VAZIRLAR: - 1991-1998 — Shavkat Karimov
- 1998-2009 — Feruz Nazirov
- 2009-2012 — Adham Ikromov
- 2012-2016 — Anvar Alimov
- 2016-2017 — Adham Ikromov
- 2017-2020 — Alisher Shodmonov
- 2020-2021 — Abduhakim Hojiboyev
- 2021-2022 — Behzod Musayev[6]
- 2022-yildan — Amrillo Inoyatov
Комплаенс-назорат - Komplaens, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 oktabrdagi “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4847-sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanuvchi Xizmat bevosita Sog‘liqni saqlash vaziriga bo‘ysunadi.
- Vazirlik va uning tarkibidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ichki audit va moliyaviy nazorat tizimini joriy qilish va uni nazorat qilish bo‘yicha uslubiy rahbarlik qilish Xizmatning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Xizmatning asosiy vazifalari: - Vazirlik tassarrufidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;
- – korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borish;
- – Vazirlik tassarrufidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlarda budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning noqonuniy sarflanishi va talon-taroj qilinishi holatlarini aniqlash, profilaktika qilish va oldini olishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |