Loyihalarning qaltislikka chidamliligi – bu loyihaning zarar ko‘ra boshlash imkoniyatidan qanchalik uzoqligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichdir. Ya’ni loyihaning rejalashtirilgan yoki mavjud darajasidan ahvol qanchalik yomonlashganda ham loyiha zarar keltirmasligidir. Demak, bu oraliq qancha uzoq bo‘lsa loyihanig qaltisga chidamliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Buni aniqlashda quyidagi uchta ko‘rsatkichdan foydalaniladi:
Zararsizlik nuqtasi (BEP).
Xavfsizlik chegarasi (margin of safety).
Ichki daromad stavkasi (IRR internal rate of return).
Zararsizlik nuqtasi miqdorda =FC/P-VCpu
P (price) –bir birlik mahsulot bahosi; FC (fixed cost) – doimiy xarajatlar;
VCpu (variable cost per unite) – bir birlik xarajatga qilinadigan o‘zgaruvchi xarajatlar ( birinchi yondashuv).
Zararsizlik nuqtasini (BEP) aniqlash quyidagi ma’lumotlarni keltirib chiqrib olish lozim (ikkinchi yondashuv).
Zararsizlik nuqtasini aniqlash usuli quyidachi formula yordamida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |