O ’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti fizika – matematika fakulteti Fizika ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 120 (301)


Download 1.35 Mb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1609827
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rajabov Sardor1110

II BOB. IZOTOPIK SPIN
2.1. Izotopik invariantlik xususiyati
Yadro o'zaro ta'sir kuchining xususiyatIarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, nuklonlarning o'zaro yadroviy ta'siri zaryadga bog'liq bo'lmas ekan, ya'ni proton bilan proton, proton bilan neytron va neytron bilan neytron orasidagi yadroviy o'zaro ta'sir bir xil bo'lar ekan. Bundan tashqari, neytron va protonlar massalari bir-biriga yaqin, spinlari teng, bir xiI statistikaga bo'ysunadi, yadro ichida bir-biriga o'tib turadi. Ko'zguli yadrolarning spini, juftliklari, uyg'onish energiyalari deyarli bir xiI. Aytilganlardan proton va neytron elektromagnit o'zaro ta'sir aniqligida aynan o'xshash zarralar ekanligi kelib chiqadi. Shuning uchun ham ular nuklon degan umumiy nom bilan ataladi.
Nuklonlarning ta'sirlashuvi zaryadga bog'liq bo'Imasligi yana qo'shimcha erkinlik darajasiga ega ekanligini ko'rsatadi. Ya'ni yadro kuchlar maydonida aynan bir xiI zarra (nuklon) zaryadli (proton) yoki zaryadsiz (neytron) ko'rinishida bo'lishi mumkin. Agar yadro ta'sirlashuvida elektromagnit ta'sirlashuvni inobatga olmasak protonni neytrondan farq qilib bo'lmaydi. U holda ikki zaryad holatdagi dublet deb qarash mumkin. Nuklonlaming zaryad holatini xarakterlash uchun Geyzenberg tomonidan izotopik spin kvant soni kiritildi. Izotopik spin T qandaydir izotopik fazada deb qaraladi. Bu kvant soni ham orbital va spin kvant sonlari kabi N = 2T + 1 qiymatga ega bo'ladi.
Izotopik fazada zarra hamma vaqt koordinata boshida zarra aylanishi mumkin, lekin ilgarilab harakat qilmaydi. Zarra impuls va orbital momentga ega emas, spinga o'xshash harakat miqdori momentiga ega. Bu momentga (hech qanday oddiy momentga aloqasi yo'q) izotopik spin deyiladi.
Izotopik spin kvantlashuvi spin kvantlashuvi kabi bo'ladi. Izotopik spin T yarim butun, butun qiymatlar qabul qilishi mumkin T = 0,1, 3/2, ... Izotopik fazada 2T+ 1 proyeksiyaga ega bo'ladi. Bu aynan bir xil zarralar turli zaryad holatlar sonini xarakterlaydi. Izotopik multiplet deb ham ataladi. Izotopik spinning biror o'qqa proyeksiyasi turlicha zaryadli zarralarga mos keladi. Izotopik spin T = 0 bo' lsa bitta zaryad holat - singlet, T = 1/ 2 bo'lsa, N = 2 *1/2 + 1 = 2, dublet, T = 1 bo'lsa, 3 ta zaryad holati - triplet holatlar bo'ladi.
Izotopik spin nuklon uchun T= 1/2, N = 2T + 1 = 2 ikkita zaryad holati bo'lishi mumkin, Tning ξ o'qqa proyeksiyalari T: = + 1/2 protonga mos keladi, T, = -1/2 esa neytronga mos keladi.
-mezonlar uchun izotopik spin T = 1 demak, N = 2x + 1 = 3 aynan bir xil p-mezonlardan uchta bo'lishi kerak. Proyeksiyalari T, = 1 ( T: = 0 ( ), T, = -1 ( ) zaryad holatlariga mos keladi.
Yadroviy o'zaro ta'sir xarakteri nuklon xiliga, ya'ni izotopik spin vektorining proyeksiyasiga bog'liq bo'lmagani uchun u faqat T vektorning kattaligi bilan aniqlanadi. Demak, yadroviy o'zaro ta'sir izotopik fazodagi turli yo'nalishlarga nisbatan invariant ekan. Yadroviy kuchning bunday xususiyati uning izotopik invariantlik xususiyati deb ataladi. Izotopik invariantlikdan yadro ta'sirlashuvi tufayli kechadigan barcha jarayonlarda izotopik spinning saqlanish qonuni kelib chiqadi.
Yadroning izotopik spini quyidagicha aniqlanadi.
(11)
izotopik spin proyeksiyasi esa
(12)
Masalan: yadro izotopik spini:
T=
Vektor proyeksiyalar soni 2T +1 = 2*1/2 +1= 2. Demak, ning xususiyatlariga o'xshash yana bir yadro bo'lishi kerak, bu - tritoniydir. Uning uchun izotopik spin T = 1/2, proyeksiyasi

ga teng. Nuklonlarning o'zaro ta'sirlashuvi tufayli erishilgan ba'zi bir kattaliklar qiymatlarining izotopik spinga bog'liq tomonlarini ko'rib chiqamiz

2-jadval


Tasir-
lashuv
tur

z






T





(fermi)








(MeV)




(fermi)

Bog’-
langan holati

n-n
p-p
n-p
n-p

0
+2
+1
+1

-1/2-1/2= -1
1/2+1/2=1
-1/2+1/2=0
-1/2+1/2=0

1
1
1
0

3,2
2,83
2,76±0,07
1,75






-0.15
-0,15
-0,07
2,26

-17,6±1,5
-17±2
-23,7±0,01
+5,43

Yo’q
Yo’q
Yo’q
Bor



Jadvaldan ko'rinib turibdiki, nuklonlar ta'sirlashuvida izotopik spin qiymatlarida bir xil natijaga erishilmoqda. Bu ham o'z navbatida nuklonlar orasidagi ta'sirlashuv izotopik spin vektori T absolyut qiymatiga bog'liq bo'- lib, uning proyeksiyasiga bog'liq emasligini ko'rsatadi. Izotopik spinning kichik qiymatiga katta bog'lanish energiyasi to'g'ri keladi, T ning yuqori qiymatiga esa yuqori uyg'onish energiyalar mos keladi. Bunga ko'plab ko'zgu yadrolar misol bo'ladi.


Izotopik spin proyeksiyasi nuklonlar soni (barion soni B) va elektr zaryadi bilan quyidagicha bog'langan:
(13)
Elektromagnit ta'sirlashuvda zaryad va nuklonlar soni saqlanadi. Shunga ko'ra, (12) dan izotopik spin proyeksiyasi ham saqlanishi kerak.
Izotopik spin kuchli ta'sirlashuvdagina saqlanadi, proyeksiyasi esa kuchli va elektromagnit ta'sirlashuvlarda saqlanadi. Shunday qiIib, izotopik spin kuchli ta'sirlashuvda qatnashadigan nuklonlar, π va k-mezonlar, giperonlar va antizarralar bilan bo'lgan jarayonlarda albatta saqlanadi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling