O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Loyihaning moliyaviy samaradorligini foyda balansi yordamida aniqlashning oddiy usuli
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
Loyihaning moliyaviy samaradorligini foyda balansi yordamida aniqlashning oddiy usuliLoyihani birinchi hisobda hisob-kitoblar bilan samaradorligini hisoblashda soddalashgan usulda foyda hisoboti modelidan foydalanib aniqlashimiz mumkin. ROI= EBIT (1-T)/ Cy/b - Cy/o ROI- buxgalteriya asosidagi investitsiya rentabelligi EBIT – bank kredit to‘lovlari va soliq to‘lovlaridan oldingi foyda T – unifikatsiyalangan (yagon) soliq Cy/b - Cy/o – yil boshidagi va yil yakunidagi kapital qiymati. Ko‘rinib turibdiki, loyihaning foydalilik darajasi soliq va kredit foizini to‘lashdan oldingi foyda ko‘rsatkichida ko‘rinadi. Ko‘p hollarda tijorat banklari loyihani samaradorlik darajasini hamda kreditni qaytarib berish quvvatini aniqlashda bu ko‘rsatkich 30% dan yuqori bo‘lishini nazarda tutadi. Bu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa kreditni qaytarish koeffitsiyenti yuqori deb tushuniladi. bob bo‘yicha qisqa xulosalarMoliyaviy tahlilning maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligi barcha loyiha ishtirokchilari aniq bilishlari shartmi? Moliyaviy tahlilning yondashuvlari va ko‘rsatkichlarini bilish kerak. Ular loyihani kelgusida bir tekis amalga oshirilishini ta’minlaydi va sifatini belgilaydi. Loyiha ishlab chiqishda moliyaviy tahlil muammolari identifikatsiya va tahlil qilinadi. Moliyaviy tahlil tegishli tahlil komponentlari bo‘lib, uning har bir komponentini maqsadi, ko‘rsatkichlari, ularni hisoblash usullari mavjud. Moliyaviy tahlilda eng asosiy baholovchi ko‘rsatkichlar NPV, PI, IRR, shuningdek PP, ROI, DPP, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va uning doimiy xarajatlari (FC), o‘zgaruvchan xarajatlari (VS), annuitetlar, investitsiya amortizatsiyasi, foyda va zararsizlik nuqtasi (BEP), kabi ko‘rsatkichlar hisoblab, tahlil qilinadi. Moliyaviy tahlilda loyihani amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarining maqbul varianti ham aniqlanadi. Manbalar asosan o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lariga bo‘linadi. Qarzni olishda qaytara olish va aylanma mablag‘larga ehtiyoj chuqur tahlil qilib qaror qabul qilinadi. Moliyaviy tahlilda loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy tahlili alohida komponent qilib olinishi mumkin. Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy holati sog‘lom bo‘lishi shart. Loyihani moliyaviy jihatdan tahlil qilishda foyda va zarar hisoboti, pul oqimlari hisoboti va yillik balansdan keng foydalaniladi. Shu sababli, yuqoridagi moliyaviy hisobotlarni tahlil qilishni bilish muhimdir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling