O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


XIV bob bo‘yicha qisqacha xulosalar


Download 0.69 Mb.
bet96/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

XIV bob bo‘yicha qisqacha xulosalar





    1. Investitsiya loyihalari uchun qaltislik – bu loyihalarda ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishmaslik ehtimolidir. Buning natijasida investorlarning loyihani moliyalashtirishga bo‘lgan qiziqishi pasayadi yoki loyiha umuman qiziqtirmay qolishi mumkin.

    2. Firmada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qaltisliklar turli xil, lekin asosan ularning ikki turi ko‘riladi:

  • Moliyaviy qaltisliklar. Investitsiyaga kiritilgan moliyaviy aktivlarni o‘z vaqtida va kutilgan miqdorda qaytib kelmasligi. Natijada foyda normasini kamayishi, kreditlarni qaytib kelishi muammolari paydo bo‘ladi.

  • Firma xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq qaltisliklar. Misol uchun: loyiha boshqaruvida uquvsizlik va malakasizlik.

    1. Qaltisliklarni boshqarishning ko‘p qo‘llaniladigan aniq usullari quyidagilar:

  • Qaltislikdan qochish yoki inkor qilish. Kompaniyalar ishida qochish mumkin bo‘lmagan katta qaltisliklar mavjud bo‘ladi. Bunday qaltisliklarni biroz kamaytirish mumkin, ammo bu ularning ta’sir kuchini kamaytirmaydi.

  • Qaltisni o‘ziga olish. Uning mohiyati – zararlarni xususiy moliyaviy imkoniyatlar asosida qoplashdir.

    • Qaltislikni oldini olish. Bu usulda ular yuzaga kelishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar qilinadi.

    • Zararni kamaytirish. Bu usulning mohiyati zararlarni kamaytirishga qaratilgan.

    • Sug‘urtalash. Bu usul qaltislik boshqaruvida eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biridir.

    • O‘z-o‘zini sug‘urta qilish usuli, ya’ni zararlarni qoplashga qaratilgan shaxsiy sug`urta fondlarini tuzishga qaratilgan.

    • Qaltislikni boshqaga o‘tkazish usuli shuni anglatadiki, firma o‘zidagi ehtimoliy qaltislik, zararni boshqa firmaga o‘tkazadi.

    1. Qaltislik loyihalarni baholashda diskontlash darajasi oshiriladi, ya’ni haqiqiy foiz stavkasiga «qaltis uchun mukofot» ham qo‘shiladi.

Biznes rejani tuzishda qaltisliklarni aniqlab ularni boshqarish usullarini ham ishonarli ko‘rsatib berish zarur. Qaltisliklarni boshqrishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin.

  1. Download 0.69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling