О ‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi shahar xalq ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga


Download 0.88 Mb.
Sana21.10.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1714773
Bog'liq
Mehnat


О ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Qarshi shahar xalq ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 23-umumiy o’rta ta’lim maktabining Mehnat ta’limi fani o’qituvchisi
Po’latov Xolmurodning 5-sinflar uchun
Mehnat ta’limi fanidan
bir soatlik





Mavzu: Tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash


I. Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarga BMK hosil qilish;

  2. tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

  3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish;



II. Dars jihozi: darslik, o’quv qurollari, test, tarqatma materialllar, biletlar, savolnoma.


III. Dars borishi: Tashkiliy qism

  1. salomlashish, davomadni aniqlash;

  2. o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish;

  3. o’tilgan mavzuni aniqlash;

  4. Uyga vazifani tekshirish.



IV. Yangi mavzu bayoni.
Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi va texnologik jarayonining asosini tashkil qiladigan texnologik xaritasi bo’lishi shart. Texnologik xarita tuzish va ulardan foydalanish o’quvchilarning ijodiy faolligini oshiradi. Texnik tafakkurlarini rivojlantiradi va mustaqil ishlashga yordam beradi. Bundan tashqari texnologik xaritalarni tuzish orqali buyumning namunasiga yoki chizmasiga qarab uning murakkab konstruksiyasini ishlab chiqish buyum uchu zagatovka tanlash va uning o’lchamlarini aniqlash texnalogik jarayon va o’tishni hamda ularni bajarish tartibini belgilash asbobsozlik uskuna va moslamalarga tanlash kabi muhim ishlar o’zlashtirib olinadi. Tuzilgan texnologik xaritalar yordamida rejalashtirilgan buyumning hamma detallarini yasash va ularni yig’ishtirish bajarish mumkin.
Ko’rsatkich tayoq tayyorlash texnologiyasi
Ko’rsatkich tayoq tayyorlash uchun turli yug’onlikdagi uzunligi 1 metrga yaqin to’g’ri ishlangan diametri bir xil yoki ikki santimetr yug’onlikdagi tayoqchalar olinadi.
Kerakli asbob va materiallar: randa, qalam, shtanginsirkul, chizg’ich, 250-550 mm li yog’och, xoda, dast arra, yo’nuvchi va qirquvchi iskanalar, jilvir qog’oz, lak, STD-120 M stanogi.


V. Ishni bajarish jarayoni:

  1. Ko 'rsatgich tayoq uchun xom ashyo tanlang.

  2. Xom ashyoning qirralarini randalab, sakkiz burchakka keltiring.

  3. Xom ashyoni chizmaga qarab rejalang.

  4. Xom ashyoni stanokka mahkamlab, yo'nuvchi va qiruvchi iskanalar yordamida ehtiyotlik bilan shaklga keltiring.

  5. Ko'rsatgich tayoqning tutqichini, ko'rsatgich uchini yo'ning va shtangensirkul bilan berilgan o' Ichamini aniqlab boring.

  6. Tayyorlangan ko'rsatgich tayoqni jilvir qog'oz bilan tozalang va laklang.



VI. Mehnat xavfsizligiga rioya qiling.
Tanlangan xom ashyo ko'zi yo'q va yorilmagan bo'lishi lozim. Xom ashyoni dastgohga mahkamlashdan avval dastgohni va moslamalarning texnik holatini tekshirish lozim. Dastgohni ishga tushirishdan oldin xom ashyoning dastgohga mustahkam qotirilganligini tekshirish kerak.
Buyumni yo'nish vaqtida kesuvchi asboblarai ikkala qo' 1 bilan ushlash lozim. Detallarni jilvirlashda ustiga jilvir o'ralgan maxsus shakldagi taxtachalardan foydalanish kerak.



VII. O’tilgan mavzu yuzasidan sinovlar.

  1. Tayyorlanmaning eskizi deganda nimani tushunasiz?

  2. Texnologik xarita qanday tuziladi?

  3. Tanlash va rejalash deganda nimani tushunasiz?

VIII. Uyga vazifa.

  1. O’tilgan mavzu yuzasidan 5 tadan test savollarini tuzish.

  2. O’tilgan mavzuni o’qib kelish.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling