O ’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta ’lim Vazirligi
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
mikroiqtisodiyot
1
O ’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi O. R. Rayimberdieva, A. Abduvohidov Mikroiqtisodiyot 2
Rayimberdieva O. R., A. Abduvohidov "Mikroiqtisodiyot". Guliston. 2006. 80 b.
Ushbu o ’quv qo’llanma 3340170 - bank ishi, 3340610 - moliya yo’nalishlarida o ’qitilayotgan "Mikroiqtisodiyot" fani dasturi asosida tayyorlangan bo’lib, mikroiqtisodiyot fani bo ’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan mashq va masalalar to’plam shaklida keltirib o ’tilgan. Qo’llanmada mashq va masalalarning rangbarangligiga alohida e’tibor berilgan, jumladan amaliyot mashg ’u-lotlarining jonli tarzda o’tishini ta’minlash maqsadida, qo ’llanmaga turli mavzudagi iqtisodiy o’yinlar, testlar va krossvordlar kiritilgan. O’quv qo ’llanma biznes maktab, iqtisodiyot yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo ’ljallangan bo’lib, undan oliy o’quv yurt-larining bakalavriat bosqichi iqtisodiyot yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar ham keng foydalanishlari mumkin. Райимбердиева О.Р., Абдувахидов А.А. «Микроэкономика». Гулистан 2006 г. 80 стр. Данное учебное пособие подготовлено на основе типовой программы «Микроэкономики» обучающиеся по направлениям 3340170 – банковское дело, 3340610 – финансы, в нем приведены задач и упражнений в виде сборника по микроэкономики подготовленных на основе современных педагогических технологий. В учебном пособие особое внимание уделено на разнообразию задач и упражнений, в частности для обеспечения интерак-тивного проведения практических занятий в структуру пособия включены экономические игры, тесты и кроссворды по разным темам.
Учебное пособие предназначено для студентов коллежей и бизнес школ, а также из него могут пользоваться бакалавры высших учебных заведений, обучающиеся по экономическим направлениям. Rayimberdieva O.R., Abduvaxidov A. A. “Micro economy” Gulistan 2006. 80 p.
“micro economy
” for the student 3340170 – banking, 3340610 – finance, collections of tasks and exercises on the basis of modern pedagogic technology were given in it. Main attention was given to variety of tasks and exercises, in particular to interactive practical lessons and economic games, tests and crosswords on different themes.
Educational aid is intended to students of colleges and business schools, as well ace students of economy science of higher education institutions.
’sul muharrir: i.f.n. dos. O. T. Sattorqulov
i.f.d. dosent A. Burxanov
Guliston Davlat Universiteti 2006 y.
3 Mikroiqtisodiyot - bu boshlang ’ich iqtisodiy birliklar uy xo’ja-liklari va nisbatan unchalik katta bo ’lmagan korxonalarning umumiy-ligidir. Jahon statistikasida uy xo ’jaligi birlikda yashovchi insonlar tomonidan yuritiluvchi umumiy xo ’jalik sifatida ko’riladi. Qoidaga muvofiq, uy xo ’jaligiga - erkak va ayolning nikohiga yoki qondosh qarindoshchilikka asoslangan - kichik guruhlar kiradi. Uy xo ’jaligi funksiyalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish omillarini sotishdan daromadlar olish; uy xo ’jaligi yuritish; yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish; "tashqi" iqtisodiy aloqalar; davlatga soliq to ’lash, transfert to’lovlari olish, xorij bilan aloqalar va hokazolar.
Mikroiqtisodiyotning boshqa bir boshlang ’ich birligi korxona - ne’mat va xizmatlarni tayyorlash va sotish bilan shug ’ullanuvchi, xo’jalik tashkiloti bo’lib hisoblanadi. Bunday tashkilotlar, ma ’lumki, jismoniy va huquqiy shaxslar mulki bo ’lishi mumkin. Yuqoridagi fikrlardan ko ’rinib turibdiki - mikroiqtisodiyot iqtiso-diy birliklarning alohida holda iqtisodiy makonda o ’zini tuta bilish ( xulq - atvor ) qoidalarini (jihatlarini) o ’rganuvchi va tahlil etuvchi fandir.
Ushbu o ’quv qo’llanma, fanni yanada chuqurroq o’zlashtirishda sizga ko ’makchi bo’ladi, degan umiddamiz. Oila iqtisodiyotning muhim asosi bo’lib hisoblanadi. O ilalarimizni har tomonlama qo’llab - quvvatlashimiz va har bir oilaning iqtisodiy, madaniy va kasbiy jihatdan erkinligini ta’minlashimiz lozim. I. Karimov Islohotlarning samaradorligi qishloq xo’ja-ligida olib borilayotgan islohotlar natijasiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shu munosabat bilan qishloq xo’jaligida kechayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. I. Karimov
4
tavsif Tabiat insonni shunday yaratganki, u o ’zining faoliyatida ma’lum turdagi mahsulotlarni is ’temol qilishi lozim, yana u turli xildagi is’te-mol sifatiga ega bo ’lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadi. Insonning ana shu ehtiyojlarini qondirish uchun juda ko ’p moddiy resurslar talab etiladi, asosiy muammo shu bilan izohlanadiki, mavjud iqtisodiy resurslar cheklangandir. Ana shunday sharoitda iqtisodiy rivojlanishning shunday yo ’lini tanlash talab etiladiki, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish natijasida eng ko ’p is’temol ne’matlari ishlab chiqarilsin.
Har bir jamiyat quyidagi iqtisodiy savollarga javob izlashi lozim: nima? kim uchun? va qanday ishlab chiqarish kerak? Ushbu savollarni hal etish nuqtai nazaridan, iqtisodiy tizimlar farqlanadi. Iqtisodiy tizim- bu, jamiyatda tarkib topgan ishlab chiqarish usuli va shakllari majmuidir. Amaliyotda quyidagi iqtisodiy tizimlar farqlanadi: An’anaviy iqtisodiyot; Rejali iqtisodiyot; Bozor iqtisodiyoti; Aralash iqtisodiyot. An ’anaviy iqtisodiyot uchun iqtisodiy munosabatlarning o’ta sust rivojlanganligi, ishlab chiqarish usulining hamon bir xil yo ’sinda bo’lib kelayotganligi va asta sekinlik bilan o ’zgarayotganligi, xususiy mulkchilikning deyarli mavjud emasligi xosdir. An ’anaviy iqtisodiyotda iqtisodiy echimlar jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar, diniy rasm-rusumlar, qabila boshliqlari va davlatning bevosita aralashuvi yordamida qabul qilinadi.
An ’anaviy iqtisodiyot bilan bozor iqtisodiyoti o’rtasidagi eng asosiy farq xususiy mulkchilik va bozor munosabatlarining o ’rnida ifodalanadi. Bozor xo ’jaligida ular ustun mavqega ega bo’lsa, an’anaviy iqtisodiyotda ikkinchi darajali omil sifatida qaraladi. An ’anaviy iqtisodiyotning farqli jihatlari quyidagilarda namoyon bo ’ladi:
Bozor mexanizmining rivojlan- maganligi va jamoaviy institutlarning hukmronligi an’anaviy iqtisodiyotning texnologik jih atdan qoloq bo’lib qolishiga olib kelmoqda. 5 - mulkning hokimiyat bilan uzviy bog’liqligi; - an’analarning hal qiluvchi o’rin tutishi; - iqtisodiy echimlarga ega bo’lishda davlatning o’rni kattaligi; - ortiqcha mahsulotni unumsiz iste’mol qilish; - huquqiy madaniyatning rivojlanmaganligi va shu kabilar.
uchun ishlab chiqarish kerak? savollarini yuqoridan pastga tomon, ya ’ni davlat tomonidan iqtisodiy rejalar yordamida hal etilishi xosdir. Rejali iqtisodiyotda xususiy mulk butunlay inkor etiladi va davlat mulki ustun mavqega ega bo ’ladi. Rejali iqtisodiyot uchun iqtisodiyotning amalda davlat tasarrufida ekanligi, investision resurslar erkin bozorining mavjud emasligi, qonunchilikning birinchi navbatda davlat mulkini himoyalashga yo ’naltirilganligi, yuqori foyda olish maqsadida korxonalar o ’rtasida raqobat kurashining amalda mavjud emasligi, sotuvchi bozorining hukmronligi, iqtisodiyotga davlatning to ’g’ridan - to’g’ri aralashuvi kabi jihatlar xosdir. Bugungi hayot rejali iqtisodiyotning yashovchan tizim emasligini ko ’rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotida rejali iqtisodiyotga teskari tarzda iqtisodiy savollarga pastdan yuqoriga tomon echim izlanadi. Xususiy mulk mulkiy munosabatlar tizimida alohida ustun mavqega ega bo ’ladi. Iqtisodiyot bozor mexanizmi (bozor va bozor qonunlarining amalda bo ’lishi) yordamida o’zini- o’zi tartiblaydi. Bozor iqtisodiyoti uchun xususiy mulkning ustun mavqega ega ekanligi, kuchli raqobat kurashining mavjudligi, erkin narx belgilash tizimining amal qilishi, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanganligi kabi jihatlar xosdir.
Ko’pchilik "uchinchi dunyo" mamla- katlaridagi ijtimoiy - siyosiy nobarqarorlik, ushbu mamlakatlarning qashshoqlikni engib o’tishlariga imkon bermayapti. Sobiq ittifoq davrida barpo etilgan sanoat bugungi kunda tubdan texnologik va tuzilmaviy o’zgarishlarga muhtoj. 6
Iqtisodiy taraqqiyotning jahon tajribasi iqtisodiy rivojlanishning "bozor yo ’li" maqsadga muvofiqligini ko’rsatmoqda. Bu haqda prezidentimiz: "Barqaror bozor iqtisodiyoti va ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad bo ’lib qolishi kerak. " - deb, alohida ta ’kidlaydilar. "(I. A. Karimov "O’zbekiston buyuk kelajak sari" T. "O ’zbekiston" 1998. 106-b.) Bozor - bu iste ’molchi (xaridor) va ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar yig ’indisi bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa - tovar pul munosabatlariga asoslangan, bozor qonuniyatlari asosida tartibga solinadigan iqtisodiyotdir. Qisqacha tarzda, bozor iqtisodiyotini manfaatlar iqtisodiyoti deb ham atash mumkin.
Bozor iqtisodiyoti xususiy va davlat manfaatlarini yoki ikki shart erkin bozor va raqobat bilan davlatning ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatini umumlashtirgan holda olib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov: “Ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyot - bu aralash iqtisodiyotdir. Agar bozor ishlab chiqarishni odamlarning o ’sib boruvchi va muttasil o’zgarib turuvchi ehtiyojlariga eng yuqori darajada yo ’naltirishni ta’minlovchi mexanizm bo ’lsa, davlat barqarorlikning, himoyalanganlikning va ijtimoiy adolatning ijtimoiy kafolati hisoblanadi" - deb ta ’kidlaydilar. "(I. A. Karimov "O’zbekiston buyuk kelajak sari" T. "O ’zbekiston" 1998. 106-b.) Jahonning hech bir mamlakatida sof holatda bozor iqtisodiyoti sof holatda mavjud emas. Aynan bozor tizimi amalda bo ’lishi uchun ham davlat iqtisodiyotga aralashadi. Bugungi kunda mamlakatimizda bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bozor tizimida davlatning o ’rni quyidagilarda yaqqol ko’zga tashlanadi:
’tish iqtisodiyotida davlatning asosiy funksiyalari Rivojlangan raqobat muhiti Past transaksion xarajatlar Bozorni erkinlashtirish Institusional islohotlar Makroiqtisodiy siyosat Mikroiqtisodiy siyosat 7
Aralash iqtisodiyotining xususiyati shundan
iboratki, iqtisodiy munosabatlarning tashkil etilishi ko ’p ukladlilik tamoyiliga asoslanadi va davlat bu o ’rinda iqtisodiy islohotlarni amalga oshiruvchi va mulk huquqining himoyachisi sifatida ishtirok etadi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy va siyosiy hayotini tubdan isloh qilish ava erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar olib borilmoqda. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish xo ’jalik yurituvchi sub’ektlarga iqtisodiy qarorlar qabul qilishda to ’la erkinlik berilishi lozimligini nazarda tutadi.
a. Kamyoblik. j. Iqtisodiy samaradorlik. b. Normativ iqtisodiyot. z. Bozor tizimi. v. Pozitiv iqtisodiyot. i. Bozor. g. Mikroiqtisodiyot. k. Buyruqbozlik iqtisodiyoti. d. Iqtisodiy muammolar. l. An ’anaviy iqtisodiyot. e. Ishlab chiqarish resurslari. m. Aralash iqtisodiyot. 1.
Xususiy mulkka asoslangan, xo ’jalik aloqalari rivoji faqatgina narx mexanizmi orqali tartibga solinuvchi, iqtisodiy tizim. 2.
Davlat mulki va boshqarishning markazlashgan usullariga asoslangan iqtisodiy tizim. O’tish iqtisodiyotida iqtisodiy siyosat Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Bozorni erkinlashtirish Institusional islohotlar
Ijtimoiy siyosat Raqobat siyosati
Moliyaviy barqarorlashtirish Tuzilmaviy-investision siyosat 8 3. Turli mulk shakllariga asoslangan rivojlanishi bozor, an ’analar va markazlashgan qarorlar qabul qilish tamoyillariga asoslangan iqtisodiy tizim.
4. Iste
’molchi va sotuvchi o’rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar. 5.
Ishlab chiqarish resurslaridan amalda foydalanishni belgilab beruvchi, an ’analar, udumlarga asoslanuvchi iqtisodiy tizim. 6. Kamyob resurslar harajatlari va ushbu resurslardan foydalanish natijasida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar o ’rtasidagi nisbat. 7. Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida foydalaniluvchi, ishlab chiqarish omillari. 8.
Jamiyatning cheklanmagan moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo ’lgan, resurslarning cheklanganligi. 9. Avvalambor, alohidalashgan iqtisodiy birliklarni (korxonalar, tarmoqlar, uy xo ’jaliklari); ikkinchidan esa, alohida bozorlar, ma’lum narxlarni tadqiq etuvchi nazariy iqtisodiyot bo ’limi.
10. Asosida iqtisodiy xulq atvor tamoyillari shakllanuvchi ma’lumotlarni tahlil etish.
11. Iqtisodiy siyosat, iqtisodiy rivojlanish maqsadlari va iqtisodiyot qanday bo ’lishi lozimligi haqidagi baholashlarga asoslangan, iqtisodiyot fanidagi yo ’nalish. 12. Nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish kerak?
Testlar: 1. Quyida sanab o ’tilgan holatlardan qaysi biri nazariy iqtisodiyot predmeti ta ’rifini aniqlashga taaluqli emas: a. Resurslardan samarali foydalanish: b. CHeklanmagan ishlab chiqarish resurslari; v. Ehtiyojlarni eng yuqori darajada qondirish; g. Moddiy va ma ’naviy ehtiyojlar; d. Ne ’matlarning kamyobligi. 2. Quyida sanab o ’tilgan iqtisodiy maqsadlardan qay biri aniq miqdoriy o ’lchovga ega: a. Iqtisodiy kafolat; b. To ’la bandlik; v. Iqtisodiy erkinlik; g. Daromadlarni adolatli taqsimlash. 3. Quyidagilardan qaysi kategoriyaar mikroiqtisodiyot (1) va qaysilari makroiqtisodiyotiyot (2) fanlariga tegishli: a. Butun iqtisodiyot miqyosida ishlab chiqarish; b. Narxlarning umumiy darajasi; v. Shakar ishlab chiqarish va uning narxi o ’zgarish sur’ati.; g. Korxona foydasi va uni maksimallashtirish. 4. Moslikni o ’rnating: 9
1. Bozor funksiyalari. a) ishlab chiqarishni tartibga solish. b) rag ’batlantirish. v) "sanitar"lik. g) ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtirish. d) iqtisodiyotda muvozanatni ta ’minlash.
’rni e) tartibga solish j) tejamkorlik z) ishlab chiqarishga bozor holati to ’g’risida ma’lumot berish. i) xo ’jalik faoliyatini demokratlashtirish. 5. Bozor quyidagi yo ’llar bilan tartibga solinadi: 1. Bozor mexanizmi tomonidan a) raqobat. b) davlat buyurtmasi. v) soliq.
2. Davlat tomonidan. g) narx. d) foyda. e) talab va taklif. j) ma
’muriy usullar.
Bozorning samarali faoliyati ko ’rsata olish shartlari quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiy 2. Siyosiy
3. Ruhiy a) insonlarning bozor o ’zgarishlariga ruhiy tayyorligi. b) insonlarda bozor xulqini shakllantirish. v) siyosiy tizim barqarorligi. g) tovar ishlab chiqaruvchilar raqobati d) erkin narx shakllanishi. e) bozor munosabatlarining huquqiy ta ’minoti. j) demokratiya z) iqtisodiy tanlov erkinligi
To ’g’ri - noto’g’ri: 1. Nazariy iqtisodiyotni o ’rganishdan asosiy maqsad, tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatga erishishni ta ’minlashdan iborat. 2. Makroiqtisodiy tahlil Milliy daromad, umumiy narxlar darajasi yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarini o ’rganadi. 3. Iqtisodchilar kelgusida ishlab chiqarishni rivojlantirish zahiralarini ta ’minlash maqsadida, ishsizlik o ’sishini rag’batlantirishni taklif etadilar. 4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig ’i kamyoblik, muqobil harajatlar va muqobil tanlovni aks ettiradi. 5. Erkin raqobat tamoyillariga asoslangan siyosat, hukumatning iqtisodiyotga kam aralashishini bildiradi. 6. Bozor iqtisodiyoti va aralash iqtisodiyot aynan bir xil tushunchalar-dir. 10
1. Quyidagi maqollarning iqtisodiy mazmunini ochib bering: Ularda tafovutlar yo ’q-mi? "Toma-toma ko ’l bo’lur", "Xasis (ziqna) ikki marta to’laydi", "Tiyin so ’mni asraydi". 2. Quyidagi fikrlarga o ’z munosabatingizni bildiring: "Iqtisodiyot tejamli bo ’lishi shart". Tejamkorlik nima? 3.
Huquqiy madaniyat nima? U qanday unsurlardan tashkil topadi? Uningsiz rivojlangan bozor bo ’lishi mumkinmi va nima uchun? 4.
O ’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 53-55 modda-larini tahlil qiling va xulosalar yasang. 5.
Nima uchun iqtisodiyot taqchil resurslar (ne ’matlar) bilan ish ko’radi. O’z fikringizni asoslab bering?
Korxonalarda talab va taklif tahlili asoslari Bozor iqtisodiyotining holati, uning rivojlanishi mexanizmi va darajasi talab, taklif tushunchalari asosida bayon etiladi. Talab, iste ’molchilarning mavjud narx asosida, ma’lum bir vaqt oralig’ida mahsulotlar xarid qilishga tayyorligi bilan tavsiflanadi. Talab o ’zgarishiga narx va narxdan tashqari omillar ta ’sir ko’rsatadi. Talabning narxga bog ’liqligi talab qonuni bilan ifodalanadi, va salbiy og’ishga ega bo
’lgan egri chiziq orqali tavsiflanadi. Talab hajmining narxlar darajasiga teskari bog ’liqligi quyidagi uch holat bilan izohlanadi, Birinchidan, narxlarning tushishi iste ’molchilar (xaridorlar) sonini ko’paytiradi. Ikkinchidan, narxlarning pasayishi iste ’molchilarning xarid qobi-liyatini kengaytiradi. Uchinchidan, bozorning to ’yinishi qo’shimcha mahsulot birliklari navfligining pasayishiga olib keladi, bunda iste ’molchilar mahsulotlarni faqat past narxlarda sotib oladilar. Talabga iste ’molchilarning xohishlari va didlari, bozor ko’lami, "daromad samarasi", substitut va bir birini to ’ldiruvchi tovarlar narxi, iste’mol kutilishlari kabi g ’ayrinarxiy omillar ta’sir etadi. Talab iqtisodiy kategoriyasini to’laroq tushunib olish uchun talab jadvali va talab chizmasidan foydalanamiz.
Mahsulot narxi so ’m hisobida (R) Talab miqdori kilogramm hisobida (Q) .......
100 150
...... 1000
700 11
....... 500
.... 300
Bu jadvaldan ko ’rinib turibdiki, tovarning (masalan, Shakar) narõi 100 so’m bo ’lganda 1000 kg sotiladi, uning narõi 500 so’mga ko’tarilganida esa, bor yo’g’i 300 kg shakar sotildi. Ushbu jadvalning grafik ko ’rinishi quyidagi tasvirga ega bo ’ladi.
Talab chizmasi Narx R1>R2 bo ’lganda talab hajmi Q1 qancha þqori bo ’lsa, talab hajmi Shuncha kam bo’ladi. Shunday qilib, tovarga
bo
’lgan talab hajmi uning narõiga teskari bog’liq, degan xulosaga kelamiz. ’lum vaqt oralig’ida muqobil narxlar asosida ishlab chiqarishni va bozorda sotishni ko ’zlayotgan mahsulot miqdorini tavsiflaydi. Taklif va narxlar bog ’liqligi taklif qonuni bilan ifodalanadi va ijobiy og ’ishga ega bo’lgan egri chiziq bilan bayon etiladi. Taklif jadvali Tovar narxi R (so ’m) Taklif miqdori Q (kg) 100
150 ---
500 300
500 ---
1000
Yuqoridagi taklif jadvalidan ham ko ’rinib turibdiki, taklif miqdori va narx darajasi o ’rtasidagi to’g’ri bog’liqlik mavjud, unga ko’ra narxlar darajasi va taklif miqdori bir xil yo ’nalishda o’zgara boradi. Masalan, bozorda bir kilogramm shakar narxi 100 so ’m bo’lganda bozor taklifi 300 kg.ni tashkil etadi, yoki shakar narxi 500 so
’m bo’lganda taklif hajmi mos tarzda 1000 kg.ni tashkil etadi. Agar, jadval ma ’lumotlarini grafik tarzda ifodalashga harakat qilsak, quyidagi taklif chizmasiga ega bo ’lamiz:
P 1
P 2
0 Q Q 4
Q 3
Q 2
Q 1
D 1
D 2
P P 1
P 2
S 2
S 1
12
Taklif chizmasi Chizmadan ko ’rinib turibdiki, mahsulot narxi R1 bo’lganda, taklif Q2 miqdorni takshil etmoqda, mahsulot narxi ko ’tarilib borgani sari taklif miqdori ham ko
’tarilib bormoqda va aksincha. ’liqligi ishlab chiqarish resurslarining kamayib boruvchi unumdorligi qonuni bilan izohlanadi. Taklif hajmiga ta ’sir etuvchi g’ayrinarxiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin; ishlab chiqarish resurslari narxi, ishlab chiqarish texnologiyasidagi o ’zgarishlar, subsidiyalash va soliqqa tortish bora-sidagi davlat siyosati, bozor tuzilmasi va shu kabilar. Bozorda talab va taklifning o ’zaro aloqasi amalga oshadi. Talab va taklifning o ’zaro aloqasi iqtisodiyotda muvozanatlilikni ta’min etadi.
Bozor muvozanati Bu erda: S-taklif funksiyasi; E-muvozanat nuqtasi; D-talab funksiyasi. Bozor muvozanatini tahlil etishda talab narxi va taklif narxi tushunchalaridan foydalaniladi. Talab narxi - bu, xaridor mahsulot yoki xizmat uchun to ’lashi
mumkin bo ’lgan eng yuqori narxni ifoda etadi. Taklif narxi esa, sotuvchi o ’zi taklif etayotgan mahsulot yoki xizmatini sotishi mumkin bo ’lgan eng past narxdir. Bozor muvozanati holatida talab va taklif narxi P P
P E 0 Q Q D
Q E
Q S
Q D
E S P N
Q S
D 13
bir biriga muvofiq keladi, shuning uchun sotuvchi ham, xaridor ham bozor muvozanati vujudga kelishidan manfaatdor bo ’ladilar. Talab va taklifning muvozanatli mexanizmidagi uzilishlar bozor iqtisodiyoti samaradorligini pasaytirib yuboradi.
Talab va taklif hajmidagi o ’zgarishlarni baholash uchun, talab va taklif o ’zgaruvchanligi kategoriyalaridan foydalaniladi. Talab egiluvchanligi narxning bir foizga o ’zgarishi sharoitida, talab hajmining necha foizga o ’zgarishini ko’rsatadi. Talabning narx va daromadlar bo’yicha egiluvchanligi farqlanadi.
Talab egiluvchanligining quyidagi qoidalari shakllangan: 1. Tovar qancha ko ’p o’z o’rinbosar tovarlariga ega bo’lsa, unga bo’lgan talab egiluvchanligi shuncha yuqori bo ’ladi, chunki o’rinbosar tovarlarning ko ’pligi, iste’molchi uchun arzon tovar foydasiga tezda qaror qabul qilishga imkon yaratadi va aksincha. 2.
Ushbu tovar yordamida qondiriladigan ehtiyoj qanchalik muhim bo ’lsa, bu tovarga bo ’lgan talabning egiluvchanligi shuncha past bo’ladi. Masalan nonga bo ’lgan talab egiluvchanligi, muzqay-moqqa bo’lgan talab egiluvchanligidan bir muncha pastdir. 3.
Iste ’molchi xarajatlari tarkibida tovarga bo’lgan xarajatlar ulushi qancha yuqori bo ’lsa, ushbu tovarga bo’lgan talab egiluvchanligi shuncha yuqori bo ’ladi. Misol uchun go’sht narxining ko’tarilishi unga bo’lgan talabning qisqarishiga olib keladi. 4.
Tovarga ega bo ’lish qancha qiyin bo’lsa, unga bo’lgan talab egiluvchanligi shuncha past bo ’ladi. Bu holat tovar taqchilligi holatida ko’proq kuzatiladi. 5. Ehtiyojning qondirilganlik darajasi o ’sib borishi bilan, unga bo’lgan talab egiluvchanligi ham kamayib boradi. 6. Tovar qanchalik agregatlashgan bo ’lsa, unga bo’lgan talab egi-luvchanligi shuncha past bo ’ladi. Masalan, sut mahsulotlariga bo’lgan talab egiluvchanligiga qaraganda, pishloqqa bo ’lgan talab egiluvchanligi bir muncha yuqoridir. 7. Vaqt o
’tib borishi bilan talab egiluvchanligi ham o’sib boradi. Taklif egiluvchanligi narx o ’zgarishi sharoitida, taklif hajmining javob o ’zgarishini ifoda etadi. taklif egiluvchanligi koeffisienti musbat qiymatga ega bo ’ladi, chunki taklif va narx bir yo’nalishda o’zgarib boradi. Talab va taklif egiluvchanligi kategoriyalaridan bozor iqtisodiyoti sharoitida, korxona ishlab chiqarish hajmlarini rejalashtirishda keng foydalaniladi.
Asosiy tushunchalar va terminlar: a. Talabning narx bo ’yicha egiluvchanlik koeffisienti. b. Talabning daromad bo ’yicha egiluvchanlik koeffisienti. v. Mutloq noegiluvchan talab. g. Elastik (egiluvchan) talab. d. O
’zaro almashtiriluvchi tovarlar. 14
e. Bir birini to ’ldiruvchi tovarlar. j.Taklifning narx bo ’yicha egiluvchanlik koeffisienti. 1. Taklif hajmining tovar narxining bir foiz o ’zgarishi sharoitida foizlarda o ’zgarish qiymati. 2. Narx o
’zgarishi sharoitida hajmi o’zgarmaydigan talab. 3.
Ushbu tovarga talab hajmining, uning narxining bir foizli o ’zgarish sharoitida foizlarda o ’zgarish qiymati. 4. Iste
’molchi daromadlarining bir foizga o’zgarishida, ushbu tovarga talab hajmining foizlarda o ’zgarish qiymati. 5.
Narx bo ’yicha egiluvchanlik koeffisienti birdan yuqori bo’lgan talab. 6. Shunday tovarlarki, ulardan biriga bo ’lgan narxning o’zgarishi va boshqa ikkinchi tovar bo ’lgan talabga ta’sir etadi. 7.
Shunday tovarlarki, ulardan biriga bo ’lgan narxning o’zgarishi va boshqa ikkinchisiga bo ’lgan talab o’zgarishi o’rtasida to’g’ri bog’liqlik (nisbat) mavjud.
Testlar: 1. Talab va narx o ’zaro ... bog’liq. 2. Taklif va narx o ’zaro ... bog’liq. 3. Moslikni o ’rnating: 1. Talabning g ’ayrinarxiy
a) iste
’molchi didi. b) resurslar narxi. v) soliq siyosati g) bozor ko ’lami.
2. Taklifning g ’ayrinarxiy omillari d) "daromad samarasi". e) ishlab chiqarish texnologiyasi. j) bozor tuzilmasi. z) kutilishlar. i) substitut va bir birini to ’ldiruvchi tovarlar narxi.
a) Bir birini to ’ldiruvchi tovarlarga talabning; b) Agar tovarga talab narx bo ’yicha egiluvchan bo’lsa, sotuvchi umumiy tushumlarining; v) Agar tovarga talab, daromad bo ’yicha noegiluvchan bo’lsa, so-tuvchining umumiy tushumlari; g) Ushbu tovarga talabning; d) O ’zaro almashtiriluvchi tovarlarga talabning o’sishiga olib keladi.
a) Noegiluvchan; b) Egiluvchan;
15
v) Birga teng egiluvchanlik; g) Mutloq noegiluvchan; d) Mutloq egiluvchan.
a) Noegiluvchan. b) Birga teng egiluvchanlik. v) Egiluvchan. g) Mutloq egiluvchan. d) Mutloq noegiluvchan. 7. Quyidagi keltirilgan talabning daromadlar bo ’yicha egiluvchanlik koeffisientlari qiymatidan qaysi biri kundalik ehtiyoj mahsulotlariga tegishli? a) o dan kichik b) o dan katta, 1 dan kichik; v) 1 dan katta; g) 1; d) Keltirilgan qiymatlardan hech qaysisi.
To ’g’ri-noto’g’ri: 1.
Talab egri chizig ’i, narx pasayishi sharoitida talab hajmi o’sishini ko’rsatadi. 2. Ishlab chiqarish omillarining kamayib boruvchi unumdorlik qonuni, tovar narxining pasayishi ushbu tovarga bo ’lgan talab hajmining o’sishiga olib kelishini anglatadi. 3.
Iste ’molchi daromadlarining o’sishi, barcha tovarlarga talab hajmining o ’sishini bildiradi. 4. Agar, hukumat narxlar o ’sishi uchun yuqori chegara belgilab qo’ysa, u holda ushbu tovarga talab va taklif hajmi doimo teng bo ’ladi. 5.
Odatda, X va U tovarlar bir birini to ’ldiruvchi hisoblanadi, agar, U tovarga narxning o ’sishi (boshqa teng sharoitlarda) X tovarga bo’lgan talabning qisqarishiga olib kelsa. 6.
O ’zgarmas sharoitlarda kartoshka hosilining yomon bo’lishi, chipslarga narxning o ’sishini keltirib chiqaradi. 7. Tovar narxining tushishi, uning Tovar - substitutiga talab hajmining o ’sishiga olib keladi.
Aqliy trening: 1. Quyidagi iborani izohlab bering: "Narx, barometr sifatida, bozordagi" ob - havo" holatini aniqlab beradi"? Narxlarning o ’sishiga yoki qis-qarishiga nima majbur qiladi? 2. Iqtisodiyot uchun ajiotaj talabning qanday salbiy ta ’siri mavjud? 3. Inflyasiya talab, taklif va bozor narxiga qanday ta ’sir ko’rsatadi?
Mashqlar : 16
Quyidagi jadvalda keltirilgan o ’zgarishlar talab va taklifga qanday ta’sir ko ’rsatadi. O ’zgarishlar (boshqa teng sharoitlarda) Talab egri chizig ’ining siljishi Talab egri chizig ’i buylab harakat Taklif egri chizig ’ining siljishi Taklif egri chizig ’i buylab harakat 1.Raqobatlashayotgan tovarlar narxining o ’zgarishi 2. Yangi texnologiyani joriy etish.
3.Tovar modalarining o ’zgarishi. 4.Iste
’molchi daromad-larining o ’zgarishi 5. Xom-ashyo narxining o ’zgarishi.
Talab va taklif egri chiziqlari yordamida ularning ta ’sirini tavsiflang va mos kataklarga belgilashlarni kiriting?
’yin: Qora marvaridga talab va taklif O ’yinning maqsadi: raqobatli bozorlarda ko ’pchilik sotuvchilarni ham va xaridorlarni ham qanoatlantiruvchi muvozanatli narxlar-ning qaror topishini namoyish etishdan iboratdir. Savdolar ushbu muvozanatli narxlar atrofida amalga oshadi. Muvozantli narxdan yuqori narxda sotish ilinjida bo ’lgan sotuvchilar ham, muvozanatli narxdan past narxda xarid qilish payida bo ’lgan xaridorlar ham, ushbu muvozanatli narx atrofidagi narxlarni qabul qilishga majbur bo ’ladilar.
’yini ikki kunlik o’yin bo’lib, unda talabalar marvarid sotuvchi va xarid etuvchi sifatida ishtirok etadilar. O ’yin davomiyligi 10 minutdan uch yoki to ’rt savdo sessiyasidan iboratdir. Ishtirokchilar o’zlarining foyda va zararlarini qayd etib borib, eng ma ’qul narxga ega bo’lishga intiladilar. O ’yin so’ngida guruh muvozanatli narxga ega bo’ladi. O ’yin oldidan: 1.
sotuvchi va xaridorlar uchun kartochkalarni va talabalar uchun ma ’lumotlar varaqasini etarlicha miqdorda tayyorlab oling. Sotuvchi va xaridorlar uchun kartochkalarni qirqib, alohida to ’plarga ajratib qo’ying. 2.
Talabalar safidan narxlar o ’zgarishini qayd etib boruvchi shaxsni tanlang. 3. Doskada quyidagi jadvalni chizing: Savdo sessiyalari Narx 1 2 3 4 400$
375$
350$
325$
300$
17
275$
250$
225$
200$
Talabalar uchun ma ’lumot Bali orollaridagi qora marvarid butun jahonda qadrlanadi. Marvarid sotuvchilar va xarid qiluvchilar bizning auditoriya-mizda joylashgan marvarid birjasida uchrashadilar. Savdo ses-siyalari mobaynida siz marvarid sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ishtirok etasiz. Sizning maqsadingiz imkon qadar ko ’proq pul ishlab topishdir. Har bir savdo sessiyasi boshlanishidan oldin, siz sotuvchi yoki xaridor kartochkasini olasiz. Xaridorlar marvarid xaridorlari marvaridni imkon qadar past narxda sotib olishga intiladilar. Agar siz kartochkangizda ko ’rsatilgan narxdan past narxda marvarid sotib olsangiz, pulingizni tejagan bo ’lasiz.
’z tovarlarini eng yuqori narxlarda sotishga intiladilar. Agar siz kartochkangizda ko ’rsatilgan narxdan yuqori narxda marvaridni sotishga muvaffaq bo ’lsangiz, u holda siz foydaga ega bo’lasiz.
Savdolargacha kartochkada ko ’rsatilgan ma’lumotlarni sir tuting. O ’yin davomida to’rtta savdo sessiyasi o’tkaziladi. Bitim tuzganingizdan so’ng, bitimlarni qayd etuvchi ma ’murga uchrashib, unga bitim narxini ayting. So’ngra o ’z joyingizga qaytib, o’z foyda yoki zararingizni sarhisob qiling. Agar siz hech qanday xarid yoki savdolarni amalga oshirmagan bo ’lsangiz, sizning kartochkangiz yutuqsiz hisoblanadi.
’rsatilgan narx raund Sotish yoki xarid narxi Foyda (zarar) 1
2
3
4
sotuvchi 200$ dan kam narxda sotmaslik
sotuvchi 325$ dan kam narxda sotmaslik
sotuvchi 400$ dan kam narxda sotmaslik
18
xaridor 200$ dan ko ’p to’lamaslik
xaridor 275$ dan ko ’p to’lamaslik
xaridor
300$ dan ko ’p to’lamaslik
Iste ’molchi xulqi nazariyasi. Iste ’molchilarning bozordagi hatti- harakati
Iste ’molchi va korxona bozor munosabatlarining asosiy agentlari bo’lib hisoblanadi. Ular bozorda talab va taklifni vujudga keltiradilar, muvozanat narxining qaror topishida faol ishtirok etadilar. Ushbu holatda, zamonaviy iqtisodiyot iste ’molchiga bozor iqtisodiyotining eng oliy bo’g’ini sifatida murojaat etadi, chunki u o ’z pul mablag’lari bilan, ishlab chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan tovarlarga "ha" yoki "yo ’q" deya ovoz beradi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda iste ’mol xarajatlari YaMMning 3/4 qismini tashkil etadi. Bu esa iste
’molchilar hatti- harakati iqtisodiy rivojlanishni ta’min etishda eng muhim omil bo ’lib hisoblanishidan darak beradi. Odatda iståúmolchi hatti - harakati quyidagilar bilan izohlanadi: 1.
Foydali, oqilona hatti - harakat, ÿúni o ’z daromadidan ko’radigan navflilikni oshirish. 2.
Iståúmolchining tovar afzalligini ajratishida o ’rtacha tipdagi iståúmol bozoridagi taklif etiladigan tovarlar va õizmatlarga nisbatan aniq - ravshan fikrga ega bo ’ladi dåb, hisoblashimiz mumkin. Biz faraz qilamizki, õaridorlar õarid qilishi mumkin bo ’lgan har bir kåyingi birlik mahsulotdan pirovard natijada qandayfoyda ko ’rishlarini aniq tasavvur qiladilr. 3.
Bþdjåtdagi (oila daromadidagi) chåklanish. 4.
Narxlar. Tovarlarni ishlab chiqarish iqtisodiy råsurslar sarfini talab etadi va shuning uchun ular ma ’lum narxga ega bo’ladi. Daromadi chåklangan õaridor chåklangan miqdorda tovar õarid qiladi. Shuning uchun muqobil mahsulotlar orasidan o ’ z ehtiyojlarini maqbul tarzda qondiradigan tovarlarni tanlab olish zaruri bo ’ladi.
Iste ’molchi xulqi chegaraviy foydalilik va farqsizlik egri chiziqlari nuqtai nazaridan ko ’rib chiqiladi. Chegaraviy foydalilik deyilganda, iste ’mol qilishning bir birlikka o’sishida tovar umumiy foydaliligining o ’sishi tushuniladi. Shu bilan bir qatorda iste’mol qilinayotgan tovar miqdori o ’sib borishi bilan, har bir qo’shimcha tovar birligining chegaraviy foydaliligi kamayib boradi.
19
Iste ’molchi imkon darajasida, cheklangan daromadlariga shunday tovarlar guruhini xarid qilishga intiladiki, toki unga o ’z ehtiyojlarini eng yuqori darajada qondirish imkonini bersin. Har bir farqsizlik egri chizig ’i iste’molchi uchun bir xil navflikka ega bo’lgan, mahsulotlarning har - xil to ’plamlarini grafik tarzda aks ettiradi.
S
15
10
5
0 5 10 15
Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling