O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
VII bob bo‘yicha qisqacha xulosalar
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII bob bo‘yicha savollar
VII bob bo‘yicha qisqacha xulosalarInvestitsiyalarning variantlari ichidan samaralisini saralab olishda raqobat yuzaga keladi, ya’ni qaysi variantdagi investitsiya xarajatlari investorlar kutayotgan natijani beradi?- degan savolga javobni aniqlash lozim bo‘ladi. Raqobatlashuvchi investitsiyalar (ya’ni investistiya loyihala- ri)ning vujudga kelishiga ikki sabab mavjud. Iqtisodiy asoslar va sabablar Noiqtisodiy asoslar va sabablar Muqobil investitsiya loyihalari va ularning ichidan samaralisini saralab olish tahlilning bir qismidir. Investitsiya loyihalarini baholash jarayonida, muqobil variantlar o‘rtasida, investitsiya loyihalarining hayot davri turlicha bo‘lishi ko‘p uchraydi. Bu holda turli hayot sikliga ega investitsiya loyihalarini bir xil hayot davriga keltirib olish shart. Aks holda ularning asosiy baholovchi ko‘rsatkichlarini taqqoslab xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Turli hayot davriga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini qiyosiy taqqoslagan vaqtimizda oddiy va unifikatsiya qilingan annuitetlardan foydalanish mumkin. Unifikatsiyalangan annuitet hisob-kitoblarni sodda va tez hisoblash imkoniyatini beradi. Budjet tashkilotlari va nodavlat-notijorat tashkilotlarida ham investitsiya loyihalari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Biroq ularda investitsiyaning tijorat maqsadlari bo‘lmaydi. Shuning uchun minimal investitsiya xarajatlari bilan loyiha maqsadiga erishish talab etiladi. Investitsiya loyihalaridan yana bir turkumi investitsiya xarajatlarni minimumlashtirishga qaratilgan yondashuvni qo‘llashga qaratilgan. Investorlar va loyiha boshqaruvi nuqtayi nazaridan investitsiya loyihalarining raqobatlashuvi ijobiy holat deb qaratiladi. VII bob bo‘yicha savollarNima uchun investitsiya va investitsiya loyihalari raqobatlashadi? Investitsiya loyihalarining raqobatlashuvi asosi nima bilan izohlanadi? Muqobil investitsiyalar nima? Investitsiya loyihalarining hayot davridagi farqlari, ularni baholashda e’tiborga olinadimi? Xarajatlarga ko‘ra samaradorlik usulining mohiyati qanday izohlanadi? Budjet tashkilotlarida investitsiya samaradorligini baholash usulining o‘ziga xosligini qanday tushunish mumkin? Investor uchun muqobil variantdagi investitsiyalar qanday ahamiyatga ega? Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari (TC), doimiy xarajatlar (FC) va o‘zgaruvchan xarajatlar (VC), mahsulotni sifati, mahalliy xom – ashyodan mahsulot chiqarish, yangidan ishlab chiqarilgan mahsulot va uning eksport salohiyati kabi savollar va ko‘rsatkichlar raqobatlashuvchi investitsiyalarda o‘rganiladimi? Rqobatlashuvchi investitsiyalar va ularni tahliliga misol keltirib tushuntira olasizmi? Raqobatlashuvchi texnologiyalar va ularni tahlili haqida misol keltira olasizmi? Bozorda raqobat va investitsiya loyihalari tahlilidagi raqobatlarni mohiyatini tushuntirib bera olasizmi? Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling