O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
bob bo‘yicha qisqa xulosalar
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- X bob bo‘yicha savollar
bob bo‘yicha qisqa xulosalarInstitutsional tahlilning maqsad va vazifalari ishlab chiqilishi lozim. Ularni investorlar, ta’sischilar va loyiha rahbarlari aniq bilishlari kerak. Institustional tahlilning yondashuvlari va ko‘rsatkichlari bilish kerak. Ular loyihani kelgusida bir tekis amalga oshirilishini ta’minlaydi va sifatini belgilaydi. Loyiha ishlab chiqishda institutsional muammolar identifikatsiya va tahlil qilinadi. Investitsiya loyihasida loyiha maqsadiga unga aloqador bo‘lgan institutlar adekvat (mos va ma’qul) kelishi lozim. Institutsional tahlilda loyihaga aloqador bo‘lgan qonunlar va me’yoriy-huquqiy materiallar tahlil qilinadi. Amaldagi qonun va me’yoriy-huquqiy materiallardagi nomuvofiqlik va to‘siqlarni inkor etib bo‘lmaydi. Agar shunday to‘siqlar bo‘lsa ularni yechish va qonunchilikda qulay muhit yaratish takliflari ishlab chiqiladi. Bu holatni xalqaro moliya institutlari misolida ko‘proq ko‘rish mumkin. Institutsional tahlilda qanday tartibda va protsedurada loyihaga doir qarorlar qabul qilinishi muhimdir. Soddalashgan tartiblarni joriy qilinishi bunga misol bo‘la oladi. Institutsional tahlilda institutlar, ularning kadrlari, informatsiya oqimi, institutning layoqatligi kabi yo‘nalishda tahlil olib boriladi va tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqiladi. Institutsional tahlilning o‘ziga xos yondashuvlari, komponentlari va ko‘rsatkichlari mavjud. O‘zbekistonda institutsional islohotlarni amalga oshirilishi va investitsiya loyihalariga ularning aloqadorligi. Institutsional tahlil. Jahon banki va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida “O‘zbekistonda paxtachilik industriyasini takomillashtirish loyihasi”. Keys. X bob bo‘yicha savollarInstitutsional tahlil asosiy yo‘nalishlari, komponentlari, ko‘rsat- kichlari va ularni hisoblash usullarini ko‘rsatib bera olasizmi? Institustional tahlildan kutiladigan natijalarni izohlab bera olasizmi? Loyihada yuzaga keladigan institutsional tahlil muammolari nimalar bo‘lishi mumkin? Loyihada institutsional tahlil xalqaro talablari nimalar? Loyihani institutsional tahlil ekspertizasi nima? Institutsional tahlil normalarini bilasizmi? Ularni qanday turlari mavjud? Institutsional tahlilning asosiy komponentlari nimalar? Institutsional tahlil va investitsiya jozibadorligi qanday aloqador? Institutsional tahlil xarajatlari va investitsiya xarajatlarining aloqadorlini izohlab bera olasizmi? Institutsional tahlil. Loyiha boshqaruvi agentligi yoki boshqarmasi nima uchun kerak? Institutsional tahlil bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning talablari va ularni loyihalarda aks etishini qanday tasavvur etasiz? Institutsional tahlil xulosasi nima? Uni ishlab chiqishdan maqsad nima? Institutsional tahlilda kadrlarni roli nimada ko‘rinadi? Institutsional tahlil xarajatlarni moliyalashtirish manbalari nima- lardan iborat? Institutsional tahlilda ekspertlarni rolini nimada ko‘rinadi? Institustional tahlil, sho‘ba korxonasi. Kvarst AJ loyihasi misolida tushuntirib bera olasizmi? Institutsional tahlil ma’muriy va huquqiy normalarning takomillashuviga misol keltiring? Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling