O ’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi


II.2 Saf Va Uning Elementlari


Download 115.01 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi115.01 Kb.
#1592497
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Harbiy salomlashishni bajarish,safdan chiqish va safga qaytish

II.2 Saf Va Uning Elementlari
Askarning saflanishdan avval va safdagi majburiyatlari. Har bir askar saflanishi oldidan o‘zining majburiyatlarini o‘ta uquvchanligi bilan ko‘ngildagidek aniq bajarishi lozim.
Saflanish oldidan askar: quroli, o‘ziga biriktirilgan qurol-aslaha va harbiy texnika, o‘q-dori, shaxsiy himoya vositalari, qazuv quroli, kiyim-kechak va anjomlari sozligini tekshirishi, kiyimini to‘g‘rilashi, anjomlarini o‘ziga moslashtirishi va to‘g‘ri taqishi, safdoshga kamchiliklarini tuzatishda yordam berishi, safdagi o‘z o‘rnini bilishi, unga tez va bo‘shashmasdan borib turishi, harakat vaqtida to‘g‘ri, oldi-orqa va yon tomonlaridagi oraliq masofani saqlagan holda yurishi, xavfsizlik talablariga rioya etishi, ruxsatsiz saf (mashina)dan chiqmasligi, safda turgan vaqtida gapirmasligi va chekmasligi, komandirning komanda va buyruqlariga diqqat bilan quloq solishi, ularni boshqalarga xalaqit bermay tez va soz bajarishi, buyruq va komandalarni boshqalarga o‘zgartirmay baland ovozda va aniq yetkazishi lozim askarning saflanishdan avval va safdagi majburiyatlari. Saf va uning elementlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomida safda turish, qurol va qurolsiz harakat qilish; kichik bo‘linma va harbiy qismlarning piyoda va mashinalarda saf tortishi, harbiy salom-alikni bajarish, saflar ko‘rigini o‘tkazish tartibi; harbiy qism Jangovar bayrog‘ining safdagi holati, uni olib chiqish va olib ketish tartibi; harbiy xizmatchilarning safga tizilish oldidagi, safga turishdagi majburiyatlari, ularni safda turish va yurishga o‘rgatish talablari, shuningdek, harbiy xizmatchilarning jang maydonida harakatlanish usullari va dushman qo‘qqisdan hujum qilgan vaqtdagi xatti-harakatlarini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining barcha harbiy qismlari, shtablari, boshqarmalari, muassasalari, korxonalari, tashkilotlari va harbiy bilim yurtlarining Saf Nizomidan qo‘llanma sifatida foydalanishi majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1996-yil 14-oktabrdagi 238- buyrug‘iga binoan, joriy etilgan.

Download 115.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling