Oavda mualliflik huquqi va uning xalqaro va milliy qonunchilikda kafolatlanishi bo'yicha nimalarni bilasiz?


Download 27.2 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi27.2 Kb.
#1301921
Bog'liq
MEDIA HUQUQI VA ETIKASI




1.OAVda mualliflik huquqi va uning xalqaro va milliy qonunchilikda kafolatlanishi bo'yicha nimalarni bilasiz?
Mualliflik huquqi (ingl. copyright) g‘oya (fikr) yoki ma’lumotning ma’lum bir ko‘rinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi ekskluziv huquqlar majmuidir. Umumiy qilib aytganda, so‘zma-so‘z „ko‘chirish (nusxa olish)ga bo‘lgan huquq“dir. Asosan, bu huquqlar cheklangan muddatli bo‘ladi. Mualliflik huquqi belgisi © bo‘lib, ba’zi bir yurisdiksiyalarda qo‘shimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin.
Mualliflik huquqi „asarlarning“ keng turdagi kreativ, intellektual, artistik shakllarida namoyon bo‘lishi mumkin. Ushbular qatoriga she’rlar, tezislar, sahna asarlari va boshqa adabiyot asarlari, filmlar. xoreografik asarlar (raqs, balet), musiqiy kompozisiyalar, audio yozuvlari, rasmlar, chizmalar, skulpturalar, fotorasmlar, EHM dasturlari, radio va tele ko‘rsatuvlari, va ba’zi yurisdiksiyalarda sanoat dizayni kiradi. Dizayn yoki sanoat dizayni ba’zi yurisdiksiyalarda ularni tartibga soluvchi alohida qonunchilik yoki umumiy qonunchilikka ega bo‘lishi mumkin. Mualliflik huquqi intellektual mulk huquqi tizimiga kiruvchi huquq sohasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi faqat fikr yoki ma’lumotning „material(moddiy)“ ifodalangan shaklini qoplaydi. U mualliflik huquqi asarida mujassamlangan yoki unga asos bo‘lgan haqiqiy fikr, g‘oya, konsepsiya, faktlar, yo‘nalish (stil’) yoki qoida (tehnika)ni himoylamaydi va himoyalashga qaratilmagan ham. Masalan, Disneyning mashhur Chip va Deyl multfilmidagi obraz, deylik Chip mualliflik huquqi tomonidan himoya qilingan. Lekin, bu himoya aynan o‘sha multfilmdagi Chipning qiyofa, mimika, kiyinishiga nisbatan bo‘lib, istagan boshqa bir insonning olmahon personaji asosida multqahramon yaratishdan cheklab qo‘ymaydi. Ba’zi yurisdiksiyalarda mualliflik huquqi bilan himoya qilinga asarlarning izohli yoki satirik qilib qayta ishlanishiga ruhsat beriladi. Mualliflik huquqlari ba’zi mamlakatlarda Bern Konvensiyasi kabi xalqaro shartnomalar bilan standartlashtirilgan bo‘lib, Evropa Ittifoqi hamda Jahon Savdo Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar a’zolaridan talab qilinadi.
MUALLIFLIK HUQUQI — keng ma’noda — fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, foydalanish va ququqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi; fuqarolik huquqining bir bo‘limi. Top ma’noda — asar muallifiga tegishli bo‘lgan va qonunlarda mustahkamlanib qo‘yilgan shaxsiy va mulkiy huquklar tizimini tashkil etadi. Mualliflik huquqi h – bo‘yicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinadi.
Mualliflik huquqi h – bo‘yicha 1952 y. gi Jahon (Jeneva) konvensiyasi hamda adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi (1886) mavjud. Bern konvensiyasi Mualliflik huquqini himoya qilishning qat’iy tizimini o‘zida ifodalaydi. O‘zbekistonda Mualliflik huquqining asosiy normalari O‘zR Fuqarolik kodeksi (1041 — 1073moddalar) va
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qo‘lyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va h. k.)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari ham Mualliflik huquqi ob’yekti hisoblanadi. Muallif o‘z asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida e’tirof etilishi huquqi; asarni o‘z ismi, taxallusi yoki anonim tarzda e’lon qilish huquqi; asar daxlsizligiga bo‘lgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni e’lon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi. Asardan muallif yoki uning merosxo‘ri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini to‘lamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfa-atlariga putur yetmaydigan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani ko‘rsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan ilmiy tadqiqotlarda, ta’lim va o‘quv nashrlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki to‘liq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga bo‘lgan Mualliflik huquqi u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi. Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyingi yilning 1 yanv. dan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafotidan keyingi Mualliflik huquqi uning merosxo‘rlariga tegishli bo‘ladi va meros bo‘yicha bir shaxsdan 2-shaxsga o‘tadi. Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, ya’ni har qanday shaxs mualliflik haqini to‘lamagan holda erkin foydalanishga hakli. Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquklari muddatsiz amal qiladi.
Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat (ko‘chirmachilik, madaniy o‘g‘irlik), asardan muallif ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish (madaniy qaroqchilik) kiradi. Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquklarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni to‘lashi lozim. Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar (asarning kontrafakt nusxalari) yo‘qqilibtashlanadi. Mualliflik huquqi egasi o‘ziga tegishli xuquklarni o‘z xohishiga ko‘ra shaxsan amalga oshirishga haqlidir. Hukuq egasidan boshqa shaxslar Mualliflik huquqi larini faqat huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin (mas, ishonchnoma orqali). Mualliflik huquqi egalari o‘z zimmasiga Mualliflik huquqi larini boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Muallifning o‘z asariga nisbatan mutlaq huquqlari (mulkiy huquklar) tijorat muomalasida harakatda bo‘lishi, haq evaziga boshqa shaxslarga to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi, hadya qilinishi mumkin. O‘zR Jinoyat kodeksida Mualliflik huquqini o‘zlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan (yana q. Intellektual mulk huquqi). Mualliflik huquqini muhofaza etishni tashkiliyhuquqiy ta’minlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun O‘zbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat ko‘rsatadi.


2.Kasb etikasi kodekslaridagi aks etgan asosiy tamoyillar nimalardan iborat?

Inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan demokratik jamiyatni so‘z va axborot erkinligisiz tasavvur etib bo‘lmasligini e’tirof etib, biz — O‘zbekiston Jurnalistlari mazkur kasb etikasi kodeksini (keyingi o‘rinlarda – Kodeks) qabul qildik.


Kodeks Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi (BMT Bosh Assambleyasi, 1948 yil), Jurnalistikada kasb etikasi xalqaro prinsiplari (YUNESKO, 1983 yil), Jurnalistlar odob-ahloqi prinsiplari xalqaro deklarasiyasi (Xalqaro jurnalistlar federasiyasining kongressi, 1954 yil) va O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda qonunchiligi inobatga olingan holda ishlab chiqildi.
Kodeks jurnalistlar va barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda rioya etishi shart bo‘lgan ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlarni belgilaydi.
1.JURNALISTNING KASB MAJBURIYATI
Haqqoniylik, xolislik, adolat, fikrlar xilma-xilligi va inson huquqlariga hurmat O‘zbekiston jurnalistlari faoliyatining asosiy qoidasi hisoblanadi.
Jurnalist o‘zining so‘z va axborot erkinligini ta’minlash yo‘lidagi faoliyati jamiyat oldidagi burchi ekani va uning materiallari jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi kerakligini to‘liq anglaydi.
Jurnalist O‘zbekistonning amaldagi qonunlari va xalqaro huquq normalariga asoslanib ish olib boradi, media makonda ijtimoiy mas’uliyat muhitini yaratgan holda sohada o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini vujudga keltirish va mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi, jurnalist obro‘-e’tibori va sha’nini himoya qiladi.
2. JURNALISTNING IJTIMOIY MAS’ULIYATI
Jurnalist jamiyat uchun axborot to‘plashi, tayyorlashi, tarqatishi, shuningdek fuqarolarning o‘z fikrlarini bildirishlari uchun erkin maydon yaratadi.
3. BETARAFLIK VA XOLISLIK
Jurnalist betaraf bo‘lishi, voqea-hodisalarni xolisona va haqqoniy yoritishi, muomala madaniyati va ochiqlik tamoyillariga amal qiladi.
Jurnalist o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda axborot olishning qonunga zid usullaridan foydalanmasligi (qo‘rqitish, ta’magirlik, tovlamachilik, ig‘vogarlik, mukofot va’da qilish yoki odob-axloq normalariga zid boshqa usullardan foydalanish), shuningdek o‘z xizmat vakolatlaridan shaxsiy maqsadlari yo‘lida foydalanmaydi.
Jurnalist har qanday sharoitda ham yolg‘on axborot e’lon qilmasligi, dalillarni buzib ko‘rsatmasligi va ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni ataylab yashirmaydi.
4. AXBOROTNING ISHONCHLILIGI
O‘zi tarqatayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etish jurnalistning majburiyatidir. Jurnalist haqqoniyligiga ishonch hosil qilgan axborotnigina tarqatadi va sharhlaydi (kamida ikkita mustaqil manba orqali axborotni tekshirib ko‘rishi tavsiya etiladi).
Ishonchsiz va dalillarga asoslanmagan axborot tarqatgan taqdirda jurnalist zudlik bilan o‘z xatosini tan olishi, uzr so‘rab, xatosini tuzatish chorasini ko‘radi.
Jurnalist fikr va nuqtai nazar xilma-xilligini hurmat qiladi.
5. AXBOROT MANBAI VA UNING MAXFIYLIGI
Jurnalist jismoniy yoki yuridik shaxslarning axborot taqdim etishni rad etish yoki taqdim etishdan tiyilish huquqini tan oladi.
Jurnalist axborot manbaining ruxsatisiz ma’lumotlarni oshkor qilmasligi, axborotdan g‘arazli yoxud uchinchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab foydalanmaydi.
Jurnalist maxfiy yo‘l bilan olingan axborot manbaiga nisbatan kasb sirini saqlaydi. Jurnalistdan axborot manbani oshkor etishga majburlashga hech kimning haqqi yo‘q.
6. MILLIYLIK VA MA’NAVIYAT
Jurnalist qanday mavzuga qo‘l urmasin milliy o‘ziga xoslik, milliy ma’naviyat va axloqiy qadriyatlarga, shu bilan birga boshqa millat va elatlarning urf-odat va madaniyatiga nisbatan hurmat saqlaydi. Materialni tarqatishda adabiy til qoidalariga amal qiladi.
Jurnalist hech bir xalq va elatning milliy, diniy yoki irqiy kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Jurnalist mamlakatning axborot makonidagi nufuzi va jahon axborot maydonidagi imijiga putur yetkazmaslikka intiladi.
7. SHAXSIY HAYOTGA HURMAT. SHAXS SHA’NI VA QADR-QIMMATINI HIMOYALASH
Jurnalist odamlarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini hurmat qiladi. Shaxs sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Jurnalist odamlarning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni faqat ularning roziligi va hujjatlarning sir saqlanishiga rioya qilgan holda e’lon qiladi.
Jurnalist noqonuniy yo‘l va nomaqbul vositalar yordamida odamlarning shaxsiy hayoti haqida axborot to‘plash, ovoz yozib olish va materiallar to‘plashi mumkin emas.
Jurnalist jinoiy ishni yorituvchi materialni tayyorlayotganida aybsizlik prezumpsiyasiga amal qiladi.
8. PLAGIAT
Jurnalist o‘z faoliyatida plagiatga yo‘l qo‘ymaydi. Plagiat (ko‘chirmakashlik) hech bir havola ko‘rsatmay o‘zga manbaning matni, ovozi, kadri hamda tasvirini o‘zlashtirib olishdir.
Jurnalist boshqa ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar muallifligidagi materiallardan foydalanganida yoki ularga murojaat qilganida aniq manbani ko‘rsatishga burchlidir.
9. JURNALISTLAR BIRDAMLIGI
Jurnalistlar kasbiy birdamlik talablariga rioya qiladilar. Jurnalist professional obro‘-e’tiboriga putur yetkazadigan va ijtimoiy burchiga zid bo‘lgan ishlarga qo‘l urmaydi, ommaviy axborot vositalaridan g‘arazli maqsadlarda va hamkasblari o‘rtasida kelishmovchiliklar keltirib chiqarish yo‘lida foydalanmaydi.
Professional faoliyati uchun ta’qib ostiga olingan jurnalist jurnalistlar birdamligi tuyg‘usi va prinsiplaridan kelib chiqqan holda hamkasblari himoyasida bo‘ladi.
10. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI BO‘YICHA JAMOATCHILIK KENGASHI
Jurnalist kasb etikasi talablari va me’yorlari buzilish holatlarini kuzatish, tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish maqsadida ommaviy axborot vositalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuziladi.
Jamoatchilik kengashi nizomi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi konferensiyasida tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi yetti kishidan iborat tarkibda besh yillik muddatga O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi konferensiyasida saylanadi.
Jamoatchilik kengashi:
— milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan (tarqatilgan) materiallarni jurnalistning kasb etikasi me’yorlari nuqtai nazaridan o‘rganadi, tahlil qiladi, baholaydi, xulosa chiqaradi;
— jurnalistlik faoliyati bilan bog‘liq bahsli holatlarga oydinlik kiritilishida yordamlashadi;
— Kodeks me’yorlariga rioya etilmaslik holatlari yuzasidan taqdim etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi;
jurnalist kasb etikasiga taalluqli boshqa masalalarni jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Jamoatchilik kengashining qarori Ommaviy axborot vositalarida chop etiladi.
Jamoatchilik kengashi qarori jurnalistni intizomiy, ma’muriy yoki boshqa turdagi javobgarliklarga tortish uchun asos hisoblanmaydi, u tavsiya xususiyatiga ega.
3.Internet jurnalistikasida adovat tilining qo'llanilishi, netiketga amal qilinmasligini huquq va etika nuqtai nazaridan tahlil qiling.


"Adovat tili"ning tarqalish doirasi, kursimizning oldingi darslarida ko‘rib o‘tganimizday, nihoyatda keng: ushbu tilning so‘z boyligi rasmiy ishbilarmonlik aloqalarida (siyosatchilar yoki jamoat arboblarining nutqlarida) ham, professional darajada ham(masalan, jurnalistlarning shaxsiy bayonotlari, akademik, pedagogik, mutaxassis jamoatchilik vakillarining ijtimoiy tarmoqlarida) va kundalik hayotda (oilada, turmush o‘rtoqlar orasida, bolalar, hamkasblar suhbatida) va boshqa norasmiy muloqotda ko‘chada, transportda, va boshqa muloqot turlarida ishlatiladi. "Adovat tili" nafaqat "sariq" deb nomlangan matbuotda, balki juda obro‘li va xurmatli ommaviy axborot vositalarida ham uchraydi. Adovat tilini ishlatish xavfi aniq belgilangan. Shuningdek "adovat tili" nafaqat demokratiya (kimdir uchun mavhum yoki begona), balki inson huquqlari, bag‘rikenglik va madaniyatlararo muloqot qadriyatlariga nisbatan e’tiborsizlikka, ularni mensimaslikka olib keladi. Yana bir xavfi shundaki, u adovatga oid aniq jinoyatlarni qo‘zg‘atadi. Adovat tili tadqiqotchisi Yu.V. Shcherbininaning ta’kidlashicha, "adovat tili" "sezilmasdan zamonaviy muloqotning universal tiliga ay- «ADOVAT TILINI» QO‘LLANISHDAGI ESLATMALAR: USULLARI VA VOSITALARI lanadi, kundalik muloqot darajasidan tezda ijtimoiy umumlashmalar darajasiga ko‘tariladi, u chegara va qo‘rg‘onga ega emas, chunki u butun nutq maydonini, barcha aloqa sohalarini qamrab oladi". Muallif buning sababini "globallashuv davrida etnik guruhlar va hududlarning chegaralari xiralashganligi, o‘ziga xosliklar yo‘qolganligi, farqlar tekislanganligi" da deb biladi. Yoshlar "adovat tili"ning tashvqotchisi bo‘lmaslikni, tashuvchisi bo‘lmaslikni, uning iskanjasiga ilinib qolmaslikni va "adovat tili" qurboniga aylanmaslikni o‘rgana oladimi? Muloqotimizda bunday til paydo bo‘lishining oldini qanday olishimiz mumkin? Bo‘lajak ekspert qatori qanday qilib tilshunoslik, ommaviy axborot vositalari, muloqotlar, huquq sohalarida mutaxassis bo‘lmasdan, "adovat tili" aniqlay olish, oldini olishi, yo‘q qilishinmumkin? Nima uchun umuman "adovat tili"ni sezish (ko‘rish, eshitish), aniqlay olish muhim? Birinchidan, "adovat tili" axloqiy mansubligi, e’tiqodi, jinsi, yoshi, ma’lumoti, mavqei, yashash joyi va boshqalardan qat’iy nazar har qanday odamga ta’sir qilishi mumkin. Ikkinchidan, "adovat tili" ning o‘ziga xos leksik vositalariga ega ekanligini unutmaslik kerak, ya’ni bu 108 to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq yoki yashirin nutq tajovuzkorligini ifoda etadigan va salbiy bahoni o‘z ichiga olgan so‘zlar, iboralardan iborat. 2018 yil sentyabr oyida qirg‘iz qo‘shiqchisi Zere “Qiz” qo‘shig‘iga videoklip chiqardi. Qo‘shiqda u qizlarga qanday yashashni aytmaslik haqida kuylaydi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari orasida uni qoralaganlar ko‘p bo‘ldi: uning tashqi qiyofasi va kiyimini tanqid qilishdan tortib to jismoniy zo‘ravonlik tahdidigacha. "Adovat tili" tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, zamonaviy tilshunoslikda leksik vositalarning "adovat tili"ga taalluqli ikki guruhi mavjud. Ushbu so‘zlar dunyoning istalgan tilida uchraydi. Birinchi guruhga salbiy bahoni ifodalovchi leksik vositalar kiradi: uslubiy jihatdan qisqartirilgan lug‘at, vaqti-vaqti bilan ishlatilgan so‘zlar, tajovuzkor metafora va boshqalar. Ikkinchi guruh muloqot vositalari bilan ifodalanadi, masalan, salbiy ma’lumotlardan moyil foydalanish, istehzo, istehzoga aylanish va hk. Bunday so‘z boyliklarini bilish, uni ko‘rish, o‘qish, har qanday matnda eshitish qobiliyati, xoh ijtimoiy tarmoqdagi qisqa post, xoh siyosiy plakat, xoh jurnalistik material, xoh siyosatchi, jamoat arbobining nutqi, oddiy fuqaroning oshxonasida bizga "adovati tili" borligini tushunishga imkon beradi va shunga mos ravishda unga munosabat bildiradi. Uchinchidan, adovat tilining oldini olish texnikasi ushbu darsda bilib olgan adovat nutqi tasnifiga asoslanadi. Agarda biz zo‘ravonlikni oqlash, zo‘ravonlikka chaqirish yoki kamsitish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatilgan so‘zlarni, iboralarni ko‘rsak, zo‘ravonlik yoki kamsitish ifodalangan umumiy shiorlarni o‘qisak, shuningdek zo‘ravonlik va kamsitish uchun yopiq chaqiriqlarni eshitsak, demak, biz "adovat tili"ga duch kelamiz.
Masalan, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda, ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risida jurnalistik nashrlarga berilgan izohlarda, "bu mening aybim" so‘zlari bilan tavsiflangan juda mashhur sharhni topishingiz mumkin. Bunday nutq burilishlari "adovat tili"ning namoyonidir, chunki bu zo‘ravonlik uchun bahona. Yana bir misol. Tojikistonlik Internet segmentidagi vaziyatni muhokama qilayotganda, Xitoy fuqarosi tojik-xitoylik zavodda vafot etganida, sharhlovchilar ularga "Ular mutaxassislar, mardikorlar emas, bundan tashqari, bu zavod xitoy puliga qurilgan", “Mahalliy aholidan mutaxassislar tayyorlanishi kerak "degan iboralarni aytishga ruxsat berishdi. Bunday holda, ma’lum bir etnik guruhga mansub odamlarning butun guruhi "adovat tili" ga duch keldi. Bugungi kunda ayrim siyosatchilar yoki oddiy fuqarolardan tarixiy kamsitish va zo‘ravonlik holatlarini oqlash so‘zlarini, ma’lum bir etnik guruhning jinoyati to‘g‘risida bayonotlarni tez-tez eshitish mumkin. Bunday nutq "adovat tili" ga ham tegishli. Mamlakatlarimizning har qanday ijtimoiy, fuqarolik guruhining obro‘sizlantirish maqsadida xorijiy fuqarolik, siyosiy va davlat tuzilmalari bilan aloqasi borligining 6-mavzu. «Adovat tili»ni qo‘llash bo‘yicha eslatmalar: usullari va vositalari Zamonaviy ommaviy axborot vositalarida hamda muloqot maydonida “Adovat tili” 109 belgisi ham "adovat tili" dir. Bu yerda davlat va mahalliy siyosatchilar fuqa - rolik tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining alohida rahbarlari va inson huquqlari himoyachilarini xo - rijiy agentlar deb nomlagan Qirg‘i - ziston ishini eslab o‘tish o‘rinli. Ushbu gipotezani ba’zi ommaviy ax - borot vositalari qo‘llab-quvvatladi - lar, bu esa Qirg‘iziston Respublika - sining barcha fuqarolik sektorining obro‘sizlanishiga olib keldi. Shuningdek, "adovat tili" tarkibiga har qanday etnik guruhning moddiy boylik, boshqaruv tizimlaridagi rah - barlarning va boshqalardagi nomu - tanosib ustunligi; har qanday ijti - moiy guruhning jamiyatga, davlatga salbiy ta’sirini ayblash to‘g‘risida - gi bahslar kiradi. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida "koronavirus - bu Xi - toy virusi" degan mashhur bayonotlar ham"adovat tili" ga tegishli. Ushbu bayon mantiqan garchi virus milla - ti yo‘q bo‘lsa ham, hamma narsa uchun xitoyliklar aybdor, degan xulosaga olib keladi Shu sababli, osiyo mansu - biga ega bo‘lgan odamlar endi bezovta - lanmoqda. 110 Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida zo‘ravonlikka qarshi lug‘at namunalari, kamsitish, adovat, nizo va xolislikka yo‘l qo‘ymaslik misollarini ko‘rishi mumkin. Masalan, bizning mamlakatlarimizdagi ba’zi ommaviy axborot vositalari nogironlar haqida to‘g‘ri materiallar nashr etmoqda. Afsuski, bu faqat markaziy shaharlar ommaviy axborot vositalariga tegishli. Biroq, mintaqalarda hali ham achinarli manzara kuzatilmoqda. Buning sababi, mintaqaviy jurnalistlar o‘rtasida maxsus tayyorgarlikning yo‘qligi. Onlayn jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlarda vaziyat murakkabroq. Bu yerda odatiy sezilar- sezilmas adovat tilidan hali ham foydalanilmoqda. "Adovat tili" bilan qanday kurashish kerak, bunga qanday munosabatda bo‘lish kerak? Birinchidan, bugungi kunda "adovat til"ni aniqlaydigan va unga qarshi kurashadigan onlayn xizmatlar va algoritmlar mavjudligini yodda tutishingiz kerak. Hatespeech.kg veb-sayti Qirg‘iziston Respublikasida 2020 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda mahalliy ommaviy axborot vositalari tomonidan "adovat tili" dan foydalanish tahlili keltirilgan. Ushbu xizmat yordami bilan har qanday matnda "adovat tili" mavjudligini tekshirish mumkin. Sayt barcha fuqarolarga, "ADOVAT TILI"GA QARSHI KURASHISH USULLARI, VOSITALARI ayniqsa jurnalistlarga yordam berish uchun maxsus "Tekshirish" funksiyasini yaratdi.
Download 27.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling