O ʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi respublika taʼlim markazi


Download 214.95 Kb.
bet1/21
Sana30.04.2023
Hajmi214.95 Kb.
#1417808
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
INGLIZ TILI 9-SINF 2023 vord


O ʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI
VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TAʼLIM MARKAZI
2022-2023-O‘QUV YILI UMUMIY O‘RTА TА’LIM
MАKTАBLАRINING 9- SINF BITIRUVCHILARI UCHUN
INGLIZ TILI FАNIDAN YAKUNIY IMTIHON O‘TKAZISH
BO‘YICHA METODIK TAVSIYA VA MАTЕRIАLLАR

TOSHKENT – 2023
Respublika ta’lim markazi qoshidagi chet tillari bo‘yicha Ilmiy-metodik kengashning 2023-yil 30-martdagi №1 qarori asosida foydalanishga tavsiya etildi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf oʻquvchilari yakuniy nazorat imtihonini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya va materiallarni tijoriy maqsadda kоʻpaytirib tarqatish taqiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari metodbirlashmalari yakuniy nazorat imtihoni materiallariga 20% gacha оʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Tuzuvchi:
J.Meliboyev – Respublika ta’lim markazi Ingliz tili metodisti v.v.b.
Taqrizchilar:
B.Perdeshov – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi
S.Maxmudova – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi
xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi
M.Urdusheva – Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi
Muxarrir:
Sh.Karimov – Respublika ta’lim markazi metodisti
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun ingliz tili fanidan yakuniy nazorat imtihoni materiallari

INGLIZ TILI 11-SINF


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun tanlov asosida ingliz tilidan yakuniy nazorat imtihonini topshirishlari mumkin. Bunda ingliz tilidan yakuniy nazorat imtihoni og‘zaki nutq ko‘nikmasini baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat imtihonini o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning ingliz tili ta’limi bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashdan iborat. Unda og‘zaki topshiriq 30 ta biletdan iborat bo‘lib, har bir biletda uchtadan topshiriq beriladi. O‘quvchi olgan bilet bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishi uchun 20 minutgacha vaqt beriladi.
Chet tillari chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar va maktablar uchun maktab metod birlashmasi qaroriga asosan qo‘shimcha bitta topshiriq beriladi va tayyorgarlik ko‘rishi uchun qo‘shimcha 10 minut vaqt ajratiladi.
O‘quvchi mavzu yuzasidan o‘z fikrini ingliz tilida erkin bayon etishi kerak. O‘quvchi tomonidan bildirilgan fikrlar grammatik va fonetik jihatdan to‘g‘ri bayon etilishi, nutqining ravonligi, mavzudan chetlashmaganligi va bildirilgan fikrlarning mantiqan bir-biri bilan bog‘liqligi hisobga olinadi. Fikrlar bayon etilayotganda, so‘z birikmalarining noto‘g‘ri ifodalanishi, grammatik va fonetik qoidalarga rioya qilmaslik hollari bir gapning o‘zida ikki va undan ortiq marta kuzatilsa, o‘sha gap hisobga olinmaydi. O‘quvchi bilet savollariga to‘liq javob bera olmasa, o‘qituvchi o‘quvchiga mavzu yuzasidan qo‘shimcha savol berishi mumkin. Bilet asosida va qo‘shimcha tarzda berilgan har bir savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi. Masalan: 1-savolga 3 ball, 2-savolga 5 ball, uchinchi savolga 4 ball qo‘yilsa, baholar umumlashtirilib, o‘rtacha ball chiqariladi. 3+5+4=12 va 12:3=4 ball.

Download 214.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling