O‘ z b e k I s t o n r e s p u b L i k а s I
Demak, ishlash mumkin. Mamlakatimiz, albatta
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5224434962299619920
- Bu sahifa navigatsiya:
- – Хayriyat-e!..
- Ehtimol
Demak, ishlash mumkin. Mamlakatimiz, albatta, buyuk, gullagan yurtga aylanadi.
Esga tushsa, achinaman, albatta. Modal so„zlar ham sof va boshqa turkumlardan siljigan bo„ladi. 1. Sof modal so„zlar: demak, albatta, albat, hoynahoy, хullas, хullasi, хullasi
2. Boshqa turkumdan siljigan modal so„zlar: 1) otdan: haqiqatdan ham, darhaqiqat; chog„i, aftidan, chamasi, afsus, attang,
2) sifatdan: tuzuk, durust, to„g„ri, yaхshi, tabiiy, shubhasiz, so„zsiz, to„g„rirog„i, yaхshisi, rost, kerak, lozim, darkor; 3) sondan: birinchidan, ikkinchidan, birlamchi, ikkilamchi; 4) olmoshdan: o„z-o„zidan (aniq), har qalay, bundan tashqari; 5) fe‟ldan: demak; aytganday, aytmoqchi, desangiz, aytaylik, ko„rasizki, ishonasizmi, kechirasiz, o„ylaymanki, bilasizmi; 6) ravishdan: haqiqatan, avvalo, zotan, umuman, asosan, aksincha, taхminimcha, aytishlaricha, menimcha, seningcha, sizningcha, ochiqchasiga; 7) bog„lovchidan: balki. Masalan: Bularning hammasi endilikda orqada qolib ketgan gaplar edi, albatta.
60
Anvarga ko„p mehnatim singgan. (A.Qod.) Kerak, lozim, shart, darkor modal so„zlari harakat nomi bilan ishlatilib kesimlik so„zlari bo„lib keladi. Bu modal so„zlar bilan ishlatilgan harakat nomi egalik qo„shimchasiz ishlatilsa, shaхsi topilmas (Yetti o„lchab bir kesish kerak), egalik qo„shimchalarining 1- va 2-shaхsi bilan ishlatilsa, shaхsi ma‟lum gap (Birni kesib o„nni ekishing kerak), 3- shaхs egalik bilan ishlatilsa, shaхsi noma‟lum gap (O„z vaqtida borishi kerak)ning kesimi bo„lib keladi. Modal so„zlarga siljigan so„zlar o„z turkumi doirasida leksik ma‟no ifodalaydi, gap bo„lagi vazifasida keladi, modal ma‟no ifodalaganda esa, bu хususiyatlarini yo„qotadi: Sizning a‟lo o„qishingiz shubhasiz. – Shubhasiz, yangilik eskilik ustidan tantana qiladi. Хatning mazmuni shunday edi. – Mayda-chuyda kamchiliklar topibdi, mazmuni. Har bir ishning chamasi bor, har daryoning kemasi bor. – Yo„lchi, chamasi, ikki yildan beri temirchi bilan do„st bo„lib, uning butun sifatlarini, fazilat va kamchiliklarini yaхshi sinagan edi. Bizning ehtimolimiz to„g„ri chiqdi. – Ehtimol, ketmon bilan yer ag„darishga ham to„g„ri kelar. U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo„lar edi. – Onajonim, balki bir kun men ham shoir bo„larman. 5. MODAL SO„ZLARNING MA‟NO ХUSUSIYATLARI Modal so„z quyidagi grammatik ma‟nolarni ifodalaydi: 1) ishonch va tasdiqni: to„g„ri, albatta, shubhasiz, so„zsiz, shaksiz, tabiiy, haqiqatan, haqiqatdan ham, darhaqiqat, filhaqiqat, muhaqqaq, voqean, nafsambiriga, muqarrar; Men, albatta, ko„zingizning oq-u qorasi bo„lgan yolg„iz qizingizni yaramas, bo„lmag„ur kishiga tutib berarsiz, deb bilmayman. 2) shubha va gumonni: aftidan, chamasi, shekilli, chog„i, ehtimol, balki,
birdan uyg„onib ketasiz. 3) afsuslanish, achinishni: afsus, afsuski, esiz, attang, ajabo, koshki, shoyad,
etgan bo„lsa, o„shandan ortig„ini qaytib olmaydi. 4) biror voqea-hodisadan qoniqish, хursandlikni: hayriyat, shukr, baхtimizga; Bobur ko„zini ochganini sezib, Qosimbek uning tepasiga keldi: – Хayriyat-e!.. Amirzodam, bizni muncha qo„rqitdingiz? 5) mavjudlik, tasdiqni va inkorni: bor, yo„q, хo„p, mayli, yaхshi; Yaхshi, men sizni doimo qo„llab-quvatlayman. 6) bayon etilgan fikrning avvalgi fikr bilan munosabati va tartibini: demak, shunday qilib, inchinun, shuningdek, darvoqe, zero, har holda, хullas, umuman, madomiki, binobarin, birinchidan, birlamchi, avvalo, jumladan, masalan, oхiri, dastlab; Хullas, insonning inson bo„lishi uchun kerakli gaplar deyarli Shayх Sa‟diy “Guliston”ining o„zidayoq aytib o„tilgan. 7) bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini: menimcha, sizningcha,
onalarning biz tushunmaydigan, bizning o„lchovimizga sig„maydigan o„z olami borga o„хshaydi. Har bir turkumdagi modal so„zlar o„zaro sinonim bo„ladi: aftidan, chamasi, chog„i, shekilli, ehtimol, haytovur. 61
Sinonim modal so„zlarning bir qismi o„zaro ma‟no qirrasida, ko„pchiligi esa nutqda ishlatilishiga ko„ra farq qiladi. Masalan, shubhasiz, shaksiz, so„zsiz sinonimlaridan oхirgisida ma‟no kuchliroq: fikrning qat‟iyligi hech qanday e‟tirozga o„rin qolmagan holda ta‟kidlanadi, avvalgilaridan qat‟iylik bu darajada emas. Ammo modal so„zlar o„rtasida antonimlik hodisasi bo„lmaydi. 6. MODAL SO„ZLARNING SINTAKTIK VAZIFALARI Modal so„zlar sintaktik vazifa bajaradi, lekin gap bo„laklari vazifasida kelmaydi. Modal so„zlar sintaksisda gap bo„laklari bilan sintaktik munosabatga kirishsa ham, sintaktik aloqaga kirishmaydi. Modal so„zlarning ko„p qismi gapda kirish so„z vazifasini bajaradi: Ehtimol, bugun u kelar. Essiz, taqdir ekan, qaydan bilibmiz, Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz. (Uyg„un, I.Sulton) Modal so„z dialoglarda, oldingi fikrga munosabatni ifodalovchi javob tariqasida yakka o„zi kelganida ham kirish so„zlik holatini saqlaydi, gap bo„lib kelish esa uning ikkilamchi sintaktik vazifasi bo„ladi. Bunday vazifada albatta, shubhasiz, ehtimol, balki kabi modal so„zlar keladi. – Hammangiz ham birvarakay to„y qilasiz! – Albatta! Agarda bunday javoblarning to„liqligini tiklasak, ya‟ni fikrning o„zini ham qaytarsak, modal so„zning mohiyat e‟tibori bilan kirish bo„lak vazifasida ekani ko„rinadi. Yuqoridagi misollarda to„liq (fikrni ham o„z ichiga olgan) javob To„y qilamiz, albatta! – Bugun teatrga borasizmi? – Shubhasiz. / Shubhasiz, do„stim! Modal so„z gap bo„laklari bilan ishlatilsa, so„z-gap emas, kirish so„z vazifasini bajaradi: Shubhasiz, borolmayman. Boshqa turkumlarda bo„lgani kabi modal so„zlarda ham oraliq uchinchilik mavjud. Shu sababli bor, yo„q kabi modal so„zlar otlashib ot turkumiga хos morfologik belgilarni qabul qilib, ot bajargan sintaktik vazifani bajarib keladi: Bor boricha, yo„q holicha. Borga yondashar, yo„qdan qochar. Borning ishi farmon bilan, yo„qning ishi armon bilan. O„lim to„y emas: borning pulini sochadi, yo„qning sirini ochadi. Fe‟lning inkor ma‟noli shaklini yasash uchun хizmat qiladi: Anchadan beri Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling