O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. INSTITUTSIONAL TAHLIL
IX bob bo‘yicha savollarEkologik tahlilning asosiy ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullarini ko‘rsatib bera olasizmi? Ekologik tahlildan kutiladigan natijalarni izohlab bera olasizmi? Loyihada yuzaga keladigan ekologik muammolar nimalar bo‘lishi mumkin? Loyihada ishlab chiqarishning ekologik xalqaro talablar nimalar? Loyihani ekologik ekspertiza nima? Ekologik normalarni bilasizmi? Ularni qanday turlari mavjud? Ekologik tahlilning asosiy komponentlari nimalar? Xomashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslar ekologiya va ekologik standartlar bilan qanday bog‘langan? Ekologiya xarajatlari va investitsiya xarajatlarining aloqadorlini izohlab bera olasizmi? Biotexnologiya va biomahsulotlar nima? Ekologik kapital nima va uning investitsiya loyihasiga aloqasini qanday tasavvur etasiz? Ekologik smeta-hujjatlari nima? Uni ishlab chiqishdan maqsad nima? Ekologik normalar, standartlar va ularning investitsiya loyihasiga ta’siri nimada ko‘rinadi? Ekologik xarajatlarni moliyalashtirish manbalari nimalardan iborat? Ekologik pilot loyihalar nima? Ekologik omillarning rolini oshib borishini qanday izohlab berasiz? Ekologik standartlar va ularda qo‘llaniladigan minimal va maksimal normalarga misol keltira olasizmi BOB. INSTITUTSIONAL TAHLILInstitutsional tahlilning mohiyati va maqsadlari Institutsional tahlil loyiha ustida bajariladigan ishlarning eng muhimlaridan biriga aylandi. Loyihalarining natijalari ko‘p jihatdan tashkiliy tuzilma sifatiga ham bog‘liq. Loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarni o‘rganish, ularning boshqaruv imkoniyatlari, shuningdek, markaziy hokimiyatning loyiha uchun mutasaddi bo‘lgan tashkilotlarga yordam berishga qanchalik tayyor ekanliklarini baholashga imkon beradi. Yaxshi shakllanmagan, takomillashmagan boshqaruv tuzilmasiga, malakali mutaxassislar, axborot tizimlari va hokazolarga ega bo‘lmagan tashkilotlar zimmasiga loyihalarni amalga oshirishni topshirish yoki ular taklif etgan loyihalarni moliyalashtirish muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin (yoki hech bo‘lmaganda qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi). Institutsional tahlil loyihalarni samarali amalga oshirish va eksplutatsiya qilishga, shuningdek, mavjud tashkilotlarni mustah- kamlash, malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga ko‘mak berishi lozim. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling