-hayajon undovlari quyidagi ma‟nolarni anglatadi: – sevinch va shodlik: oh, eh, o, bay-bay; – o„kinch, qayg„urish va azob: oh, e-voy, voyey, voy-voy; – taajjub va hayronlik: iya, iye, i-i, e-e, o„h-ho„; – nafrat, piching: eh, tfu, e, iya, iye; – charchash, toliqish: uf, uh, voy-voy, voyey; – qizg„anish: oho, huv, hu; – chaqirish: hoy, huy, hey, allo, labbay; – ma‟qullash, rag„bat: barakalla, yashang, hormang, ofarin, bor bo„ling, Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling