10-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari yuzasidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarini tuzadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
101-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning huquqiy ekspertizasi
Davlat boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi va ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qo‘yiladi, bundan umumiy texnik reglamentlar mustasno.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga huquqiy normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan umumiy texnik reglamentlar mustasno.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |