O ’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti fizika – matematika fakulteti Fizika ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 120 (301)


Download 1.35 Mb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1609827
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rajabov Sardor1110

1.2. Yadro kuchlari xususiyatlari
Yadro fizikasida yadro kuchlari xususiyatlarini o'rganish eng muhim ahamiyatga ega. Yadro kuchlari tabiati elektromagnit, kuchsiz, gravitatsiya kuchlariga o'xshamaydi. Elektromagnit kuchlarga ham o'xshamaydi, chunki ta'sirlashuv zaryadsiz neytronlar uchun ham mavjud. Magnit kuchlari ham bo'lishi mumkin emas, chunki nuklonlar magnitmomentlari orasidagi o'zaro ta'sirlashuv juda kichik. Kuchsiz va gravitatsiya ta'sirlashuvlari ham yadro ta'sirlashuviga qaraganda juda sust hamda gravitatsiya ta'sirlashuvi esa uzoq masofada ta'sirlashuv xususiyatiga ega bo'lgani sababli yadro ta'sirlashuvi bo'la olmaydi. Shunday qilib, yadro kuchlari yadrodagi nuklonlarni bog'lab turuvchi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan alohida kuchdir. O'z navbatida yadro kuchlarini o'rganishlik yadro strukturasi va yadro reaksiyalar mexanizmini chuqur o'rganish imkonini beradi. Yadro kuchlarini o'rganish uchun faqat neytral zarralar yoki faqat zaryadli protonlardan (masalan: ikkita neytron, ikkita protondan) tashkil topgan yadrolar yo'q. Yadro kuchlari xususiyatlari nuklonlarning nuklonlar bilan, nuklonlarning yadrolar bilan, yadrolarning yadrolar bilan ta'sirlashuvlarida hamda yengil yadrolar, ko'zguli yadrolarning xususiyatiga ko'ra, o'rganish mumkin. Klassik fizikada ikkita zarraning ta'sirlashuv qonuniyatini bir-biriga nisbatan turli masofada, har xil tezlikda turlicha oriyentatsiyada o'lchab qonuniyatlarini aniqlaganlar. Xuddi shu usullar bilan elektromagnit va gravitatsiya o'zaro ta'sirlashuv qonuniyatlari o'rganilgan edi. Lekin yadro kuchlari qisqa masofada katta intensivlikda ta'sirlashganligi uchun bu usulni qo'llash imkoniyatini bermaydi.
Yadro proton va neytronlardan tashkil topgan sistema, bu nuklonlar orasidagi o'zaro ta'sirlashuvni o'rganish uchun bog'langan sistema xususiyatlarini yoki bir nuklonning ikkinchisidan sochilishini o'rganish lozim. Ko'p nuklonlardan tashkil topgan sistemani o'rganish yo'li bilan yadro kuchi qonuniyatini aniqlash juda murakkab (ko'p nuklonli sistema turlicha harakatda, oriyentatsiyada, har xii tezlikda bo'lsa, hisoblash imkoniyatiga ega emasmiz). Shuning uchun ikki nuklondan tashkil topgan bog'langan sistemani, masalan, deytronning xususiyatlarini yoki proton-proton (p-p), neytronproton (n-p), neytron-neytron (n-n) o'zaro ta'sirlashuvlari past va yuqori energiya sohalarida o'rganish yadro kuchlarining tabiatini o'rganishda qulaylik tug'diradi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling