O‘bekiston respublikasi


Download 1.56 Mb.
bet12/54
Sana19.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1366629
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
Bog'liq
СТ лотин

umumiy texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;

  • (3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

  • Oldingi tahrirga qarang.

  • maxsus texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;

  • (3-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

  • Oldingi tahrirga qarang.

  • savdodagi texnik to‘siqlar — mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud bo‘lgan tafovutlari yoki o‘zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan to‘siqlar.

  • (3-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

  • 4-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari

  • Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;

  • atrof muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;

  • savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;

  • mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.

  • 5-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari

  • Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • texnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi;

  • texnik reglamentlarni qo‘llashning bir xilligi;

  • texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;

  • texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi.


  • Download 1.56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling