O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I
EH M bilan bog'lanish kanalini ulash
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari va vositalari
6.2.
EH M bilan bog'lanish kanalini ulash Axborotlarni bog'lanish kanali orqali uzatish uslublari Bizga ma'lumki, bog'lanish kanali bog'lanish simlari va MUAdan tashkil topadi. M a'lumotlami uzatish uchun turli tipdagi bog'lanish simlaridan foydalaniladi: o’tkazuvchanli, kabelli, radioreleyli, volkon-optik, yerdagi va sputnik orqali radiokanalli bog'lanishlar. Kabellar o’ralgan ikkita simdan yoki koaksial kabeldan tashkil topadi. EHM bilan bog'lanish kanalini bog'lovchi vositaning asosiy bajaradigan funksiyasi, EHMning kiritish-chiqarish kanali va ma'lumotlami uzatish apparati orasida ma'lumot almashishdan iborat. M a'lum ot almashish kiritish-chiqarish buyruqlari bilan dasturlanadi. EHM bilan bog'lanish kanalini ulash uchun quyidagi qurilmalardan foydalaniladi: • Chiziqli adapterlar; • Ma'lumotlami uzatish multipleksori; • Ma’lumotlami teleqayta ishlash protsessorlari. Chiziqli adapter (ChA) - bu EHMni bitta uzatish kanali bilan ulovchi qurilma hisoblanib, u bir tomondan EHMning kiritish-chiqarish interfeysiga, ikkinchi tomondan bog'lanish kanaliga xizmat ko’rsatuvchi MUAga ulanadi va quyidagi funksiyalami bajaradi: • kiritish-chiqarish buyrug'ini MUA ishlashini boshqaruvchi signalga aylantiradi; • EHMni kiritish-chiqarish kanaliga kelib tushayotgan ma'lumotlar ketma-ketligini, MUA orqali bog'lanish kanali bo'yicha uzatilayotgan bitlar ketma-ketligiga aylantiradi va bog'lanish kanali bo'yicha qabul qilinayotgan ma'lumotlami qayta o'zgartiradi. Teleqayta ishlash tizimlarida EHMga bir qancha bog'lanish kanallari ulanganligi sababli, har bir kanal uchun chiziqli adapterdan foydalanish qurilmalar uchun xarajatlami ancha oshirib yuboradi. Shuning uchun bunday tizimlarda chiziqli adapterlardan foydalanish qulay hisoblanmaydi. Bog'lanish kanallarining asosiy xususiyatlari bo'lib, ulaming o'tkazuvchanlik xususiyati va ma'lumotlami uzatishdagi aniqlilik xususiyati hisoblanadi. Kanalning o'tkazuvchanlik xususiyati, birlik vaqt ichida kanal bo'yicha uzatilayotgan ma'lumot bitlarining chegaraviy soni bilan baholanadi va bit\sek birlik bilan o'lchanadi. Ma'lumotlami uzatishdagi aniqlilik, m a'lum ot bitlarining buzilish ehtimolligi bilan xarakterlanib, bog'lanish kanali uchun qo'shimcha vositalarsiz xatoliklardan himoyalanish 1 O’4”7", 10"6% ni tashkil etadi. Bog'lanish kanalidan ma'lumotlami uzatish uchun foydalanishning samaradorligi V=S/F formula orqali aniqlanadi. Bu yerda, S-kanalning o'tkazuvchanlik xususiyati, F=fYu-fp chastota polosasi bo'lib, o'tkazgich bo'yicha samarali uzatilayotgan ma'lumotlami fP past va fyu yuqori chastota chegarasi hisoblanadi. Ko'proq ishlatiladigan kanal bu 3,lkGs o'tkazuvchanlikka, fp=0,3 kGs dan fyu=3,4 kGs gacha chastota diapozoniga ega bo'lgan telefon kanali hisoblanadi. Kommutatsiya qilinuvchi telefon kanali ma'lumotlami S=1200bit\sek tezkorlikda uzatilishini ta'minlaydi. 300bit\sekunddan 600 bit\sek o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega kanallar past tezkorlikka, 600bit\sekunddan 4800 bit\sekundgacha o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega kanallar o'rta tezkorlikka, undan yuqori o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega kanallar yuqori tezkorlikka ega kanallar hisoblanadi. Ma'lumotlami uzatish yo’nalishiga qarab kanallar simpleks, yarimsimpleks, va dupleks kanallarga bo'linadi. Simpleks kanal ma'lumotlami faqat bir yo’nalishga uzatish imkoniyatiga ega, ya'ni bitta abonent ma'lumot uzatadi, ikkinchi abonent faqat qabul qilib oladi. Yarimdupleks kanal navbatma-navbat ma'lumotni ikkita yo'nalish bo'yicha uzatadi, ya'ni birinchi abonent ma'lumot uzatadi, ikkinchi abonent shu m a'lum otga ishlov berib yana birinchi abonentga uzatadi. Dupleks kanal bir vaqtda ma'lumotni ikkita yo'nalishga uzatish imkoniyatiga ega. Bu esa uning tarkibida to'rtta bog'lovchi o'tkazgichdan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Ma'lumotlami uzatishda aniqlikni oshirish uchun asosiy kanalga qo'shim cha unchalik katta bo'lmagan o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan teskari kanal ulanishi mumkin. Masalan, 1200bit\sek tezkorlikda axborot uzatayotgan kanalga, tezkorligi 75bit\sek bo'lgan teskari kanal ulanadi. Teskari kanal orqali m a'lum otlar 157 blokini qabul qilib olinganligi haqida signal yuboriladi, agar yuborilgan ma'lumotlarda xatoliklarga yo’l qo'yilgan bo'lsa, uni qaytadan yuborish kerakligi haqida signal yuboriladi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling