O 'zbekiston Respublikasi sog' liqni saqlash vazirligi va tuzilmasi


Download 11.18 Kb.
bet2/4
Sana15.11.2023
Hajmi11.18 Kb.
#1777088
1   2   3   4
Bog'liq
12 мавзу

Vazirlik haqida

  • Vazirlik yuridik shaxs bo‘lib, o‘ziga tegishli mulkni, kirim – chiqim harajatlarini, bankdagi hisob –kitoblarni boshqarish va o‘z nomi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi gerbining tasviri tushirilgan muhrga egalik qilish huquqiga ega.

Vazirlikning asosiy vazifalari va funksiyalari

aholiga, shu jumladan, davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda to‘liq va o‘z vaqtida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlashda Vazirlikning organlari va tashkilotlari roli va mas’uliyatini oshirishga yo‘naltirilgan fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; jamoat sog‘lig‘ini saqlash ustuvorligini ta’minlash, aholini sog‘lom turmush tarzini yuritishga undash, eng avvalo, o‘z sog‘lig‘i va atrofidagilarning sog‘lig‘i uchun mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalashda aholining madaniyati va tibbiy savodxonligini oshirish

Vazifalari:

millatning genofondini yaxshilash maqsadida sog‘lom avlod tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, oilada tibbiy madaniyatni, umrning sifati va uzoq davom etishini oshirish, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

Vazifalari:

  • bevosita birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tashkilotlarida qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam hajmlarini kengaytirish, asosiy, tez-tez uchraydigan kasalliklar turlari bo‘yicha tuman bo‘g‘ini darajasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar tizimini barpo etishda amaliy yordam berishni tashkil etish;

Vazifalari:

  • ham tibbiy yordamni xizmat ko‘rsatilayotgan aholiga yaqinlashtirish, ham axborot texnologiyalarini, teletibbiyotni, davolashning klinik protokollarini keng joriy etish hamda yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislarning tajribasini mintaqaviy tibbiyot muassasalarining tibbiyot xodimlariga berish hisobiga aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi, tez, kechiktirib bo‘lmaydigan va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning qulayligi va tezkorligi darajasini oshirish;

Download 11.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling