O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Download 0.69 Mb.
bet73/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Ekologik muammolarni moliyalashtirish manbalaridar biri subsidiyalardir. Aslida ekologik zarar keltirib chiqargan shaxslar zararni qoplashi lozim. Shunga qaramasdan xalqaro tajribalardan ma’lumki ba’zi hollarda ekologik zararlarni qoplash uchun subsidiyalar mexanizmi ham mavjud. Masalan, korxona suvni ishlatib bo‘lgandan keyin avval tozalab keyin havzalarga chiqarishlarida subsidiyalar beriladi. Ekologik muvozanatning buzilishi munosibati bilan yangi turli mexanizmlardan foydalanilmoqda. Misol uchun mamlakatlar havoga is gazini chiqarish bo‘yicha zimmalariga majburiyatlar olmoqdalar. Jumladan Xitoy 2060-yilga borib is gazi chiqarishni nolga tushirishni rejalashtirgan. Yevropa ittifoqi esa 2050- yillarga shu vazifani uddalashi belgilangan.
Bu vazifani amalga oshirish uchun esa ekologik normalar, litsenziyalash, yangi standartlardan foydalaniladi.Normalar umumiy normalar va individal normalarga bo‘linadi. Ekologik normalarni buzilsa, ularga nisbatan xalqaro va milliy jarimalar tizimidan foydalaniladi.
Ekologik chiqindilar va ayniqsa is gazi chiqarish bo‘yicha mamlakatlarda hisob-kitoblar olib boriladi. Atrof-muhitni ifloslantirish bo‘yicha har bir mamlakatning normasi ham mavjud. Shu normadan kam zararli moddalar chiqargan mamlakat, aksincha ko‘p chiqargan mamlakatga huquqini sotishi mumkin. Bu kabi masalalar BMTning faoliyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ekologik muammolarni hal qilishning yo‘llaridan biri shu soha bo‘yicha kadrlarni tayyorlash bo‘lib hisoblanadi. Ekologlar investitsiya loyihalarini ekspertizadan chiqarish, to‘g‘ri texnologiyalarni tanlash,
ekologiyani boshqarishda foydali qarorlarni qabul qilishda katta rol o‘ynaydi.


IX bob bo‘yicha qisqacha xulosalar





  1. Ekologik tahlilning maqsad va vazifalari ishlab chiqilishi lozim. Ular investorlar, ta’sischilar va loyiha rahbarlariga aniq yozilgan va tushunarli bo‘lishi kerak.

  2. Ekologik tahlilning yondashuvlari va ko‘rsatkichlari bilish kerak. Ular loyiha sifatini belgilaydi. Ekologiya xarajatlari va mahsulotini ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlar investitsiyaga budjetiga ta’sir etadi.

  3. Loyiha ishlab chiqishda ekologik muammolar identifikatsiya qilinadi.

  4. Investitsiya loyihasida loyiha maqsadiga tanlangan ekologik yechimlar va texnologiya adekvat (mos va ma’qul) kelishi lozim.

  5. Ekologik tahlilda qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqishi mumkin. Ularni inkor etib bo‘lmaydi.

  6. Ekologik tahlilda texnik, sanitariya, fizik, kimyoviy va boshqa tahliliy xulosalar umumlashtiriladi.

  7. Texnik tahlilda texnologiya va uning har bir jarayoni, mahsulot ishlab chiqarish standartlari, texnologik reglamentlar, mahsulotning sifat laboratoriyalari xulosalari ekologik tahlil uchun asosiy materialdir.

  8. Ishlab chiqarish va texnologiyalarni optimal joylashtirish- xarajatlarni va vaqtni tejash imkoniyatini beradi.

  9. Ekologik tahlilda va ishlab chiqarishni tahlil etishda kooperatsiya imkoniyatlari va imtiyozlari hisobga olinishi kerak. Shunday kooperatsiya modellaridan biri klasterlar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish va mos ravishda investitsiya kiritish hisoblanadi

  10. Ekologik tahlilda ISO 9000 xalqaro standart talablari va boshqa xalqaro standart talablar hisobga olinishi lozim.




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling