O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.83 Mb.
bet32/41
Sana11.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1454592
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
КОНСТ ЛОТ

Kremniyli rezistiv datchiklar. Kremniydan qarshilikning musbat harorat koeffitsiyentiga (MHK) ega bo‘lgan harorat datchiklarini tayyorlashda keng foydalaniladi. Hozirgi kunda kremniyli datchiklar ko‘pincha haroratni kompensatsiyalashni amalga oshirish yoki haroratni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash uchun mikrostrukturalarga kiritiladi. Shuningdek diskret kremniyli harorat datchiklari ham mavjud, masalan, KTU harorat detektori. Bunday datchiklar
yetarlicha yaxshi chiziqlilikka (uni oddiy termokompensatsion zanjirlar yordamida yaxshilash mumkin) va uzoq muddatli barqarorlikka (odatda yiliga 0,05K) ega. Kremniyli rezistorlarning MHK si ulardan qizdiradigan qurilmalarning xavfsizligini ta’minlaydigan tizimlarda foydalanish imkonini beradi: haroratning o‘rtacha ortishi (200 gacha) ularning qarshiligining ortishiga olib keladi, shu hisobdan o‘z-o‘zini himoyalash funksiyasi amalga oshadi.
Monokristall sof kremniy ham, polikremniy ham o‘zicha qarshilikning manfiy harorat koeffitsiyentiga (Manfiy HK) ega bo‘ladi. Biroq n-tipdagi aralashmalar bilan legirlangandan keyin, ma’lum bir harorat diapazonida uning harorat koeffitsiyenti musbat bo‘lib qoladi. Bu hodisa harorat pasayganda zaryad eltuvchilarning harakatchanligining pasayishi bilan izohlanadi. Yuqori haroratlarda erkin zaryad eltuvchilarning soni spontan ravishda hosil bo‘ladigan eltuvchilar hisobiga oshadi, shu sababli bu harorat diapazonida kremniyning o‘zining yarim o‘tkazgichlik xususiyatlari ustivor bo‘ladi. Shunday qilib, 200 dan past haroratlarda kremniyning solishtirma qarshiligi MHK ga ega bo‘ladi, 200 dan yuqori haroratlarda esa u manfiy bo‘lib qoladi. KTU datchik n-tipdagi 500500240 mkm o‘lchamli kremniy kristallidan tashkil topadi, uning bir tomoniga metall qoplangan, boshqa tomonida esa kontakt maydonchasiga ega. Datchikning bunday konstruksiyasida qarshilikning “cho‘zilishi” hodisasi vujudga keladi, buning natijasida kristallning ichida tokning konussimon taqsimlanishi qaror topadi, u tavsiyalarning ishlab chiqarishdagi yo‘l qo‘yilishlarga bog‘liqligini sezilarli darajada pasaytiradi. Katta toklar va yuqori haroratlarda KTU tokning yo‘nalishiga ham sezgir bo‘lib qoladi. Bu muammoni hal qilish uchun juftlashgan datchik qo‘llaniladi, unda ikkita sezgir element bir-biriga qarama-qarshi qilib ketma-ket ulanadi. Bunday datchiklardan ko‘pincha avtomobillarda foydalaniladi.
MHK ga ega bo‘lgan kremniyli datchikning tipik sezgirligi 0,7%/ atrofida bo‘ladi, ya’ni harorat 1 ga o‘zgarganda uning qarshiligi 0,7% ga o‘zgaradi. KTU datchikning uzatish funksiyasini ikkinchi tartibli polinom bilan approksimatsiyalash mumkin:
(5.21)

Bunda va - etalon nuqtada o‘lchangan qarshilik (Omlarda) va harorat (Kelvinlarda). Masalan, KTU-81 datchiklarning ishchi diapazoni -55...+150 , A = 0,007874K-1, B= 1,874x10-5K-2 ni tashkil qiladi.
Termistorlar. Termistor atamasi ikkita – issiqlik va rezistor so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Bu nom, tomchi, o‘zak (sterjen),ssilindr, to‘g‘ri burchakli plastinka va qalin plenka shakliga ega bo‘lgan metall-oksidli detektorlarga berilgan. Termistorlar absolyut harorat datchiklari klassiga kiradi, ularning ko‘rsatkichlari absolyut harorat shkalasiga mos keladi. Barcha termistorlar ikkita toifaga bo‘linadi: qarshilikning manfiy harorat koeffitsiyentiga (Manfiy HK) va musbat harorat koeffitsiyentiga (MHK) ega bo‘lgan termistorlar. Pretsizion o‘lchashlarni o‘tkazish uchun faqatgina Manfiy HK ga ega bo‘lgan termistorlardan foydalaniladi.



Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling