O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Iqtisodiy tahlilda yashirin baholar


Download 0.69 Mb.
bet88/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Iqtisodiy tahlilda yashirin baholar


Jamiyat nuqtayi nazaridan qaraganda loyiha mahsulotini sotish yoki resurslarini sotib olish baholari doim ham xarajatlar va daromadlarning maqbul darajasini ko‘rsata olmaydi. Masalan, baholar ularga soliq to‘lashga ketgan xarajatlar qo‘shib yuborilishi natijasida oshirib yuborilishi yoki davlat subsidiyasi ta’sirida pasaytirib yuborilishi mumkin. Iqtisodiy tahlil uchun, ikki yoqlama hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, baholarni bu elementlardan tozalash kerak.


Iqtisodiy tahlilda baholarni tozalash uchun hisoblab topilgan, ya’ni boshqacha aytganda yashirin (soyadagi) baholardan foydalaniladi. Yashirin baholarni aniqlashda ichki bozorda baholar yuqorida keltirib chiqaruvchi omillar mavjud bo‘lmagan paytda qanday bo‘lar edi, degan shartga asoslaniladi. Yashirin baholarni aniqlashning eng oddiy uslubi jahon narxlarini olib, bir necha usullarni qo‘llagan holda, so‘mda qayta hisoblab chiqishdir.


    1. Manfaatlar va xarajatlarni o‘lchash uslublari va muammolari


Loyihadan olinadigan manfaat (foyda)ni doim ham to‘liq miqdoriy baholash mumkin emas. Masalan, loyiha natijasida yo‘l harakati xavfsizligi yoki tibbiyot xizmati yaxshilanishi tufayli aholi sog‘ligini yaxshilanishini baholash juda qiyin.


Agar loyiha umumiy foydalanish uchun qulaylik yaratsa (tozalash inshootlari, jamoat markazlari) olinadigan manfaatni alohida
iste’molchining to‘lashga tayyorligi to‘g‘risidagi ma’lumotga asoslanib baholab bo‘lmaydi.
Resurslar hududiy taqsimlanishining yaxshilanishi, mamlakat ichidagi (milliy) integratsiyaning kuchayishi kabi loyihadan olinadigan bir qancha o‘lchab bo‘lmaydigan manfaatlar mamlakat ichida resurslarni joylashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Misol uchun Toshkent metallurgiya zavodining qurilishi natijasida uning iste’molchilari manfaatdor bo‘ldi. Ular sifatli va arzon metallurgiya mahsulotlarini kam vaqt va ma’muriy to‘siqlarsiz (misol uchun bojxona) sotib oladigan bo‘ldi.
Lekin loyihaning o‘lchab va baholab bo‘lmaydigan ijobiy va salbiy tomonlari ham mavjud. Iqtisodiy tahlilda ular ma’lum farazlar va talablar bilan uzviy bog‘liqda tahlil qilinadi.
Quyida davlat tomonidan aholiga va korxonalarga subsidiyalar va nafaqalarni harakati sxematik ifodalangan.
Aniq loyihani bu sxemaga aloqadorligi va uning o‘lchanishi va taqqoslanishi, tahlil asosda tegishli xulosalar qilinishi ker

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling