О zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi “ ’’fakulteti


Grafinyaning xizmatchisi Suzanna (soprano) ham zakovat va aqlda


Download 168.21 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi168.21 Kb.
#1558492
1   2   3   4   5   6   7
Grafinyaning xizmatchisi Suzanna (soprano) ham zakovat va aqlda Figarodan qolishmaydi. Boshqalar bilan birgalikda u qasr- ning shovqinli, sho'x-shodon va mantiqsiz hayoti girdobida ay- lanadi. O‘z baxti uchtin qat'iyat bilan kurasharkan, u o'zidagi irodani, topqirlik va ayyorlikni namoyish etadi. Suzanna yolg'iz qolgan damlaridagina bamaylixotir o’z qaylig'i haqida o‘y sura oladi. Uning ikkinchi sahnaning ikkinchi ko'rinishidagi sitsiliana ritmida yozilgan ixchamgina ariyasi yorqin va ruhiyatga ta'sir qiladigan darajada nozik jaranglaydi.
Ariyaga fleyta, goboy, fagot (yog‘ochdan yasalgan, puflab chalinadigan musiqa cholg‘ulari)ning tovushlari maxsus maftun- korlik bag‘ishlaydi. Graf Almaviva musiqiy tavsifi murakkab va o‘zgaruvchandir. Graf obrazi faqat ariyasidagina emas, balki an- sambl sahnalarida to‘liq ochib beriladi. Birinchi ko'rinish finalida grafinya bilan bo‘lgan sahnada uning partiyasi buyruq ohanglari bilan ajralib turadi. Ichkari xonadan chiqqan Suzannani ko'rgan graf uning xushtori shu xonada yashiringan deb o‘ylaydi, grafning partiyasida ajablanish ohanglari sezilib turadi. Zaharxanda ohang Figaroning so‘roq sahnasida ustuvorlik qiladi va h.k. Grafinyaning musiqiy tavsifi ham o‘zgaruvchandir. U o‘zi yakka qolganida izti- robli va g‘amgin, chunki turmush o'rtog'i unga xivonat qilgan, uning qayg‘uli tuyg'ulari har ikki ariyada ham ifodalangan. Ayniqsa, «Sevgi ma’budi» deyilgan birinchi ariyada (lamento turida bo'lib, yorqin «chiquvchi» talaffuzlar bilan) u ochiq ko‘rinadi.
«Figaroning uylanishi» operasi kompozitsiyasi tugallangan no- merlaming secco rechitativlari bilan almashib kelishi asosiga qurilgan. Motsart musiqiy nomerlar almashinib kelishining me- xanik-sun'iy holatini bartaraf qiladi, ulaming ko‘pini rechitativlar bilan bogdangan rivojlanuvchi sahnalarga aylantiradi. Bular bi- rinchi ko‘rinishdagi ansambllar: Figaro va Suzannaning har ikki dastlabki duetlari, 1-aktdagi trio, sekstet va boshqalardir.
Opera finallarining eng go‘zal namunasi — birinchi ko‘rinish finalidir, unda barcha musiqiy rivojlanish voqea harakatlariga ergashadi. Bu yerdagi musiqiy tavsiflar goh mustaqil tarzda ko‘- rinsa, gohida dramatik vaziyatga bo‘ysungan holda namoyon bo‘- ladi hamda guruh harakatlariga aylanib ketadi. Har bir yangi qahramonning chiqishi bilan musiqa, temp, orkestrlashning xa- rakten ham o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar tempning о‘sib, uni pres- tissimoga yetkazadi.
Opera jo‘shqin va shiddatli tarzda tugaydi. Suzanna, Figaro va grafinyalaming oqilona va ustakorona harakatlari natijasida graf-ning o'zi hech bir shnbhaga bormasdan Suzanna kiyimidagi o‘z xotiniga xushomad qila boshlaydi. Fosh bo'lganidan keyin esa Fi- garo va Suzannalar baxtiga xalaqit bermaslikka majbur bo'ladi. Opera shodiyona to'y tantanalari bilan tugaydi.
«Don Juan» operasi
Motsartning opera ijodida oliy darajadagi yutug‘i «Don Juan» operasidir. Bu opera ayollami o'ziga maftun qila oladigan ispan aslzodasi haqidagi mashhur afsona asosida yaratilgan. Bu afsona ko‘plab dramaturglar e'tiborini tortgan. Ispaniyalik Tirso da Mo- lina (XVII asr) va italiyalik Goldoni (XVIII asrjlaming shu mav- zudagi pyesalari mashhur bodgan. 1761-yilda Venada Glukning «Don Juan» baleti qo‘yiladi. Motsartdan keyin, XIX asrda Don Juan obrazi Bayron, Lenau, Pushkin, Dargomijskiylarning e’ti- borini tortadi. Hatto, Rixard Shtraus ham unga qiziqadi, uning simfonik poemasi XIX asrning oxirlarida yaratilgan.
Motsart operasi mazkur sujetning mustaqil ishlanmasidan iborat. Unda biz Vena xalq teatriga xos bo'lgan oliy tragediya va yengil komediyaning qorishmasi bilan uchrashamiz. Operaning komediya qirrasi Leporello, Serlina, Mazetto obrazlarida mujas- samlashgan. Komandor, donna Anna, don Ottavio va donna Elvira obrazlaridagi katta tragik pafosning kulminatsion holatlarida yetib boruvchi dramatik ekspressiyasi kishini hayratga soladi.
Tragadeya va komediyaga xos qirralaming tabiiy ravishda uy- gTmlashib ketishi Motsartga oLz operasini «drama giocoso» («quvnoq drama»), deb atash imkonini berdi. Motsartning «Don Juan»dagi katta yutug‘i amanaviy tugallangan nomerlarga boTish o‘miga boshdan oxirigacha davom etadigan rivojlanishga moyilligi boTdi.
Opera ikki ko‘rinishdan iborat. Ularning har biri o‘zaro qa- rama-qarshi boTgan sahnalaming almashinib kelishiga asosla- nadi. Opera Komandoming ayanchli, fojiaviy obrazini tavsiflab beruvchi musiqa bilan qamrab olingan (sonata allegrosi bilan uver- tura va ikkinchi sahnaning finali).
Opera uverturasi Komandor mavzusi bilan boshlanadi.
61-misol
Komandor obrazi bilan bogdiq mavzuga sonata allegrosi qarshi qo'yiladi. Bosh va yordamchi partiyalar bir-biriga zid emas. Ular- ning har ikkisi ham hayotbaxsh abadiy lazzatlarni izlab yuruvchi Don Juan hamda Leporello obrazlarini tavsiflaydi.
62-miso!
Inson ehtiroslarining psixologik teranligi hamda ifbda kuchiga ko'ra. tasviri bo‘yicha XVIII asr opcrasida «Don Juan»ga teng keladigan biror asarni kohsatish mumkin emas.
Operadagi har bir qahramon o'zining yorqin musiqiy tav- sifiga ega bo'lgan. Ularning orasida eng fbjiaviy obraz Komandor obrazidir. Uni tavsiflaydigan musiqa leytmotiv bodib, operada ikki marta yangraydi: uverturaning boshida (sonata allegrosining boshlanishi sifatida) va opera finalida (Don Juanning kechki ovqat yeyayotgan paytida Komandorning haykali koYingan sahnada).
Motsartning nodir opera ijodkorligidagi Komandorning o‘z- garmas leytmotivli tavsifi personaj xarakterining o‘zi bilan izoh- lanadi: Komandor tirik shaxsgina emas, ayni paytda, jazolovchi kuch, qasos olish ramzi hamdir. Komandorning musiqali tavsifiga bogdiq holda Motsart trombonlar tembrini ham kiritadi, ular vahima soluvchi taassurot uyg‘otadi.
Birinchi koYinishning muqaddimasi (introduksiyasi)da donna Annaning fojiaviy obrazi ochiladi. Uning «Yoddan uruvchi endi bizga ma’lumdir» ariyasi keskin-dramatik tusga ega. Operadagi donna Elvira va don Ottaviolar fojiaviy personajlar toifasiga kiradi. Donna Elviraning har ikki ariyasi ham an'anaviy opera xarakteriga ega va u donna Elvirani seria operalari personajlari bilan yaqin- lashtiradi.
Ushbu barcha personajlarga komcdiyaga xos personajlar va buffa operasi an'analarini rivojkmtiruvchi sahnalar qarama-qarshi qo‘yiladi. Ushbu yo‘nalishning asosiy qahramoni Leporellodir. Uning vokal partiyasida buffa operalaridagi bas partly alarming xususiyatlari: tez aytish turidagi parlando, bitta qisqa jumlaning ko'p marta takrorlanishi, kuyning ko‘p rechitativli qurilishi saq- lanib qolgan.
Leporelloga aloqador bodgan intonatsion majmua dramatik vaziyatga ко Ya, bir qator o‘zgarishlarga uchraydi. Leporello birinchi aktdagi mashhur ariyasida donna Elvira oldida Don Juanning mahbubalari ro'yxatini ocharkan, o‘z xojayinining yurishlarini gapirib beradi.
Kompozitoming mahorati sahnama-sahna ko‘proq namoyon bo‘ladi. U musiqa bilan matn uygun‘lugini ta'minlagan holda opera ixlosmandlarining xatti- harakatini yagona maqsadga yetaklaydi.
64-misol
Allegro
Leporelloning (komik tez aytish) tavsifi bilan bir qatorda, unda Don Juanning qiyofasi ham chizib beriladi — ariyaning ikkinchi qismida raqsona harakatlar bilan ayollar qalbini ishg‘ol etuvchisi bo‘lgan yigitning nazokatli obrazi ko‘rsatiladi.
65-misol
Don Juan obrazi bu yerda boshqacharoq tarzda — Leporelloning hikoya- ariyasi orqali berilgan. Ayniqsa, vokal tez aytishlarda ko‘p marta takrorlanuvchi «jajji» so‘zlarda, shuningdek, ariyaning ikkinchi qismidagi kinoyali ohanglarda yorqin ko‘rinadi. Shunday tarzda, Motsart sodda vositalar bilan murakkab obrazni yara- tadiki, ularda Don Juan va Leporelloning tavsiflari birlashib ketadi.
Biroq Leporello o‘z xo‘jayinining sodiq xizmatkori bodish bilan birga, qo‘rqoq hamdir. Bu xislatlar uning qiyin ahvolga tushib qolganidagi xitoblarda berilgan. 2-aktning sekstetida barcha ishtirok- chilar uni Don Juan o‘mida qabul qilganlarida va shuning uchun Leporelloni ayblagan paytlarida uning qo‘rquv va iltijolari orkestr- ning quyidagi pastlab boruvchi xromatik odimlari bilan beriladi.
66-misol
Leporelloning qo‘rquvi qabristonda Komandor haykali oldi- dagi sahnada juda yorqin ko‘rsatilgan.
Operadagi Don Juan obraziniiig o‘zi eng murakkab va ko‘p qirrali obrazlardan biridir. U hayotsevar, nazokatli, jasur, topqir, ayni paytda. ayyor. xiyonatkorona tarzda harakatlar qilishga qobil shaxs. Operaning boshidanoq Don Juan obrazi ansambl sahnala- rida boshqa qahramonlar bilan aloqador holda introduksiyada donna Anna bilan jo'shqin sahnada, Komandor bilan bellashuvda, Leporello bilan komik aytishuvlarda, donna Elvira bilan bo'lgan sahnalarda, Serlina bilan nazokatli duetda, kvartetda yorqin ко'- rinadi. Ushbu sahnalar musiqasida Don Juanday murakkab ob- razning turli qirralari: rechitativlardagi komik tez aytishlardan, Serlina bilan ishqiy duetdagi mayin ohanglardan boshlab, to bellashuv sahnalaridagi keskin, qahramonona qat'iyat bilan todgan intonatsiyalargacha ochib berilgan.
Don Juanning «Jo‘shqin qonning qaynashi uchun» nomi bilan mashhur bo‘lgan ariyasi — olovli temperament va shodiyonalik bilan Simmo-limdir. Ariyaning musiqasi uning fanfarali into- natsiyalari bilan birgalikda opera bosh qahramoniga xos bo'lgan hayotiy kuch-qudratni ko'rsatib beradi. Ushbu holat tezkor temp, fanfarali intonatsiyalar hamda musiqaning uzluksiz harakatlari tufayli yuzaga keltiriladi.
67-misol
Don Juanning ikkinchi ko'rinishdagi band shaklida yozilgan va mandolina jo'rligida ijro etiladigan serenadasi (ishqiy qo‘shig‘i) ham qiziqarlidir. Mandolina partiyasi ta'sirchan bo'lib, Vena xalq maishiy musiqasining o'ziga xos qirralarini umumlashmasi hamdir. Vokal partiyasi ta'sirchanligi va nazokati bilan ajralib turadi.
Don Juanning sovuqqon shafqatsizligi. xiyonatkorligi va mak- korligi ikkinchi koTinishdagi ariyada itbdalangan. Bu yerda u Leporello kiyimida ko'rinadi, o'zining izquvarlarini aldab. ularga boshqa yoTni koTsatib yuboradi. Bu ariyada ohangdor kuy yo'q, uning barchasi rechitativdan iborat. Ular ko'plab pauzalari bilan, harakatchan orkcstr partiyalari bilan ajralib turadi:
69-miso!
«Don Juan» dramaturgiyasining amaliyligi va harakatchanligi hammadan ham koTa ansambllarda namoyon bo'ladi. Jumladan, birinchi koTinishdagi introduksiyasi juda katta rivojlanishga ega bo'lgan yoyiq ansamblli dramatik sahnadir.
Rivojlanuvchi ansambllaming eng yorqin namunasi ikkinchi koTinishdagi sekstetdir. U keng ko'lamli atroflicha rivojlanuvchi dramatik sahnadan iborat boTib, bunda har bir harakatlanuvchi shaxs o‘z individualligini saqlab qolgan.
«Don Juan»ning musiqiy dramaturgiyasi yaxlitligi bilan aj- ralib turadi. Birlik ko'p hollarda muayyan harakat yo'nalishlarini belgilab beradigan ohangdoshlik doirasining umumiyligi bilan shartlangan. d-moll tonalligi operaning fojiaviy yo'nalishiga xosdir. Ushbu tonallik Komandomi, donna Annani tavsiflaydi. Bulaming barchasi operaning komediyaviyligi va maishiy yo'nalishi bilan aloqador boTib, G-dur (dehqonlar xori), B-dur (Don Juanning «shampanskiy bilan» ariyasi), A-dur (Don Juan va Serlina dueti), D-dur (Leporelloning «ro‘yxat bilan» ariyasi, Don Juan serenadasi singari) yorqin ohangdoshlikda boTib o’tadi.
Ohanglar mantiqi va harakatlarning borishiga bogTiq holdagi ohangdoshliklaming taqsimlanishidagi qonuniyatlar operaning musiqiy dramaturgiyasidagi birlik va yaxlitlikni ta'minlab turadi.

    1. V.A.Motsartning simfoniya ijodi

Motsart yaratgan simfonik musiqa janrlariga simfoniyalar (41), serenadalar, divertismentlar, kassatsiyalar (30 dan ortiq), turli cholg‘ularining orkestr bilan birgalikdagi konsertlari kiradi.
Motsartning dastlabki simfoniyalari LK. Bax ta'siri ostida sak- kiz yoshida yaratilgan edi. Keyinroq Motsart Yevropa simfoniya- chiligining eng yaxshi an'analariga tayangan boTsa-da, ulardan ancha o‘zib ketdi. Ayrim simfoniyalar suita, serenada, di verbs- mentlarga yaqin boTib, turkum bilan yaxlit birlikni tashkil et- may di. Biroq ularda kompozitoming tez rivojlanib hamda mus- tahkamlanib borayotgan individualligi: Motsartga xos boTgan davrali (tovush izchilligiga ega boTgan) go‘zal ohanglar, musiqiy dramatizm, dinamika ko‘rsatib turadi.
Motsart simfoniyalari orasida «Xafner simfoniyasi»ni alohida ajratish mumkin. U dastlab serenada tarzida yozilgan bo'lib, olti qismdan iborat. Keyinchalik ikki qismni marsh hamda ikki menuetlardan birini olib tashlab, Motsart bu asami to‘rt qismli simfoniyaga aylantiradi.
Yana bitta qiziqarli simfoniya mavjud boTib, u «Pragacha» deyiladi. Zero, bu asar dastlab Pragada «Figaroning uylanishi» operasi qo‘yilgan yilda ijro etilgan edi. U uch qismli turkumdan iborat bo‘lib, unda menuet mavjud emas, shuningdek, u subyektiv- link xarakteri bilan ham ajralib turadi.
Motsartning oxirgi uchta simfoniyasi uning simfonik ijodining yakuni bo‘lib, undagi eng xarakterli va qimmatli jihatlaming oliy darajadagi sintezini umumlashtiradi.
39-simfoniyamng o‘ziga xosligi qahramonona-dramatik yo‘- nalish bo‘lib, raqsona-maishiy musiqa asosida shakllantirilgan.
40-simfbniya — g-moll mutlaqo o‘zgacha g‘oyaviy-emotsional hamda obrazli mazmunga ega bo‘lib, Motsart simfoniyalarining barchasidan ko‘ra mashhurdir. Uni ba'zan «verterona» deb ham atashadi, chunki u «Bo‘ron va tazyiq» davridagi g‘oyaviy muhitda uning ko‘tarinki emotsionalligi bilan tughlgan. Gyotening mash- hur asari «Yosh Verterning iztiroblari» ham xuddi shu davrda yaratilgan edi. Ushbu simfoniya qaysidir ma'noda romantik sim- fonizmni oldindan payqagan hamda Shubertning «Tugallanma- gan simfoniyasi»ga o‘xshab ketadigan joylari bor. Ushbu simfo- niya turkumning yagonaligi bilan ajralib turadi. Bu holat birinchi qism va final oralig‘idagi arkalarda namoyon bo‘ladi.
Simfoniyaning birinchi qismi bosh partiyani bayon etishdan boshlanadi. Bosh partiya xushovozliligi bilan ajralib turadi hamda hayajonli xarakterga ega. Bu jihati bilan u «Figaroning uylanishi» operasidagi Kerubinoning «Aytish, izohlashni uddalolmayman» ariyasini esga soladi. Kuylar skripkalar tomonidan bu holat mu- siqaviy sadolarga ohangdorlik va iliqlik bag‘ishlaydi.
70-misol
Yordamchi partiya nisbatan bosiq, nafis, go‘zaldir, bunga xromatik intonatsiyalar (nimpardalar uyg‘unligi) sabab bo‘lgan. U (B-dur) parallel major tonalligida yozilgan. Mazkur mavzu ko‘p tovushli akkordli fakturada (ifodada) berilgan. Skripka- laming kuy ohanglari yog‘och damli cholg‘ulari (fleyta, goboy, kiametlar) takrorlashadi.
Yakunlovchi partiya bosh va yordamchi partiyalar xususiyat- larini umumlashtiradi hamda B-dur tonalligini ta'kidlaydi.
Rivojlov tonal beqarorlik, polifoniya usullari va ohangm ajratib kohsatishlarning qo‘llanishi bilan ajralib turadi. Rivojlovning boshlanishi ohangdoshlikning keskin almashinuvi bilan belgilan- gan. Yorqin B-dur uzoq minor tonalligi fis-moll bilan almashi- nadi. Shunda musiqa g‘amgin tus oladi. Tonalliklaming almashi- nuvi, bayon fakturasi hamda tovush kuchining ortib borishi musiqaga bezovta, ayni paytda, shiddatli tus beradi.
Repriza (qaytariq, takrorjga o‘tish asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Orkestrning jarangdorligi pasayadi va yuqori registrda puflab chalinadigan yog‘och cholg‘u asboblarida bosh partiya- dagi mavzulaming dastlabki intonatsiyasi sol minor tonalligida yengil chalinadi.
Ekspozitsiyadan farqli ravishda reprizaning barcha mavzulari asosiy tonallik — g-mollda bayon etilgan. b-moll tonalligida melanxolik-noziklik kasb etadigan yordamchi partiyani jiddiy tarzda o‘zgartirib yuboradi.
Ikkinchi qism sonata shaklida yozilgan hamda birinchi qismga yorqin, bosiq lirikasi bilan qarshi turadi. Bu qismning barcha mavzulari o‘ttiz ikkitalik cho‘zimlardan iborat o‘ziga xos shakl bilan birlashib turadi.
Uchinchi qism —jonli menuet bo‘lib, faqat raqslardangina emas, pafos va ehtirosli ohanglarga to‘la dramatik miniaturalardan ham iboratdir. Menuet murakkab uch qisrnli shaklda yozilgan.
72-misol
Ziddiyatli majordan iborat bo‘lgan o‘rta qismda raqsonalik ele- mentlari mavjud.
Ular shaklning oxirgi qismlaridagi dramatizmni, ulardagi intensivlik va hayajonli rivojlanish bilan birgalikda siqib chiqaradi.
Final sonata shaklida (turkumning to‘rt qismidan uchtasi so- nata shaklida) yozilgan. Bosh partiya ikkita zid elementdan tash- kil topgan: birinchisini torii cholg'ular piano, ikkinchisi butun orkestrda forte ijro etiladi.
73-misol
Xuddi birinchi qismga o‘xshab, ekspozitsiyadagi yondosh par- tiya parallel
majorda yozilgan hamda xromatik tuzilishga ko‘ra na- zokatliligi bilan ajralib turadi.74-misol Birinchi qismga oxshab, reprizadagi mazkur mavzu nomdosh majorda emas, balki asosiy tonallik g-moll da jaranglaydi. Bu csa unga melanxolik ohang tusini beradi. Rivojlovning boshlanishi ham shunga O‘xshash: uni son harakatlar xuddi birinchi qism ri- vojlovining boshidagi kamaytirilgan garmoniyani beradi. Finaldagi repriza tonallik jihatidan beqaror rivojlovni mu- vozanatga keltirgan holda asosiy tonallikni tasdiqlaydi. Turkum- ning birligi mana shu tarzda yaratiladi, uning barcha qismlari yagona lirik-dramatik yo'nalishni mujassamlashtirish va rivoj- lantirishda ishtirok etadi. Motsartnng so‘nggi —- 41 C-dur simfoniyasi yuksak badiiy mahorati bilan ajralib turadi. Subyektiv-lirik g-moll simfoniya- sidan farqli ravishda ushbu simfoniya nisbatan obyektiv va epik xarakter kasb etadi. Musiqa tarixida u «Yupiter» nomi bilan mashhurdir. Simfoniyaning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning umumiy rivoj lantirilishi monumental finalga olib boradi. «Associated Press» agentligi ma'lumotlariga ko'ra, buyuk basta- kor Volfgang Amadey Motsart o‘limidan 200 yil o‘tib, uning shu paytgacha ma'lum bo‘lmagan ikkita yangi asari topilgan. Bu musiqiy asarlar bir asrdan ortiq vaqtdan beri Fransiyaning Nant shahridagi kutubxonada saqlab kelinayotgan edi. Avstriyaning Zalsburg shahrida joylashgan Motsart xalqaro fondi tadqiqotchilari 2007-yilning sentabrida ushbu pyesalar Motsartga tegishli bo'lishi mumkinligini aytishgan. Uzoq izlanish- lardan so‘ng, asarlar haqiqatan ham san'atkor ijodiga mansub ekanligi ma'lum bo‘ldi. Mazkur fondning ilmiy izlanishlar yetakchisi Ulrich Leisinger «Motsart buni yoshlik chogTarida, aniqrog'i, 7—8 yoshlarida yoz- gan», degan to'xtamga kelgan. Uning aytishicha, Motsart bu yoshda musiqiy notalami bilmagani uchun u chalayotgan kuylami otasi Leopold qog‘ozga tushirgan. Motsart jamg'armasi o‘tkazgan bir qancha izlanishlar ham qoTyozmalar uning otasiga tegishli ekanini tasdiqladi. Biroq mutaxassislar fikricha, Motsartning otasi musi- qani uslub jihatdan puxta qilib yoza oladigan darajadagi bastakor boTmagan. Topilgan asarlar noyob iste'dod birinchi musiqiy asarini o‘z ichiga oluvchi «Naimer’s Music Book» qodyozmasining qismlari, deb hisoblanmoqda.
II BOB. SONATA JANRI V.A.MOTSART IJODIDA

    1. Sonata shakli haqida

Sonata shakli deb birinchi bo‘limida(ekspozitsiyada) tonallik va mavzu jihatidan qarshi qo‘yiladigan ikki mavzu; o‘rta bodimda (rivojlovda) ekspozitsiya mavzularidan birining rivojlantirilishi yoki yangi mavzu berilishi; uchmchi bodimda (reprizada) ikkala mavzu tonal jihatdan yaqinlashtiriladigan shaklga aytiladi..
«Sonata» nomi mustaqil qismlaming yagona siklga(turkumga) birlashtirilishi bilan xarakterlanadigan asar janriga taalluqli.
Sonata shakli uning tuzilish tomonida namoyon boTadigan alohida murakkabligi bilan ajralib turadi. Boshqa barcha shakllar orasida u mazmuniga ko‘ra ancha chuqur bo‘lgan qahramonlik va epik, otashin lirika, psixologik drama, tragik kolliziyalarni ifoda etish uchun eng ko‘p imkoniyat taqdim etadi.
Sonata shakli cholg‘u musiqasi uchun xos boTib, vokal musiqasida istisno sifatida uchraydi. Bu shaklda sonata-simfonik sikllar: sonata, simfoniya, trio, kvartet, kvintet, konsertlaming birinchi qismlari (ba’zan finallari ham), shuningdek, opera uvertyuralari yoziladi.
Sonata shaklining tuzilislii. O‘zining to‘liq ko‘rinishida sonata shakli uchta asosiy bo‘lim: ekspozitsiya, o‘rtaliq (rivojlov) va reprizadan iborat. Ba’zida undan oldin kirish (muqaddima) kelishi, koda bilan tugashi mumkin.
Klassik sonata shakli ekspozitsiyasi, odatda, takrorlanadi.
Bundan tashqari, ba’zida rivojlov repriza bilan birga takrorlanadi (Gaydn va Motsart asarlarida).
Betxoven asarlarida ekspozitsiya hamma vaqt ham takrorlanmaydi, rivojlovning repriza bilan birga takrori esa istisno tariqasidagina uchraydi (№ 6, 23 sonatalar).
Ekspozitsiyaning tarkibiy qismlari: bosh partiya (asosiy mavzu), bogTovchi partiya, yordamchi partiya (ikkinchi mavzu), yakunlovchi partiY.
Ekspozitsiyada bu mavzular o‘zining dastlabki ko‘rinishida bayon qilinadi: bosh partiya asosiy tonallikda, yordamchi partiyada, albatta, boshqa tonallikda (majorda - dominanta tonalligida, minorda parallel tonallikda).
O‘rtaliqda (rivojlovda) ekspozitsiyaning mavzu materiali odatda rivojlantiriladi, ba’zan o‘ta murakkab rivojlantiriladi. Reprizada yana bu barcha mavzular asosiy tonallikda o‘tkaziladi.
Reprizada mavzu materiali rivojlanishi, ekspozitsiya bilan qiyoslaganda, hamma vaqt u yoki bu darajada o‘zgaradi, umuman shaklning tiklanishida yangi bosqich hosil qiladi.
Sonata shakli turlari. Sonata shakli tocliq va todiqsiz bodishi mumkin.
O‘rtaliq qanday ko‘rinishda ekanligiga ko‘ra to‘liq sonata shaklining uchta xili farqlanadi:

  1. o‘rtaliqda rivojlovli sonata (R);

  2. o‘rtaliqda yangi materialli sonata (S) (Betxoven. Sonata № 1, final; sonata № 7, Largo e mesto; sonata №9, I q.).

  3. o‘rtaliqda bosh yoki yordamchi partiya materialidagi reprizaga o‘tish bilan keladigan sonata(Betxoven. Sonata № 5, final; sonata № 30, II q.).

Todiqsiz sonata shaklida o‘rtaliq qismi mavjud emas, demak, u faqat ikkita asosiy bo‘lim: ekspozitsiya va reprizadan iborat.
Todiqsiz sonata o‘z shaklining strukturasiga ko‘ra o‘xshash, ammo kompozitsion tamoyillariga ko‘ra jiddiy farq qiladigan ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

  1. eski sonata shakli;

  2. qisqartirilgan sonata shakli.

Eski sonata shakli hali mustahkamlanib ulgurmagan sonata shakli qirralariga ega. Uning tonallik nisbatlari ikkinchi qism asosiy tonallikda boshlanmasligi bilan xarakterlanadi:
T —D||D —T
Qisqartirilgan sonata shakli eskisidan to‘liq sonata shakliga o‘xshashligi bilan ajralib turadi: unda xuddi to‘liq sonatadagi kabi xuddi o‘sha tipik tonallik nisbatlaridagi ekspozitsiya va repriza mavjud:
T — D || T — T
Ekspozitsiya oxirida ko‘pincha reprizaga katta bo‘lmagan o‘tish hosil bo‘ladi (Betxoven. Sonata № 17, q. II). Boshca hollarda esa o‘tish modulyatsiyalovchi birgina aidcord bilan amalga oshirilishi murnkin (Betxoven. Sonata № 5 II q.).
Tamomila mustahkamlanib ulgurgan sonata shaklining qisqargan varianti (rivojlovsiz) ilk marta Motsart tomoniden qodlangan.
U ko‘proq sonata-simfonik sikllaming ohista qismida qodlanadi, shuningdek, tez sur’atli bir qismli asarlarda, jumladan, opera uvertyuralarda uchraydi (Motsart. «Figaroning uylanishi», Uvertyura).

  1. Ekspozitsiyada tonallik munosabatlari. Bosh va yordamchi partiyalaming tipik tonallik nisbati quyidagicha: majorda T — D, minorda t-III. Biroq Betxoven asarlarining o‘zidayoq tonallikning boshqacha nisbatlarini ko‘rish murnkin: majorda— uzoq tersiyali (C — E, 21- sonatada); minorda — pastki medianta nisbati (c — As, 32-sonatada), minor, kamroq major dominantasi (d— a, № 17 sonatada; a — E, «Kreyser sonata»da). Kompozitor asarlarida sekundali nisbat ham o‘rin tutadi (d — S, 9-simfoniya skersosi).

  2. Bosh partiY. Bosh partiya harakatchan , dramatik xarakteri bilan ajralib turadi. Uning uchun ichki beqarorlik, ksskinlik, keyingi rivojlantirish uchun katta salohiyat xarakterlidir. Shakldagi o‘z loliga ko‘ra, u asosiy fikr bo‘lib, keyingi rivojlantirish natijasida keng va ko‘p tonionlama ochib beriladi.

Bosh partiya bir turli yoki kontrastli bodishi murnkin. Shakliga ko‘ra, u davriya, oddiy ikki yo uch qismli shakldan iborat. Ayrim hollarda u asosiy tonallikdagi to‘liq kadensiya bilan tugaydi, buning natijasida u yopiq sanaladi.
Boshqa hollarda asosiy qism yarim avtentik yoki bostirib kiradigan kadensiya bilan tugaydi, natijasida ochiq bo‘ladi. Betxoven davridan boshlab, ikkinchi turi ko‘p tarqalgan. Romantik - kompozitorlar va rus klassiklari, ayniqsa Chaykovskiy asarlarida ekspozitsiyada mavzuning keng rivojlanishi tufayli bosh partiya ko‘pincha uch qismli shaklda bodib, ba’zan juda kengaytirilgandir.

  1. Bogdovchi partiY. Bogdovchi qism yordamchi partiyaga o‘tishni ta’minlaydi, uning paydo bodishini tayyorlaydi. Shu roliga muvofiq holda, u beqaror, yopiq tuzilmalarga ega emas, harakat xususiyatiga ko‘ra esa yordamchi partiya tomon yo‘naltirilgan.

Bogdovchi qismlar turlicha: bir necha taktdan katta tuzilmalargacha bodadi.
Yordamchi partiyaga odish dominanta tonalligiga modulyatsiya bilan amalga oshiriladi.
Bog‘lovchi partiya bosh partiya mavzusi rivojining yanada keskin bosqichi bodishi mumkin (Betxoven. 9-Sonata).
Bogdovchi qism yangi mavzu materialida tuzilishi mumkin, bu, odatda, bosh partiyaning asosiy qismi yopiq bodganda kuzatiladi (Betxoven. 5 va 15- Sonatalar). Shunday bodadiki, bogdovchi qismlar, mavzusiga ko‘ra ikki bosqichdan iborat: birinchisi —bosh mavzuning asosiy qismi materialiga tuziladi; ikkinchisi— yangi mavzu materialiga tuzilgan. YO aksincha, birinchisi— yangi mavzuga tuzilgan, ikkinchisi —bosh partiyaning asosiy mavzusiga tuzilgan (masalan, Betxoven. 2, 8, 21- Sonatalari).
Uch qismli bosh partiyada reprizaning o‘zi modulyatsiyalar natijasida yordamchi partiyaga olib keladigan, bu bilan bogdovchi partiya rolini bajaradigan holatlar tipik sanaladi (Shubert. Sonata B-dur; Chaykovskiy. 2, 3, 5-Simfo- niy alari).

  1. Yordamchi partiY. Yordamchi partiya bosh partiya bilan kontrast hosil qiladigan yangi obrazli sohani tashkil etadi. Odatda, u lirik qo‘shiq yoki raqs xarakterida bodadi. Bosh partiyadan farqli odaroq, u tonal jihatdan barqaror, rivojlanishida nisbatan tugal va, odatda, hajmiga ko‘ra kattaroq. Eng oddly hollarda yordamchi partiya davriyadan iborat (Motsart. Sonata B-dur. Andante kantabile). Ayrim hollarda yordamchi partiya ikki yo uch qismli shaklda yoziladi (Chaykovskning 6- simfoniyasi 1- qismi - odtaliq bilan kontrastlovchi oddiy uch qismli shakl).

  2. Yakuniy partiY. Yakuniy partiya - ekspozitsiyaning oxirgi, yordamchi partiya tonalligini ta’kidlaydigan mavzusi.

U yangi, ko‘pincha bosh partiya mavzusi bilan almashinadigan mavzuga (Betxoven. 5,8- Sonatalari, 5-simfoniya), yoki yordamchi partiya mavzusiga tuzilishi mumkin (Chaykovskiy. 6- Simfoniya).
Yakuniy partiya bogdovchi partiya materialiga tuzilishi mumkin (Betxoven. Sonata op. 2 №2, 1 q.). ba’zida yakuniy qism ekspozitsiya mavzulari guruhidan tashkil topadi (Betxovenning 4 va 7- sonatalarida).
Yakuniy qism ekspozitsiya rivojini yakunlaydi va ko‘p hollarda umuman shaklning birinchi kulminatsiyasi sanaladi (Betxoven. 3, 8- Sonatalari, Chaykov­skiy. 4,5-Simfoniyalari). Yakunlovchi qism uchun takror kadanslash, taktning kuchli hissasida tonikani ta’kidlash, tonikada organ punkti xarakterlidir.

  1. Rivojlov. Rivojlov - sonata shaklining eng beqaror bodimi. U oduvchan rivojlanish, mavzulami taqqoslash, ulami kontrapunkt jihatidan qo‘shish, motivli ish bilan ajralib turadi. Rivojlov uchun tonal beqarorlik (modulyatsionlik) xaraktrerli.

Rivojlov ko‘pincha kirish qismi bilan boshlanadi, unda mavzuning asosiy rivoji tayyorlanadi (L.Betxoven. 17- Sonata, I q.).
Ishlanmaning rivojlantirish jarayoni tuzilmalarning ochiqligi, mavzuning davriy strukturasi buzilishi, alohida motivlaming ajratilishi bilan tavsiflanadi. Rivojlovda polifonik rivojlantirish usullari: imitatsiya, kanon, fugato, mavzularni bir vaqtda yangratib odkazish ham keng qodlanadi (Betxoven. Sonata, op. 22, 1 q.)
Ba’zan ishlanmada mavzulaming oddiy o‘zgaarishiga, ulami tonal va tembr koloritlashga olib keladigan variatsion rivojlantirish ustunlik qiladi.
Rivojlov, odatda, harakati kuchli, rivojlanishga ichki salohiyati katta sanalgan bosh partiya mavzusiga tuziladi. Yordamchi partiya unda kamroq ishtirok etadi, zero unga xos bodgan qirralar: lirik, qo‘shiq xarakteri, tugallanganlik va strukturaviy aniqlik ishlanmada qayta yaratish, o‘zgartirish imkoniyatini cheklaydi.
Shunday holatlar bodadiki, ishlanmalda yangi mavzu - lavha paydo bodadi(masalan, Betxoven. Simfoniya № 3). Ba’zida lavha katta mustaqil bodimni tashkil etadi va yaxlit shaklda alohida dramaturgik rol o‘ynaydi (Shostakovichning № 7 simfoniyasida «Bosqin mavzusi»).
Rivojlovning oxirgi bosqichi reprizaga o‘tishni hosil qiladi, unda, odatda, asosiy tonallik dominantasini u yoki bu darajada uzoq ishlash ro‘y beradi, bu yangi bodimnini boshlanishi keskinligini kutishni yaratadi. Klassik uslub uchun uzoq davom etgan dominanta organ punktida yaqinlashuvlar ancha xarakterli sanaladi.
Rivojlovda tonalliklar tanlovi va tartibi erkin bodib, kompozitoming ijodiy fantaziyasiga havola qilinadi. Yagona shart shundan iboratki, unda bosh va yordamchi partiya tonalligining barqaror ko‘rinishidan qochiladi.
Klassik uslubdagi rivojlovning boshlanishi uchun xos bo‘lgan xususiyat: uning ekspozitsiya tugagan tonallikda (ko‘pincha ladning almashinishi bilan); asosiy tonallikka subdominanta bodgan tonallikda; major asarlarda asosiy tonallika parallel; minor asarlarda asosiy tonallikka nomdosh tonalliklarda;ba’zida asosiy tonallikda ham boshlanishi(Betxoven. 16 Sonata).
Rivojlov uchun subdominanta sohasiga modulyatsion chuqurlashish xos (Betxoven. 21 -Sonata) bodib, ekspozitsiyada unga tegilmaydi. Bunda ko‘pincha yuqoriga kvartalar bo‘yicha modulyatsiyalovchi sekvensiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Bu kabi qator kvartali siljishlardan keyin tonallik harakati reprizaga olib keladigan asosiy tonallik dominantasi tomon keskin burilish hosil qiladi.
Ba’zida rivojlov oxirida soxta repriza deb nom olgan repriza uchraydi. Bunday repriza unda bosh partiya mavzusi odkazilgani bois haqiqiydek idrok etiladi, ammo mavzu asosiy tonallikda odkazilmaydi. Keyinroq rivojlov, shaklning o‘rta bodimiga xos qirralarini saqlagani holda, yana ishlanmali bodadi (Betxoven 10- sonatasi ishlanmasi).

  1. Repriza. Repriza sonata shaklida ekspozitsiya takrori bodib, birgina farqi hamma partiyalar asosiy tonallikda bayon qilinadi.

Ko‘p hollarda unda qator o‘zgarishlar mavjud bodadi, asosan ular bosh partiyaga taalluqlidir. Ular quyidagilardan iborat:
1. Bosh partiya bir muncha qisqartiriladi.Agar ekspozitsiya kengaytirilgan uch qismli shaklda bo‘lsa, doim shunday bo‘ladi. Bu holda faqat uchinchi, repriza,ya’ni eng dinamik qism takrorlanadi( P.Chaykovskiy. 1-Konsert).
2.Bosh partiya bir muncha kengaytiriladi (Betxoven. 21- Sonata ).
3.Bosh partiya asosiy bodmagan tonallikda o‘tkaziladi. Klassik uslubda kam uchraydigan (Motsart. 15 -Sonata, C-dur o‘miga F-dur) bu kabi «normadan og‘ish» XIX asr kompozitorlari asarlarida keng tarqalgan (masalan, List, h-moll Sonatasi, h-moll o‘rniga b-moll).
4. Reprizada bosh partiya tushirib qoldirilgan holatlar ham uchraydi (Shopen. Sonata b-moll).
Betxoven davridan boshlab, yanada murakkab dramaturgiya tufayli dinamik repriza deb nom olgan repriza ham uchraydi. U asosiy kulminatsiya vaziyatida kelishi, oldingi butun ishlanmali rivojlov olib kelgan cho‘qqi sanalishi bilan tavsiflanadi (Betxoven. 9-Simfoniya).
Yordamchi partiyada reprizadagi asosiy о‘zgarish uning bosh partiyaga tonal bo‘ysundirilishi sanaladi. Ayrim hollarda yordamchi partiya dastlab boshqa, keyin asosiy tonallikda bayon qilinadi (Betxoven. 8-Sonata).
Reprizaning alohida turlari ham utschraydi.

  1. Ko‘zguli repriza, unda bosh va yordamchi partiya o‘rin almashadi (Motsart. 9- Sonata; Shopen. Ballada g-moll).

  2. To‘liqsiz repriza, unda bosh partiya tushirib qoldiriladi (Shopen, b-moll va h-moll Sonatalari).

Koda. Koda deb repriza tugallanganidan keyin kiritiladigan qismga aytiladi.
Gaydna va Motsart sonatalarida koda mavjud emas.Betxoven tomonidan ilk marta tizimli ishlab chiqilgan yangilik— sonata shakliga rivojlantirilgan kodalaming kiritilishi bo‘ldi.
Ko‘pincha koda rivojlovli ishlanmadan boshlanadi, bu unga mustaqil ishlanmali bo‘lim xarakterini baxsh etadi. Bu hollarda koda ishlanmali deb ataladi (Betxoven. 21, 23-Sonatalar).
Ko‘pincha koda bosh partiya mavzusiga tuziladi. Ba’zida unda sonata shaklining ikkala asosiy mavzusi qatnashadi, ular vaqtga ko‘ra yaqinlashadi (Betxoven. 21-Sonata). Bunday koda sintetik deb yuritiladi.
Koda muqaddima mavzusiga asoslanishi mumkin (Shubert. Simfoniya h- moll). Unda ba’zida avval rivojlovda paydo bodgan lavha ikkinchi marta odkaziladi (Betxoven. 3-Simfoniya). Kam hollarda koda yangi mavzu materialiga tuziladi (Betxovenning «Egmont» uvertyurasidagi koda).
Kodaning yakunlovchi roli tufayli uning uchun asosiy tonallikning subdominanta sohasiga ogdshmalar va yana keyin keluvchi tonikani ta’kidlash xos.
Muqaddima (kirish). Mustaqil muqaddima bilan ochiladigan sonata shakli asarlari uchrab turadi. Sonata shaklining, odatda, tez, kuchli sur’atiga nisbatan (sonata allegro), muqaddima sur’ati sekin, bosiq bodadi.
Muqaddima, odatda, asosiy tonallikdan boshlanadi. Ayrim hollarda u butun muqaddima davomida saqlanib qoladi, boshqa hollarda esa, ekspozitsiya oldidan asosiy tonallikka qaytish bilan, xatto uzoq tonalliklarga ham modulyatsiya ro‘y beradi (Betxoven. 8- Sonata).
Ko‘pincha muqaddima boshlanishidan dominanta funksiyaci yoki dominanta organ punktida odkaziladi (Betxoven. Leonora № 3).
Muqaddima oxirida sonata shakli boshlanishiga olib keladigan dominant garmoniya yoki dominantadagi organ punkti beriladi.
Muqaddima odchamlari (hajmi) turlicha: bir necha taktdan (Shopen. b-moll Sonatasi) odchamlariga ko‘ra ancha katta tuzilmagacha (Betxoven. 8- Sonata) bodadi.
Muqaddimaning ahamiyati, uning sonata shakli bilan keyingi aloqasi turlicha bodishi mumkin. Betxoven ijodida muqaddima mavzusi sonata shakli rivojining eng muhim bo‘g‘inli vaziyatlarida paydo bodib, jiddiy dramaturgik rol o‘ynaydi. Masalan,Betxovenning 8-sonatasi muqaddima mavzusi rivojlov va koda boshida paydo bodadi, rivojlovning o‘zida ishtirok etadi.
13. Sonata shakli dramaturgiyasi. Sonata shakli dramaturgiyasi yirik dramatik adabiy janrlari (drama, roman) dramaturgiyasiga o‘xshab ketadi. U, ayniqsa patetik xarakterdagi, tez sur’atli asarlarda (sonatali allegro) yorqin namoyon bodadi.
Sonata shaklining mohiyati undagi rivojlantiruvchilik (shakl hosil qilish) jarayonidan iborat. Bu jarayon butunlik va qismlar strukturasini, mavzu materiali ketma-ketligini, modulyatsion aloqalar va tonallik nisbatlarini belgilab beradi.
Sonata shakl hosil qilish tamoyili keyingi bodim va mavzulaming intensiv tayyorlashda ifodalanadigan dinamik keskinlik bilan tavsiflanadi.
Sonata shaklining tarixan rivojianishi. Sonata shaklining kelib chiqishini XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida ro‘y beradi. Uning qirralari D.Skarlattining fortepiano asarlarida yaqqol namoyon boddi. O‘zining yanada todiq ifodasmiular F.E.Bax ijodida topdi. Sonata shakli klassik uslubda - Gaydn va Motsart asarlarida tamomila shakllandi.
Bu uslub cho‘qqisi bodib o‘z asarlarida chuqur umuminsoniy g‘oyalami namoyon eta bilgan Betxoven ijodi xizmat qildi. . Kompozitoming sonata shaklidagi asarlari hajmining kattaligi, kompozitsion murakkabligi, yaxlit shakl rivojlanish dinamikasi bilan ajralib turadi.
Keyinchalik sonata shakli romantiklar: Shubert, Shuman, Shopen, List, Brams, shuningdek, Brukner, Maier ijodida keng rivojlantirildi. Rus kompozitori P.I.Chaykovskiy ijodida sonata yangi, yuqori darajaga kodarildi, uning uchun yorqin emotsionallik va katta ta’sir kuchi xos boddi.
Sonata shakli rivojiga ,shuningdek, Borodin, Taneyev, Skryabin, Glazunov, Raxmaninovlar katta hissa qo‘shdilar.
O‘zbek kompozitorlari ham sonata shakliga murojaat qilganlar.
S. Varelas, P.Xoliqov, V.Saparov sonatinalari, G.Mushelning «Pushti sonatina»si yaxshi madum. N.Zokirovning sonatalari fortepiano sonatalarining yorqin namunalari boddi. Muallif uchun sonata shakliga erkin munosabat xarakterli.
N.Zokirov asarlarida sonataning madum bir qonuniyatlari - mavzu kontrasti (ham vertikal, ham gorizontal bo‘yicha), ko‘pincha hosila bodgani saqlanib qoladi. Kompozitor asarlari uchun monointonatsiyalilik va variantli-variantlilik tamoyillari xos, bu esa simfonizmning, ayniqsa zamonaviy simfonizm hamda an’anaviy milliy musiqaning xususiyati hisoblanadi.

    1. Motsart Sol major sonatasi tahlili

V. A. Motsartning G-dur Sonatasining birinchi qismi lirik qismlar soniga tegishli bo'lib, unda harakatlanuvchi allegro tempi bilan kantilena boshlanishi mavjud. Asosiy va yon qismlaming barcha tematik materiallarini ovozli ijro etish maqsadga muvofiqdir. Xuddi shu narsa matnda uchraydigan figuralarga ham tegishli.
Sonata an'anaviy sonata allegro shaklida ishlab chiqilgan holda yozilgan. Asosiy qism qisqa ovozli intonatsiyalarga asoslangan bo'lib, ular savol, javob - ovozli dialogni o'z ichiga oladi. O'rtaga qarab, partiya gamma kabi harakat bilan almashtiriladi. Bog'lovchi tomonda ogohlantirish, hukmronlik xarakterini o'z ichiga olgan yangi rasm mavjud. Ijroiya rejasida o'ng va chap qo'llaming ovozini, chap - fonda aniq ajrating. Bog'lovchi qismda o'ng va chap qo'llar birlashadi, unda ohangning asosiy tovushlari uch barobar ko'payadi.

Download 168.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling