O‘bekiston respublikasi
Turizm sohasida yangi standart qabul qilindi
Download 1.56 Mb.
|
СТ лотин
Turizm sohasida yangi standart qabul qilindiO‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (“O‘zstandart”) agentligining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK tomonidan ishlab chiqilgan yangi davlat standarti tasdiqlandi. YAngi O`z DSt 37.001-2020 standarti “Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Turistik industriya ob’ektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko‘rsatishga doir tavsiyalar”ni o‘z ichiga olgan. Standart Sayohat va turizm bo‘yicha xalqaro kengashning (WTTC) “Safe Travels: Global Protocols & Stamp for the New Normal” bayonnomalari, Ispaniyaning “Medidas para la reducción del contagio por el coronavirus SARSCoV-2 Instituto para la Calidad Turística Española (ICTE)” va Turkiyaning “Assessment form on Covid-19 and hygiene practices applied during pandemic for accommodation and food & beverage facilities” hujjatlari asosida ishlab chiqildi. Ushbu standart turizm xizmatlarini taqdim qiladigan tashkilotlar tomonidan qo‘llanishi uchun mo‘ljallangan. YAngi standart infeksion kasalliklarning ommaviy tarqalishi (epidemiya, pandemiya) va undan keyingi davrda turistik industriya ob’ektlari ishchi va xodimlarining salomatligini himoya qilish uchun maqbul mehnat sharoitini va jarayonini tashkil etish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, sayyohlarning salomatligini ta’minlash maqsadida ularga sanitariya-gigienik xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi va qo‘llanilishda ixtiyoriylik kasb etadi. Standartdagi tavsiyalar turistik ob’ektlarda, jumladan joylashtirish vositalari, transport, umumiy ovqatlanish ob’ektlari va ko‘ngilochar, ma’rifiy, ishbilarmonlik, davolash-sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya-sport ob’ektlarda taqdim etiladigan xizmatlarga tatbiq etiladi. SHuningdek, standart ob’ektlarni tekshirish, baholash yoki tan olish vaqtida ham qo‘llanilishi mumkin. Ushbu standart talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan ob’ektlarga maxsus tanitish belgisi taqdim qilinadi. Buxoro shahri – Etti pir ziyoratgohlari" yo‘nalishi bo‘ylab transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi Joriy yilning 22 avgust kunidan boshlab, Buxoro shahri Gazli shossesi yo‘li yoqasida joylashgan “SHarq” bosh bekatidan soat 09-00 dan e’tiboran karantin talablari bo‘yicha belgilangan barcha sanitariya-gigiena me’yorlarga amal qilgan holda “Buxoro shahri - Etti pir ziyoratgohlari” yo‘nalishida transport qatnovi boshlanadi. Mazkur yo‘nalishda “ARK TRAVEL” MCHJ korxonasi o‘zining zamonaviy avtobus va mikroavtobuslarida qatnovlarni amalga oshiradi.Ushbu yo‘nalishdagi qatnov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2021 yil 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining “Buxoro shahri – Etti pir ziyoratgohlari” yo‘nalishida transport qatnovini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash, viloyatning turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda sayyohlar va viloyat aholisiga sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida Buxoro viloyati transport boshqarmasi tomonidan yo‘lga qo‘yilmoqda. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling