O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Qaltisliklarni boshqarish usullari


Download 0.69 Mb.
bet93/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Qaltisliklarni boshqarish usullari


Qaltisliklarni boshqarishning ko‘p qo‘llaniladigan aniq usullari quyidagilar:



  1. Qaltislikdan qochish yoki inkor qilish. Kompaniyalar ishida qochish mumkin bo‘lmagan katta qaltisliklar mavjud bo‘ladi. Bunday qaltisliklarni biroz kamaytirish mumkin, ammo bu ularning ta’sir kuchini kamaytirmaydi.

  2. Qaltisni o‘ziga olish. Uning mohiyati – zararlarni xususiy moliyaviy imkoniyatlar asosida qoplashdir.

  3. Qaltislikni oldini olish. Bu usulda ular yuzaga kelishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar qilinadi.

  4. Zararni kamaytirish. Bu usulning mohiyati zararlarni kama- ytirishga qaratilgan.

  5. Sug‘urtalash. Bu usul qaltislik boshqaruvida eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biridir.

  6. O‘z-o‘zini sug‘urta qilish usuli, ya’ni zararlarni qoplashga qaratilgan shaxsiy suurta fondlarini tuzishga qaratilgan.

  7. Qaltislikni boshqaga o‘tkazish usuli shuni anglatadiki, firma o‘zidagi ehtimoliy qaltislik, zararni boshqa firmaga o‘tkazadi.



    1. Qaltislik uchun mukofot


Loyiha qaltisligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning daromadli bo‘lish darajasiga talab ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Chunki katta qaltislikni olishga faqat katta foyda sabab bo‘lishi mumkin.


Shuning uchun qaltislik loyihalarni baholashda diskontlash darajasi oshiriladi, ya’ni haqiqiy foiz stavkasiga «qaltis uchun mukofot» ham qo‘shiladi. NPV, IRR va boshqa ko‘rsatkichlar yangi diskontlash darajasi bo‘yicha hisoblanadi va solishtiriladi. Bu esa investistiya loyihalarini baholashda qaltislikni ham hisobga olishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston hukumati bilan Jahon bankining “O‘zbekistonda paxtachilik industriyasini rivojlantirish” (1995-y.) loyihasida haqiqiy stavka 7% atrofida bo‘lgan, lekin o‘sha davrda iqtisodiyotning riski yuqori bo‘lganligi sababli «qaltis uchun mukofot» ham qo‘shilgan
holda investitsiya loyihalari 10% stavka bilan samaradorligi hisob- langan edi.



    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling